9-Mavzu. Temperament va kasbni egallash masalalari. (2 soat) Reja


Gippokrat bo`yicha temperament tiplari



Download 214,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.07.2022
Hajmi214,01 Kb.
#739732
1   2   3   4
Gippokrat bo`yicha temperament tiplari: 
Sariq o’t
Qon
Balg’am
Qora o’t 
Xolerik 
Sangvinik 
Flegmatik 
Melanxolik 
1.
Xolerik temperament (lotincha cholerikus-o`t)-hissiyotning tez va 
kuchli qo`zg`aluvchanligi, barqaror bo`lishi bilan farq qiladi. Xolerik 
temperamentli kishilarning xissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, 
harakatlari va nutqlarida yaqqol ko`rinib turadi. Xoleriklar qizg`inlik va 
tajanglikka moyil bo`ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman 
harakatchan, serg`ayrat va har doim urunuvchan bo`ladilar. Ular bir ishga tez 
kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga etkazadigan bo`ladilar. Xolerik 
temperamentlilar arazchan, serjahl va tajang bo`ladilar. Bir narsadan xafa 
bo`lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va 
davomli bo`ladi. Bunga misol qilib A.Dyumaning «Uch mushketyor» asaridagi 
Atosni olishimiz mumkin. 
2.
Sangvinik temperament (lotincha sanguis-qon)-hissiyotning tez, 
kuchli qo`zg`aluvchanligi, lekin beqaror bo`lishi bilan farq qiladi. Sangvinik 
temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o`zgarib, bir kayfiyat o`ziga teskari 
bo`lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog`i mumkin. Sangviniklar 


juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi, yolg`on dalillarga jahli chiqadi. 
Atrofdagi narsalar, ma'ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko`p 
ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini aniqlab olish qiyin emas. Juda sezgir 
bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta'sir (qo`zg`atuvchilar)ni seza olmaydilar, 
serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Hatti-harakati jo`shqin, nutq sur'ati tez, yangilikni 
tez payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari 
o`zgaruvchan. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko`ngli ochiq, dilkash, 
muloqotga tez kirishadi. Hayolati (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan: 
tashqi ta'sirlarga hozirjavob va 
hokazo. Bu temperament turiga A.Dyumaning «Uch mushketyor» asaridagi 
D‘Artanyanni misol qilishimiz mumkin. 
3.
Melanxolik temperament (grekcha melanhole-qora o`t)- hissiyotning 
sekin, lekin kuchli qo`zg`aluvchanligi va barqaror bo`lishi bilan farq qiladi. 
Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo`ladilar, lekin 
hissiyotlarining 
tashqi ifodasi zaif bo`ladi. Tortinchoq, g`ayratsiz.
Arazchan, xafaxon. Jimgina yig`laydi, kam kuladi. Melanxolik temperamentli
odamlar sustkash bo`ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan 
kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga etkazmay 
qo`ymaydi. Bunday temperamentlilar mo`min-qobil, yuvosh bo`ladilar, ko`pincha 
birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darov xafa 
yoki xursand qilish engil emas. Lekin bir narsadan xafa bo`lsalar bu xafalik uzoq 
davom etadi, barqaror bo`ladi. Qat'iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha 
ishchan emas. Diqqati beqaror. His-tuyg`usi sust o`zgaradi. Ular bir ishga tez 
yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish boshlasalar, bunda chidam va matonat 
ko`rsatadilar. Bunga A.Dyumaning «Uch mushketyor» asarining Aramis obrazi 
misol bo`la oladi. 
4.
Flegmatik temperament (grekcha phlegma-balg`am)- hissiyotning juda sekin, 
kuchsiz qo`zg`alish va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatiklar his-
tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jaxlini 
chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko`ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga 
xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishorasi, 
mimikasi ko`zga yaqqol tashlanmaydi. Bu xil temperamentli kishilar nihoyat og`ir, 
yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo`ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni 
qat'iyat bilan davom ettiradilar. Flegmatiklar tashabbus ko`rsatishga moyil 
bo`lmaydilar, lekin ular faoliyati yo`lga qo`yilsa, ancha qunt bilan ish 
ko`radilar.Bunga A.Dyumaning «Uch mushketyor» asaridagi Portos obrazini misol 
qilsak bo`ladi. 
Har qaysi kishi temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig`dirib» 
bo`lmaydi, albatta. Tip tushunchasining o`zi faqat bir-birlariga o`xshash bir guruh 
kishilarnigina o`z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi kishi temperamentida 
o`ziga xos individual xususiyatlari bo`ladi, bu 
xususiyatlarni batamom bir 
temperament tipiga kiritib bo`lmaydi. Bu xususiyatlar ayni 
individual 
xususiyatlardir, ya'ni shu shaxsning o`zigagina 
xos xususiyatdir. Ko`pchilik 
kishilarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament 
alomatlari 


bilan qo`shilgan bo`lishini ko`ramiz, chunonchi, xolerik temperamentli kishida 
melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo`lishi, sangvinik 
temperamentli kishida xolerik va flegmatik temperament alomatlari bo`lishi 
mumkin va xokazo. 
Kishilarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo`lsa, shunga 
qarab ma'lum bir temperament tipiga kiritish mumkin. Nemis psixiatri E.Krechmer 
va amerikalik psixolog U.Sheldonlar temperament tashqi ko`rsatkichi badanning 
jismoniy tuzilishiga, uning ba'zi qismlari o`rtasidagi aloqaga, organizm 
tarkiblarining munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy tuzilmasiga 
bog`liqdir, degan nazariyalari jahon psixologiyasida ustuvor o`rin egalladi. 
Ularning fikricha, tana tuzilishi bilan temperament xususiyatlari orasida muayyan 
mutanosiblik mavjuddir. 
E.Krechmer tana tuzilishi bo`yicha odamlarni quyidagi tiplarga ajratgan: 
Astenik tana tuzilishi tipi-baland bo`yli, cho`zinchoq yuzli, uzun va ingichka 
burunli, ingichka tana tuzilishli insonlar bo`lib, ularning elkalari tor, oyoqlari uzun 
va oriqdir. Astenik tana tuzlishi tipini E.Krechmer shizoid temperamenti bilan 
ta'riflaydi: yopiq, hissiyotlari o`zgaruvchan, qaysar, ustanovkalar va qarashlarga 
kam beriluvchan, abstrakt fikrlash xususiyati xos, tashqi muhitga qiyin 
moslashuvchi kishidir. Ularning harakatlari yoki reaktsiyasi real holatga mos 
kelmaydi, ya'ni beo`xshov. 
Piknik tana tuzilishi tipi sikloid temperamentli kishilar bo`lib, hissiyotga 
beriluvchan odamlar bilan engil munosabatga kirisha oladi. Ularning reaktsiyalari 
haqiqiy holatga mos keladi, qulaylikni sevadilar. Ochiq tabiatli, ishlarini engil 
bitiradigan kishilardir. 
Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv 
faoliyat tiplari haqidagi ta'limotida ochib berildi. 
I.P.Pavlov itlar ustida ko`p tajribalar o`tkazib, reflekslarni tekshirish 
natijasida hayvonlar nerv sistemasining: 
a)
qo`zg`alish va tormozlanishning kuchiga; 
b)
bu jarayonlarning muvozanatiga; 
v)
ularning ildamlik (labillik) darajasiga qarab bir-biridan farq qilishni 
aniqladi. 
I.P.Pavlov ajratishicha, nerv sistemasining kuchi xujayralardagi fiziologik 
moddalarning zaxira miqdori bilan belgilanadi. Nerv sistemasining kuchi 
qo`zg`alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. 
Nerv sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo`zg`ovchilarga «bardosh» bera olish 
qobiliyatida ko`rinadi. Nerv sistemasidagi muvozanat, I.P.Pavlov ta'limotiga 
muvofiq, nerv sistemasining qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuch 
darajasini teng holda tutib tura bilish qobiliyatida ko`rinadi. Nerv sistemasining 
ildamligi miya po`stining biron qismidagi qo`zg`alishning tormozlanishi bilan, 
yoki, aksincha, tormozlanishning qo`zg`alish bilan naqadar engil almashinishidan 
iborat. Yuqorida ko`rsatilgan belgilariga qarab, nerv sistemasining quydagi to`rt 
asosisy tiplarini ajratiladiki, bular I.P.Pavlov fikricha, Gippokratning 4 
temperament tipiga to`g`ri keladi: 


a)
kuchli muvozanatlashgan va epchil tip. Serharakat tip. Bu tip sangvinik 
temperament asosini tashkil etadi; 
b)
kuchli, muvozanatlashgan, inert (sustkash) tip. Og`ir vazmin tip. Flegmatik 
temperament asosini tashkil etadi; 
v)
kuchli, lekin muvozanatlashmagan, ya'ni qo`zg`alish tormozlanishdan ustun 
chiqadigan, qizg`in, jo`shqin tip. Bu xolerik temperamentning asosini tashkil etadi; 
g)
kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil etadi. 
I.P.Pavlov nerv faoliyatining bunday tiplari kishilarga ham xos deb 
hisoblanadi. «Hayvonlar nerv sistemasi tiplarini klassifikatsiyalashning elementar 
fiziologik asoslariga suyanib turadi,-deydi I.P.Pavlov,-ana shu tiplarni ko`pchilik 
kishilarga nisbatan ham qabul qilish lozim». 
Shunday qilib, temperament, I.P.Pavlov ta'limotiga muvofiq, yuksak nerv 
faoliyat tiplarining kishi hulqida namoyon bo`lishidan iboratdir. 

Download 214,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish