Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi Himoyaga ruhsat beriladi Fakultet dekani



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/52
Sana22.06.2021
Hajmi1,13 Mb.
#73221
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Bog'liq
aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining orni va bu mavzuni oqitish xususiyatlari

 

 

 

 

3-jadval 


35 

 

O’zbekistonda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 



Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

 

2007  2008 



2009  2010  2011 

Yalpi ichki mahsulotning o’sishi 

9,5 

90 


8,1 

8,5 


8,3 

Sanoat mahsulotning o’sishi 

12,1 

12,7 


9,0 

8,3 


6,3 

Xizmat ko’rsatish hajmi 

20,6 

21,3 


12,9 

13,4 


16,1 

Savdo sohasi 

21,0 

7,2 


16,6 

14,7 


16,4 

Davlat  byudjetining  Inflyatsiya  darajasi 

bajarilishi 

+1,1  +1,5 

+0,2  +0,3  +0,4 

Inflatsiya darajasi 

6,8 

7,8 


7,4 

7,3 


7,9 

Iqtisodiyot  bo’yicha  o’rtacha  ish  haqining 

oshishi 

44,2 


40,0 

40,0 


32,0 

26,5 


Aholi  jon  boshiga  real  daromadlarning 

o’sishi 


27,0 

23,0 


26,5 

23,5 


23,1 

 

Jadval ma`lumotlaridan ko’rish mumkinki, 2000 yil bilan taqqoslaganda, 2012 



yilda  real  daromad  aholi  jon  boshiga  8,6  barobar  ko’paydi.  Hisob-kitoblarga  ko’ra, 

o’rtacha ish haqi iste`mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi. 

2013  yilda  byudjet  tashkilotlari  xodimlarining  ish  haqi  pensiyalar,  nafaqa  va 

stipendiyalar miqdorini o’rtacha 23 foizdan kam bo’lmagan darajada oshidrish, 2013 

yilda va keyingi  ikki  yilda aholi real daromadlarini kamida 1,5  barobar ko’paytirish 

vazifasi qo’yilmoqda. 

Iste`mol tarkibi ancha sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq iste`mol qilish 

hisobidan o’zgarmoqda. Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, 

non  va  non  mahsulotlarini)  iste`mol  qilishning  barqarorlashgani  muhim  ahamiyat 

kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste`mol qilinayotgan oziq-ovqat 

mahsulotlarining soni, turi o’nlab barobar oshdi. 

Aholining xarid qobiliyati, ya`ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng 

zarur  iste`mol  mahsulotlarini  sotib  olish  va  xizmatlardan  foydalanish  imkoniyatlari 

aholining iste`mol  tovarlariga bo’lgan  talab  va  ehtiyojlarining  ta`minlanishi  sezilarli 

darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. 

Mamlakatimizda  kuchli  ijtimoiy  siyosatning  bosqichma-bosqich  amalga 

oshirilishi, aholi daromadlari va hayot darajasini muntazam oshirib borish, xalqimizni 

ijtimoiy ko’llab-quvvatlashni kuchaytirishgа qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar 

o’rtacha  oylik  ish  haqi  miqdorining  sezilarli  ravishda,  ya`ni  2011  yilda  1991  yilga 

nisbatan  AQSH  dollari  qiymatida  2,7  barobar,  o’rtacha  pensiya  hajmining  esa  5,9 




36 

 

barobar oshishini ta`minladi. 



Pul  daromadlarining  oshishi  va  aniq  yo’naltirilgan  ijtimoiy  amalga 

qatlamlarining o’rtacha daromadlarining o’sib borishida muhim omil bo’ldi. 

Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  asosiy 

printsiplaridan biri sifatida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan chuqur 

asoslab  berilgan  kuchli  ijtimoiy  siyosat  aholi  yalpi  daromadlarining  o’sishi  uchun 

zarur  shart-sharoit  yaratdi.  Mazkur  islohotlar  natijasida  1991-2011  yillar  davomida 

O’zbekiston aholisining yalpi daromadlari 8,6 barobar oshdi. 

Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik 

faoliyatini  amalga  oshirishdan  olingan  daromadlar  ko’rinishidagi  yangi  daromad 

turlari  paydo  bo’ldi.  Bozor  munosabatlari  chuqurlashib,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  rivojlanib  borgan  sayin  aholining  yalpi  xarajatlari  tarkibida  yangi 

yo’nalish-tadbirkorlik  faoliyati  uchun  xarajatlar  yo’nalishi  paydo  bo’ldi.  O’z 

mohiyatiga  ko’ra,  bu  usul  oila  ho’jaligining  asosiy  kapital  uchun  mablag’  jamg’a 

ishning samarali shakli bo’lib, xususiy mulk asosida o’z daromadlarini shakllantirish 

va ko’paytirish imkonini beradi. 

Mamlakatimiz  hukumati  tomonidan  aholi  daromadlarini  oshirishga  qaratilgan 

chora-tadbirlarning  qabul  qilinishi  hayotimizda  tobora  hal  qiluvchi  kuchga  aylanib 

borayotgan o’rta sinfni shakllantirish imkonini berdi. 

Oilaning  yalpi  daromadlari  oshib  borishi  bilan  bir  vaqtda  yurtimizda  iste`mol 

mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirish  va  aholiga  ko’rsatilayotgan  xizmat 

turlarini  kengaytirish  hisobidan  ushbu  daromadlardan  samarali  foydalanish  uchun 

sharoit yaratildi. 

Mamlakatimizda  aholi  daromadlarining  oshib  borishi  bilan  uning  tarkibi 

o’zgarib,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinayotgan  daromad  barqaror  o’sib  borayotgani 

alohida e`tiborga molikdir. 

2012  yilda  aholining  tadbirkorlik  faoliyatidan  olayotgan  daromadi  51  foizni 

tashkil  qildi,  boishachа  aytganda,  O’zbekiston  aholisi  daromadining  yarmidan  ko’pi 

birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda. 

Aholining jamg’arma mablag’lari iste`mol byudjetining muhim tarkibiy qismi 

hisoblanadi.  Yurtimizda  aholi  omonatlari  hajmi  barqaror  oshib  bormoqda.  Ayniqsa, 

yuqori  o’sish  sur`atlari  2000-2010  yillarga  to’gri  keladi,  bu  davrda  mazkur 



37 

 

ko’rsatkich  28,6  barobar  oshgan.  Hozirgi  vaqtda,  so’rov  natijalariga  ko’ra, 



mamlakatimizdagi  qariyb  barcha  xonadon  sohiblari  banklarda  o’z  jamgarma 

mablag’lari  -  omonatlariga  ega.  2012  yilda  O’zbekiston  aholisining  banklardagi 

omonatlari o’sishi 34,6 foizni tashkil qildi, so’nggi 10 yilda esa 40 barobar dan ziyod 

oshdi.  2012  yilda  O’zbekistondagi  barcha  investitsiyalarning  20  foizdan  ortig’ini 

aholi investitsiyalari tashkil etgani, ayniqsa, e`tiborlidir. 

O’zbekistonda aholining eng ko’p ta`minlangan 10 foizi eng kam ta`minlangan 

10 foiz qatlami daromadlari o’rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8,0 barobarni tashkil 

etganini alohida ta`kidlash lozim. Bu jahondagi eng past ko’rsatkichlardan biri bo’lib, 

mamlakatimizda  jamiyatning  keskin  tabaqalanishiga  yo’l  qo’ymaslik  borasida 

O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  rahbarligida  olib  borilayotgan  ijtimoiy 

siyosatning samarasidir. 

"Obod turmush yili" davlat dasturini ishlab chiqishda eng avvalo mahallalarda, 

ko’p  qavatli  uylarda  istiqomat  qilayotgan  har  bir  fuqaro  tomonidan  tinchlik  va 

osudalikning qadriga etish, uni munosib himoya qilish ko’nikmalarini shakllantirish, 

tinchlik  uchun  kurashishga  oliy  burch  sifatida  qarash  kabi  qadriyatlarni 

rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarga e`tibor qaratish zarur buladi. 

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi islohotlarning 

bosh  maqsadi  iqtisodiyotni  yuksaltirishning  ijobiy  sur`atlariga  erishish  orqali 

aholining turmush farovonligini yuksaltirishdir. 

 

 




Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish