O‘qituvchi nutqining kommunikativ o‘ziga xosligi bilan bilimni o‘quvchilar
tomonidan qabo‘l qilinishi va esda qolishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bor. Nutq
O‘qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o‘quvchining ongi, sezgisiga
O‘qituvchi nutqi ikkinchidan o‘quvchining samarali o‘quv faoliyatini nutqi avvalo
O‘quvchi o‘qituvchi nutqini eshita turib qator operatsiyalarni bajaradi: berilayottan
axborotni ko‘rgazmali shaklda aniqlashtiradi, o‘zidagi bilim bilan unga munosabat
Ovoz tonining balandligi, tovushning yuqoriligi, bir xilda gapirish bolalarni
charchatadi. o‘quv - biluv jarayonning samarali bo‘lishiga darsda o‘qituvchi tanlagan
kommunikativ xulq uslubi ham ta’sir qiladi. O‘qituvchi ko‘pincha "jim o‘tir", "o‘tir",
"tugat", "yop" kabi norozilikni bildiruvchi so‘zlarni ishlatib o‘quvchining javobini
bo‘ladi. "Hap doimgidek hech narsa bilmaysan", "sen buni qaerdan ham tushunarding"
kabi gaplarni aytadiki, bo‘lar o‘qituvchi o‘quvchi munosabatini bo‘zilishiga, aqliy faollik
pasayishiga, nopedagogik vaziyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Pedagogik nutqning - o‘qituvchi o‘rtasidagi mahsuldor o‘zaro munosabatni
ta’minlashdan iborat. uchinchi funksiyasi
O‘qituvchi nutqi o‘quvchi - o‘qituvchi munosabatini boshqarish rolini ham
bajaradi. Bu erda hamma narsa ahamiyagli: o‘qituvchi o‘quvchilarga qanday murojaat
qiladi, salomlashadi, talablarini qanday qo‘yadi, qanday ogohlantiradi, xohishini qanday
bayon qiladi; nutqi impotensiyasi, yuz ifodasi, qarashi, ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi.
Darsdan tashqari muloqotda bo‘larning ahamiyati yanada katga bo‘ladi. Ko‘p narsa
o‘qituvchining individual muloqot uslubiga ham (qurquvga asoslangan, o‘yinga, do‘stona
aloqaga asoslangan), muloqot doirasidagi sotsial harakterlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchi nutqining xususiyati u avvalo o‘quvchilarga qaratilgan va
yo‘naltirilgan bo‘ladi. o‘qituvchi monologi ham o‘quvchilar bilan ichki dialog shaklida
bo‘ladi. Uning nutqida birgalikdagi ish uchun gapirish bo‘ladi: "Birgalikda o‘ylab
ko‘raylik", "o‘ylaymanki, bu ishlar qiziqtiradi", "siz albatga esladingiz" va boshqalar.
O‘qituvchi og‘zaki nutqining yana boshqa xususiyati, uning mazmuni o‘quvchilar
tomondan ikki kanal orqali tovush va vizual yo‘l bilan qabo‘l qilinadi. Vizual harakatlar
o‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi, ifodaliligini oshiradi, u o‘qituvchining kayfiyati
haqida ham o‘quvchilarga axborot beradi. SHuning uchun yosh o‘qituvchi muloqotda
o‘zining tashqi ko‘rinishini boshqara olish ko‘nikmasini shakllantirishi kerak.
Og‘zaki nutqning yana bir xususiyati uning improvizatsiya harakterida ekanligidir.
Tajribali o‘qituvchi tekstga yoki konspektga qaramasdan gapiradi, o‘quvchi uni tinglay
turib, so‘z va ifodalar birdan tutilayotganligini ko‘radi. SHunday holat vujudga keladiki,
go‘yoki o‘qituvchi bu haqiqatni, fikrlarini birinchi marta o‘quvchilar bilan
ochayotgandek bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: