84
Pullik tibbiy xizmatlar tibbiyot muassasasining hisob raqamiga naqd pul yoki pul
o’tkazish yo’li bilan oldindan 100% to’lov shaklida amalga oshiriladi. Bemor tibbiy xizmat
olib bo’lgach chiqarilib yuborilayotganda yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi. Pullik tibbiy
xizmat ko’rsatish tartibi hamda tibbiyot muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan
pullik tibbiy xizmat preyskuranti har bir tibbiyot muassasasi tomonidan bemorlar e’tiboriga
etkazilishi maqsadida fuqarolar uchun qulay joylarda osilgan bo’lishi kerak.
Tibbiyot muassasalari tasdiqlangan shakllar asosida kirim orderini va kvitantsiyani
rasmiylashtirishi va pullik tushumlarni hisobini olib borishi shart. Kvitantsiyalarning bir
nusxasi bemorga beriladi ikkinchi nusxasi tibbiyot muassasasi buxgalteriyasida 5 yil
saqlanadi. Naqd pul tushumlarini aholidan tibbiyot muassasasining buyrug’i bilan
tayinlangan alohida xodim (moddiy javobgar shaxs) qabul qiladi. Ushbu xodimlardan tashqari
boshqa xodimlarning naqd pul tushumini qabul qilishi qatiyan man etiladi. Kirim orderlarini
rasmiylashtirmasdan naqd pul tushumi qabul qilinishi hollari aniqlanganda aybdor shaxslar
qonun bilan o’rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi. Tibbiyot muassasalari pullik xizmatlar
bo’yicha statistika va buxgalteriya hisobi va hisobotini olib borishi, o’rnatilgan tartibda va
muddatlarda yuqori hududiy sog’liqni saqlash boshqaruv organiga va statistika organlariga
belgilangan shakllarda hisobotlarni topshirishi shart.
Davolash-profilaktika muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’lim
to’g’risidagi namunaviy Nizom Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Pullik
tibbiy xizmatni o’z vaqtida to’liq va sifatli ko’rsatilishi uchun tibbiyot muassasasi rahbari
shaxsan javob beradi.Pullik tibbiy xizmatlar sifati ustidan nazorat Sog’liqni saqlash vazirligi
va Sog’liqni saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot muassasasi va
tibbiy xizmatni oluvchi bemor o’rtasida yuzaga keladigan e’tiroz va tortishuvlar o’zaro
kelishuvga asosan, yuqori sog’liqni saqlash boshqaruv organida yoki sud organlarida hal
etiladi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tomonidan
kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishi belgilangan davolash-profilaktika
muassasalarida faqat quyidagi hollarda pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga ruxsat etiladi
(shoshilinch va tez tibbiy yordamdan tashqari):
- xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga;
- byudjetdan moliyalashtirilmaydigan to’liq ho’jalik hisobidagi reabilitatsiya va
sog’lomlashtirish bo’limlarida;
- korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan shartnoma asosida pul o’tkazish yo’li
bilan xodimlarni dispanserizatsiyasi, sog’lomlashtirish;
- dekretiv kontingentni tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
- haydovchilarni avtotransport vositalarini xaydashga yaroqlilik bo’yicha tibbiy
ko’rikdan o’tkazish.
- ushbu tibbiy xizmat turlariga moddiy-texnika bazasi, mutaxassislari, yordamchi
diagnostika bo’limlari etarli bo’lgan ambulator-poliklinika muassasalarida – oilaviy
poliklinikalar, shaxar poliklinikalari, diagnostika markazlari, tuman va shaxar ko’p tarmoqli
markaziy poliklinikalarida ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: