Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi


Xo’jalik hisobi deb xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni



Download 3,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/241
Sana05.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#741365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Bog'liq
2 5238232098061424691

Xo’jalik hisobi deb xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni 
boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks 



ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi.
Xo’jalik hisobi to’g’risidagi umumiy fikrni 
aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat 
monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini 
ko’rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning xususiyatlaridan 
kelib chiqish lozim, chunki hisobning o’ziga xos xususiyatlari mana shu qonunlar bilan 
belgilanadi. 
Asosiy iqtisodiy qonun xo’jalik faoliyatining maqsadini, demak, xo’jalik hisobining 
ham maqsadini belgilaydi. 
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo’jalik hisobidan mulk egalari, jumladan davlat 
mulki manfaati uchun foydalaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunda xo’jalik hisobi nafaqat 
hisobot tuzish uchun qurol bo’libgina qolmay, u eng avvalo tashkilot va muassasalar 
faoliyatining yuqori samaradorlikka erishishi uchun faoliyatni boshqarish quroli sifatida 
xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobining ko’rsatkichlari ichki va tashqiga 
bo’linib, axborotdan ham tashqi hamda ichki qiziquvchilar-menejerlar tomonidan 
foydalaniladi. Tabiiyki, xo’jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi 
hamda sog’lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida ob`yektiv ravishda tashqi - e’lon 
qilinadigan va ichki - tashkilot va muassasalarning siri hisoblangan qismlarga bo’linishi 
kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tashkilot va muassasalar sirini himoya qiluvchi qonun 
ishlab chiqilishi kerak bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobi har bir faoliyat turi egalari tomonidan 
o’zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga 
boshqarishning ma’muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo’lgan qat’iy tartibga solingan 
hisobning o’rniga davlat tomonidan qo’yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib 
boradi. 
Xo’jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat 
shakllari va tashkil qilinishi har xil bo’lmay, hattoki, hisob ko’rsatkichlarini olish uslubiyati 
ham har xil bo’lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo’lgan tashkilot va 
muassasalardagi bir xil turdagi ko’rsatkichlar har xil yo’l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin 
e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun 
moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida tashkilot va muassasalar tomonidan 
qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi kerak. 

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish