shuningdek, chizish, yasash, musiqa, o’qish va boshqalar bilan shug’ullanishda
namoyon bo’ladi. Bola uchun o’yinda qatnashish ham ahamiyatlidir.
Katta odam bilan solishtirganda, yosh bola idrokining xususiyatlari qanday
va ular nimada namoyon bo’ladi? Avvalambor, bola jismlarning fazoviy
xossalarini baholashda juda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yadi.
Bolalarda, hatto,
ko’z bilan chiziqli chamalsh kattalamikiga qaraganda yaxshi rivojlanmagan.
Masalan, chiziq uzunligini idrok qilishda bolaning xatolari, katta odamnikiga
qaraganda, taxminan besh marta ko’p bo’lishi murnkin. Vaqt idroki yana ham
ko’proq qiyinchilik tug’diradi. Bola «ertaga», «kccha», «oldin» va «kechroq»
kabi tnshunchalarni juda qiyinchilik bilan egallaydi. Bolalar jismlar tasvirini
idrok qilishda ham qiyinchiliklarga duch keladi.
SHunday qilib, bola idrokining
o’ziga xos xususiyatlari bola bilimining yetishmasligi va unchalik katta
bo’lmagan amaliy tajriba bilan belgilanadi. Vaqt o’tishi bilan bu muammolar
bartaraf etiladi va katta maktab yoshiga kelib,
bolalar idroki katta odam
idrokidan sira farq qilmay qoladi.
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O’Z - O’ZINI
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Idrok haqida bilish psixik jarayoni sifatida gapirib bering.
2. Idrokning fiziologik asosini nima tashkil etadi?
3. Idrokning asosiy xossalari haqida gapirib bering.
4. Idrok illyuziyalari haqida nimalarni bilasiz?
5. Idrok turlari va shakllarining qanday tasniflanishlarini bilasiz?
6. Idrokda jism va fon, yaxlit va xususiy o’zaro munosabatlar haqida
gapirib bering.
7. Idrokdagi individual farqlar nimalarda namoyon bo’ladi?
8. Bolalarda idrok rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib bering
1.
.Tell about the perception as a psychological process of consciousness.
2.
What is the physiological basis of the perception?
3.
Tell about the main features of the perception.
4.
What do you know about the illusions of the perception?
5.
What classifications of the perception kinds and forms do you know?
6.
Tell about body and background, the relativeness of holistic and private in
perception.
7.
Where do the individual differences appear in perception?
8.
Reveal the main regularity of the perception development at children.
220
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. - Toshkent, 2003.
2. Maklakov A.G. ОЬщауа psixologiya. - SPb., 2002.
3. Rubinshteyn S.L. Osnovbi оЬщеу psixologii. - SPb., 2005.
MAVZU BO’YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1.Idrok:
a) jismlarning ahamiyatli xossa va sifatlarini yig’indi holatida
aks ettirish;
b) moddiy olam jismlarini aks ettirishda paydo bo’ladigan sezgilar
yig’indisi;
v) jism va hodisalami ulaming mos retseptorlarga bevosita ta’sir
ko’rsatishida yaxlit aks ettirish;
g) voqelikning bilan inson o’tmish tajribasi o’rtasidagi munosabatning
bog’liqligi.
2. Idrokning fazoviy, vaqt, harakat idroklariga
tasniflanishining asosiy
mezoni:
a) yetakchi analizator;
b) aks ettirish jismi;
v) materiya mavjudligi shakli;
g) sub’ekt faolligi.
3. Idrokning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo’linishiga asos bo’lib xizmat
qiladi:
a) yetakchi analizator;
b) aks ettirish jismi;
v) materiya mavjudligi shakli;
g) sub’ekt faolligi xususiyatining maqsadga yo’nalganligi.
4. Idrokning inson psixik hayotining mazmuni va shaxs xususiyatlariga
bog’liqligi;
a) insayt;
b) pertseptsiya;
v) appertseptsiya;
g) sensibellik.
5. Taktil va harakat sezgilari asosida hosil bo’ladigan idrok turi, - bu;
a) appertseptsiya;
b) illyuziya;
v) kuzatuvchanlik;
g) teri-tuyish.
221
X I MAVZU. XOTIRA
REJA:
11.1. Xotira va uning asosiy xususiyatlari.
11.2. Xotiraning psixologik nazariyalari.
11.3 Xotira jarayonlari va turlari.
11.4. Xotiraning individual xususiyatlari va uning rivojlanishi.
11.5. Xotira qonunlari. Yodda saqlashning mnemotexnikaviy usullari.
11.6. Xotiraning birlamchi va emotsional ta’sir obrazlari.
Mavzu o’quv m aqsadi:
T a’limiy: talabalar tomonidan xotira va uning asosiy xususiyatlari,psixologik
nazariyalari,
xotira jarayonlari va turlari,individual xususiyatlari va uning
rivojlanishi, xotira qonunlari, yodda saqlashning mnemotexnikaviy usullari
haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyavly: bo’lajak pedagoglar tomonidan
xotira
va uning asosiy
xususiyatlari,psixologik nazariyalari, xotira jarayonlari va turlari,individual
xususiyatlari va uning rivojlanishi, xotira qonunlari,
yodda saqlashning
mnemotexnikaviy usullari haqidagi bilim, ko’nikma va malakalari asosida
dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Do'stlaringiz bilan baham: