Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
76 
ruhidan ortda qolgani ("The trouble with the Conservative Party is that it has not turned the clock back 
every single second" (Evelyn Waugh)), raqiblarning fikriga ko`ra, yordamga muhtoj bo`lmagan boy 
odamlarning manfaatlariga e`tibor qaratgani: "A conservative is someone who demands a square deal for 
the rich" (Davis Frostb, 983) kabi belgilariga urg’u berishadi. Ikkiyuzlamachilik Britaniyadagi siyosiy 
tizimning xususiyatlaridan biri bo`lgan va bo`lib qolmoqda: "The Conservative Party is an organized 
hypocrisy". Shunday bo`lsa-da, tanqid qiluvchilar ko`pincha "bir-biriga juda dushman bo`lgan" siyosiy 
sohada ham kinoya va istehzoli yumor orqali birlashadilar, bunday holat, o`z navbatida, o`ziga xos 
tabassumga sabab bo`lishi mumkin: "Tories are not always wrong, but they are always wrong at the right 
moment" (Lady Violet Bonham-Carter).
2. Mashhur britaniyaliklarning ko`p sonli gaplarida past obro`ga ega bo`lgan ingliz oshxonasi 
masxara qilinadi: - If the British can survive their meals they can survive anything (George Bernard Shaw); 
- Coffee in England always tastes like a chemistry experiment; (Agatha Christie). Somerset Moem ingliz 
oshxonasining kamchiliklari bilan bir qatorda uning asosiy ustunligini aniq tasvirlab bergan: "If you want 
to eat well in England eat three breakfasts". Fikrlar nafaqat Britaniyaning hayotini, balki undagi hayotning 
ayrim tomonlarini ham tavsiflaydi. Masalan, "The British Civil service is a beautifully designed and 
effective braking system" (Shirley Williams, 1980) gapidagi istehzo taajublanish ta`siriga asoslangan. 
Ko`pgina hollarda, fikrlardagi yumor ta`siri ushbu kontekstda hech ham kutilmagan ob`ekt bilan taqqoslash 
orqali amalga oshiriladi, bu esa o`z navbatida kalit so`zning ko`p ma`noligiga asoslanadi: - Britain has 
invented a new missile. It's called a Civil servant - it doesn't work and it can't be fired.
3. Taniqli tanqidchilar, jurnalistlar, yozuvchilarning England va Englishness tushunchalarini 
anglab olishga salmoqli hissa qo`shgan boshqa mualliflarning ijodiga bag’ishlangan fikrlari alohida 
guruhini tashkil qiladi. Masalan, ko`plab sharhlar O.Uayldning hayoti va ijodini tavsiflaydi: "Oscar Wilde 
was a mixture of an Apollo and a monster" (George Meredith). Bunday tavsif faqat ingliz milliy ongida 
shakllangan istehzoning o`ziga xos shaklidir, chunki, masalan, o`zbek o`zining ulug’ shoiri haqida u 
"ozgina narsada juda buyuk" deyishini tasavvur qilish qiyin: "I have a very moderate admiration of his 
genius. He is great in so little a way" (Charles Lamb on Lord Byron). Ma`nosi bo`yicha qarama-qarshi 
bo`lgan ikkita elementning zid qo`yilishi, birikishi fikr mualliflari tomonidan ko`pincha istehzoli, kinoyali, 
yumor samaralariga erishish vositasi sifatida foydalaniladi. "A masterpiece of failure" (George Bernard 
Shaw, reviewing Fedora in 1895). "The English have an ability for flying into a great calm" (Alexander 
Woollcott). "The portrait endowed with every merit except the likeness to the original" (Edward Gibbon on 
Pope?s translation of Homer).
4. Ingliz tilida Englishness tushunchasini aks ettiradigan fikrlar ham katta qiziqish uyg’otadi. 
Demokratizm, boshqa madaniyatlarda katta obro`-e`tibor qozongan odamlarga, xususan qirollik badiiy 
akademiyasining a`zolariga hurmatning yo`qligi kabi xislatlar bu erda aniq ko`rinadi: “The reputation of 
the Academy has got to a point where election would be positively distressing to a serious painter" 
(Evening Standard, 1961)". "As for our little bits of R. As calling themselves painters it ought to be stopped 
directly (John Ruskin 1943). Shuni ham ta`kidlash kerakki, har qanday qilib bo`lsa-da muvofaqqiyatga 
intilishning yo`qligi ("In England failure is all the rage" Quentin Crisp, 1968; "The English think 
incompetence is the same thing as sincerity" Quentin Crisp, 1977), sog’lom hayot tarziga astoydil berilish 
(AQSHga shunchalik xos bo`lgan) (The English find ill-health not only interesting but respectable and 
often experience death in the effort to avoid a fuss" Pamela Frankau, 1961) Englishness tushunchasining 
ajralmas qismlaridir.
Englishness tushunchasining mohiyatini tavsiflovchi fikrlar britaniyaliklar hayotidagi bir necha 
sohalarning kompleks ravishdagi tavsifini o`z ichiga olishi ham mumkin, masalan: "So little, England. 
Little music. Little art. Timid. Tasteful. Nice."(Alan Bennet, 1883). Aytilgan fikr "did", "qulaylik" kabi 
ijobiy tavsiflarni hamda kinoya ob`ekti, xususan, muallif fikriga ko`ra, Britaniyaning etarlicha qaynoq 
bo`lmagan musiqiy va badiiy hayotini o`zida mujassam etgan obrazni yaratadi.
5. Britaniyaliklarning o`zlariga nisbatan istehzo qilish qobiliyati haqida ko`p narsa aytilgan va 
yozilgan. Masalan, "What two ideas are more inseparable than Beer and Britannia?" (Sydney Smith, 1771- 
1845). Shunisi e`tiborga loyiqki, ushbu satrlarning muallifi taqqoslash uchun Britaniyaning lotincha 
nomidan foydalanib, beer/pivo so`zini bosh harf bilan yozadi. Kontrast va emfaza (ta`kidlash) fikr ichida 
birlashtirilgan: "we are overspent, overborrowed, overgoverned, overtaxed, overmanned, underpoliced, 
underdefended, and rather badly undereducated" (Sir Keith Joseph, 1979). Ushbu gap Britaniyalikning 
Britaniyadagi hayotga bo`lgan qarashini aks ettiradi, shu bilan birga agar overspent va overtaxed shakllari 
ingliz tilida keng qo`llanilsa, u holda overgoverned, underpoliced, underdefended haddan tashqari etarli 
bo`lmagan miqdorini ifodalovchi tegishli prefikslarning sifatdosh bilan qo`llanishi adabiy me`yor emas. 
Biz britaniyaliklar uchun sifatli ta`lim, adolatli soliqqa tortish va shaxsiy xavfsizlik kafolatlari birinchi 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish