Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi



Download 3,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/241
Sana05.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#741365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Bog'liq
2 5238232098061424691

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
“BYUDJET 
TASHKILOTLARIDA 
 BYUDJET HISOBI”
fanidan 
MA`RUZA MATNI 
 
 
 
 
 
 
 



1-mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy asoslari 
 
1.Xo’jalik hisobi to’g’risida umumiy tushuncha va unga qo’yiladigan talablar. 
2.Xo’jalik hisobining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi. 
3.Buxgalteriya hisobi sub’yektlari va ob’yektlari. 
4.Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari. 
5.Buxgalteriya hisobi usullari va ularning mohiyati. 
6.Buxgalteriya hisobining o’rni va sohadagi islohotlarning ahamiyati. 
7.Buxgalteriya hisobi ob’yektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning 
shakllariga bog’liqligi. 
 

Xo’jalik hisobi

tezkor hisob 

statistik hisobi 

Hisob siyosati

tamoyillar

buxgalteriya hisobi 
1. 
Xo’jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo’yilgan talablar
 
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li 
orqali rivojlanmoqda. Bu jarayonlarda tashkilot va muassasalarni boshqarish, uning oldiga 
qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan 
kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi 
yordamida amalga oshiriladi. 
Tashkilot va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda xo’jalik 
jarayonlarini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga 
oshirishning o’zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni mutaxassislarga 
zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu 
ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, tashkilot va 
muassasalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda 
ichki auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim. 
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy 
maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd 
etishni tushunmoq kerak. 
Shuni ta’kidlamoqchimizki, xo’jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida 
bir xil bo’lmagan. Shuning uchun ham xo’jalik hisobi uning oldiga qo’yilgan talablariga mos 
shaklda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o’zgarib borgan. 
Bu esa o’z navbatida, xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish, uni amalga oshirish, 
nazorat qilish usullarining o’zgarishiga, demak, xo’jalik hisobining ham o’zgarishiga olib 
keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida xo’jalik hisobi o’z maqsadi, vazifasi, 
shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim aniq 
ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega. 
Shunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo’jalik hisobining mazmunini aniqlab, 
uning o’zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya’ni uni u xizmat qilayotgan boshqarish 
mexanizmining xususiyatlariga bog’liq holda tarixan shartli qilib qo’yadi. Xo’jalik hisobi 
insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo’jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini 
aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo’jalik hisobi, xo’jalik operatsiyalarini 
miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat tavsifini ham beradi. Yuqoridagilarni 
umumlashtirib, xo’jalik hisobini quyidagicha ta’riflash mumkin: 

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish