9-sinf adabiyot fanidan DTS talablari
BILIMLAR:
Xalq dostonlari va ularning turlari, she`riy roman, memuar asar,
badiiy asarda milliy ruh ifodasi, ruhiy tahlil, adabiyotdagi komil inson
tasvirining o`ziga xosligi, tashxis,musamman,lirik qahramon obrazi, tragik
obrazlar va hayot haqiqati , so`z san`atining obrazligini, o`rganilgan adabiy
asarlar mazmunini,o`rganilgan ijodkorning hayoti va ijodiga oid asosiy fakt va
hodisalarni, tarixiy-adabiy jarayonga xos bo`lgan asosiy qonuniyatlarni,
mustaqillik davri adabiyotining xususiyatlari kabi nazariy ma’lumotlarni bilish;
KO`NIKMALAR:
Badiiy asar mazmunini tirli shakllarda (qisqartirib,shaxsini
o`zgartirib, asliga yaqin holda…) qayta hikoyalay olish; adabiyot tarixi va
adabiyot nazariyasi ma’lumotlariga (mavzusi, muammosi, ma`naviy yo`nalishi,
obrazlar tizimi, kompozitsion xususiyatlari, tilning tasviriy vositalari,badiiy
detalga)tayangan holda badiiy asarni tahlil qilish va izohlay bilish; badiiy asar
turi va janrini aniqlay olish;adabiy asarlar va qahramonlarni qiyoslay olish;
o`rganilgan asar yoki undan olingan parchani ifodali o`qish;o`qilgan asar
yuzasidan taqriz yoza olish;badiiy asardagi go`zal g`oyaning munosib shaklda
ifodalanganini his etish va undan zavqlana olish;badiiy asar bilan yaqinlik tufayli
hosil bo`ladigan tuyg`ularni his etish va uni so`z bilan ifodalay olish;mumtoz
adabiyot, yangi davr adabiyoti, mustaqillik davri adabiyotining asosiy
tamoyillarini anglay bilish.
MALAKALAR:
Ayrim asarlarning real hayotiy asoslarini, ayrim
qahramonlarning prototiplarini o`zaro qiyoslash, o`z xulosalarini erkin
tushuntirish; ijodkorning ikki yoki undan ortiq asarlarini qiyoslash;o`zaro yaqin
mavzularda ijod qilgan adiblarning ijodlarini qiyosiy tahlil qilish ;har qanday
janrdagi badiiy asarni yaxlit adabiy-estetik hodisa sifatida tasavvur etish, uning
qismlari orasidagi bog`lanishlarni idrok etish, adabiy janrlarning o`xshash va
farqli jihatlarini izohlash; matndagi hodisalar, qahramonlar xarakteri va xatti –
harakatlari orasidagi o`zaro aloqadorlikni izohlash; adabiy-nazariy tushunchalar
mohiyatini tushunish va o`zlashtirayotgan badiiy asar tahlilida ulardan
foydalanish;yozuvchining uslubiy o`ziga xosligini anglab yetish; adabiy, adabiy-
ijodiy va erkin mavzularda taqriz, annotatsiya, bayon va insholar yozish; turli
lug`atlardan foydalanish;
Notanish badiiy matnni ovoz chiqarib,125-135 so`z tezligida o`qish; notanish
matnni ovoz chiqarmay,200-210so`z tezligida o`qish; dasturda tavsiya etilgan 10-
11badiiy matnni yod olish.