N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Rasmiy-rolli muloqot -
bu sheriklaming ijtimoiy rollari darajasidagi 
muloqot (boshliq - qo’l ostidagi xodim, sotuvchi - xaridor, servis xizmati 
xodimi - mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib
muloqot mazmuni va vositalari ularga bo’ysundirilgan.
4. 
Boshqariladigan muloqot
suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib 
chiqib, turli usullami ( xushomad, qo’rqitish, aldov va boshqalar) qo’llagan 
holda undan foyda olishga qaratilgan.
109


5. 
Dunyoviy muloqot -
bu turning mohiyati biror mavzuga oid 
bo’lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o’z fikrlarini emas, balki bunday 
vaziyatlar uchun umumiy bo’lgan fikrlami bildiradilar.
6. 
Havoyi muloqot
- bu muloqot uchun muloqot.
7. Do’stlaming 
m a’naviy, shaxslararo muloqoti
vaqtida istalgan mavzuni 
qo’zg’atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida 
tushunish mumkin.
Inson hayotida muloqot alohida jarayon yoki faoHikning mustaqil shakli 
sifatida mavjud bo’lmaydi. U jadal va ko’p tomonlama muloqotsiz paydo 
bo’lmaydigan individual yoki guruhli amaliy faoliyatga kiradi.
Odamlar o’rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal 
muloqotdir (6.1 rasm).
Noverbal muloqot
til, tovush nutqining qo’llanilishiga asoslanmagan 
bo’lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar 
vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil, ko’rish, 
eshitish, hid bilish, hamda, boshqa sezgi va tasawurlar. Odam muloqotining 
noverbal shakl va vositalaming ko’pchiligi tug’ma bo’lib, faqat o’ziga 
o’xshashlar bilan emas, balki, boshqa tirik jonzotlar bilan ham hissiyot va hulq- 
atvor darajalarida hamfikrlikka erishish orqali o’zaro ta’sir ko’rsatishga imkon 
beradi.
Verbal muloqot
faqat insonga xos bo’lib, zarur shart sifatida tilni 
o’zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o’zida 
ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o’zaro ta’sirlashuv vositasi 
sifatida namoyon bo’ladi. Buyuk shoir Sa’diyning so’zlarini yodda tutish lozim: 
«Aqling bormi yoki yo’q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so’z 
atmaguningcha». Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: 
so’zlar, iboralar m a’nosi
va 
mohiyati
kiradi. Asosiy o’rinni so’zning qo’llanilish aniqligi, uning ifodalanishi 
va hammabopligi, tovushlar, so’zlar 
talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati 
egallaydi. 
Nutqdagi tovush hodisalari:
nutq jadalligi, tovush balandligi 
modulyatsiyasi, tovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi, aniqligidan iborat. 
Tovush sifatining ifodalanishi
: o’ziga xos maxsus tovushlar: kulgu, hiqillash, 
yig’i, pichirlash, xo’rsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar - bu yo’tal; 
ahamiyatsiz tovushlar - tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari - «xm, 
xm», «е-е-е», «о-о-о» va boshqalar.
no


Muloqot mazmuniga ko’ra 
obuieniya
Muloqot maqsadiga ko’ra
Muloqot vositasiga ko’ra


Moddiy
Bevosita
i
i
Kognitiv
Biologik
Vositali
1
l
Konditsiv
To’g’rida -to’g ’ri
1
1
Motivatsion
Ijtimoiy
Bilvosita
Faoliyatli
6.1. R asm . Muloqot turlari
in


Tadqiqotlarga ko’ra, odam kommunikatsiyasining har kungi aktida so’zlar 
- 7%, tovush va ifodalar - 38%, nutqiy bo’lmagan o’zaro ta’sir - 53%ni tashkil 
etadi. Publitsiy aytganidek: «Ovoz orqali gaplashamiz, butun tanamiz orqali 
suhbatlashamiz».
Kundalik muloqotda odamlar ko’proq quyidagi fanlar o’rganadigan 
muloqotning noverbal 
vositalaridan foydalanadilar: 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish