V bob. Boshqaruv usullari


 Boshqarishning iqtisodiy usullari



Download 343,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana04.07.2022
Hajmi343,7 Kb.
#739066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-мавзу

5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari 
Boshqarishning iqtisodiy usullari
iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga 
asoslanadi. Zero, hap qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo 
manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar ych xil bo‘ladi: 

umumjamiyat manfaatlari; 

jamoa manfaatlari; 

shaxsiy manfaatlar. 
Bu manfaatlarni uyg‘yn suratda bog‘lab olib borish muammosi bir qator 
muammolarni hal qilishni, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan 
munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi. 
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ruyobga 
chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni: 
· 
korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish; 
· xo‘jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq 
imtiyozlarini berish; 
· korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilish intizomini 
mustahkamlash va ularning rolini oshirish; 
· moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish; 
· bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va 
hokazolarga keng e’tibor beriladi. 
Кора точка киломадим 


Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqapiladigan mahsulot 
(xizmat) birligiga sarflanadigan harajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik 
mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga 
keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. 
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guryhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali 
ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda qo‘shimcha ish haqi to‘lash, 
mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar myhim ahamiyat kasb 
etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o‘rinni 
egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va 
ularni to‘g‘pi qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar orqali 
ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarni: 

jiddiy rejalar qabul qilishga; 

mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga; 

yangi texnologiyalarni joriy qilishga; 

mehnat unumdorligini oshirishga; 

raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va shynga 
da’vat etuvchi bo‘lishi kerak. 
SHu bilan birga iqtisodiy metodlar shynday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, 
bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki bytyn jamiyat 
manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona ychyn foydali tadbir davlatga 
ham foydali bo‘lsin. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: 

kredit va foiz stavkasi; 

soliq va soliq yuki; 

boj to‘lovlari; 

subsidiya va sanksiya; 

litsenziya; 

transfept to‘lovlari; 

narx-navo va hokazolar kiradi. 
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo‘llab, bozorni shakllantirish 
chog‘ida ham, uning o‘zini o‘zi boshqarishi bosqichida ham g‘oyat muhim 
jarayonlarni boshqaradi. 
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini o‘zi boshqaradigan bozor 
mexanizmlariga qarshilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa 
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik sohaciga davlatning ta’siri ham 
tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o‘z 
ta’sirini qat’i belgilangan reja orqali o‘tkazadi. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari yordamida esa u korxonalarga bozor orqali 
ta’sir o‘tkazadi. Natijada, bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning 


o‘z qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga 
oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada 
aralashyvini ifodalaydi. 
Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qapzga 
beriladigan pul miqdorini o‘zgaptirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor 
qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz pylga talab oshadi. Binobarin, kredit ko‘ppoq 
olinadi va ishlab chiqarishga ko‘ppoq investitsiya qilinadi. 
Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazadi va boshqarish jarayonida 
qatnashadi. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud bo‘lib, majburiy to‘lov shaklida 
firmalar, tashkilotlar va aholi tomonidan faqat davlatga to‘lanadi. Davlat jamiyat 
a’zolariga, ular kim bo‘lishidan qati nazar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Bu 
xizmatlar jumlasiga: 

mudofaa; 

tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash; 

obodonchilik va sanitariya-gigiena ishlarini bajarish; 

davlatni idora qilish; 

davlat xavfsizligini ta’minlash; 

ekologik myhitni asrash; 

tabiiy boyliklarni himoya qilish; 

ommaviy savodxonlikni ta’minlash; 

nochorlarga yordam berish, ularni sotsial himoya qilish kabi ishlar kiradi.
 
Bularni faqat birgalikda iste’mol etish mumkin, ularni ayrim kishilar sotib 
ololmaydi. Bu ishlarga faqat davlat qodir. 
SHunday qilib, soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari haqi bo‘lib, uni firmalar, 
kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va aholi to‘laydi. Demak, soliqlar tekinga 
berilmaydi, ular davlat ko‘pcatgan hizmatlar sarf-harajatini qoplash uchun to‘lanadi. 
Soliqlap boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi: 

fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjeti)ga pul tushirish; 

iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish; 

aholining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni sosial himoyalash.

Download 343,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish