Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar
dinamikasi
8
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-
sonli «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni
to`ldirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi Qaroriga asosan 2013
yilda tijorat banklari tomonidan mahalliy oziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi korxonalarga qariyb 1 263 mlrd. so`m yoki 2012 yilga nisbatan
1,3 barobarga ko`p kreditlar ajratildi.
Fikrimizcha, hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o`sish
sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo`lgan
bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin
tutmoqda. Bunga, asosan, huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur
sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish
8
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari
4 041
5346
6982
752
1023
1366
0
1 000
2 000
3 000
4 000
5 000
6 000
7 000
8 000
2011 yil
2012 yil
2013 yil
Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan
jami kreditlar
32
masalalariga jiddiy e`tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda.
2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati
bilan bog’lik loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5
mlrd. so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. "Mustahkam oila yili" da
oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini oshirish
maqsadida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan mebellar, maishiy
texnikalar va boshqa turdagi uzoq foydalaniladigan jihozlarni sotib olishga jami 320
mlrd. so’mlik, shu jumladan 15 mingta yosh oilaga uch yillik qaytarish muddati bilan
81 mlrd. so’mlik iste`mol kreditlari ajratildi.
2012 yilda mamlakatimizning yuqori sur`atlar bilan barqaror o’sishini ta`kidlar
ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital
mablag’lar, investitsiyalarning tobora o’sib borayotganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur.
Banklarning roli iqtisodiyotininig etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik
va texnologik qayta jihozlash, uy-joylar qurilishini, transport va infratuzilmaviy
kommunikatsiyalarni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha o’z
investitsion siyosatida, ayniqsa ahamiyatlidir. Banklar tomonidan ajratilgan kredit
qo’ilmalari qoldig’i esa 30,5 foizga o’sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra 20,4
trln. so’mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 85,8 foizi ichki manbalar hisobiga
berilgan bo’lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, asosan iqtisodiyotniig strategik
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini
qo’llab-quvvatlash bo’yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb
qilinmoqda. Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit
portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab
tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining
investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Banklarning investitsiya
kreditlari ustuvor ravishda "2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish", "2012 yilgi
Investitsiya dasturi" hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va
hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyhalarni qo’llab-
quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlari tomonidan
minitexnologiyalarni sotib olishga yo’naltirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tijorat banklarining investitsiya
33
loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini
ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’ushimcha chora-tadbirlar tug’risida"
2009 yil 28 iyunda imzolangan PQ- 1166-sonli Qaroriga binoan tijorat banklariga
quyidagi imtiyozlar berildi:
-
2015 yilning 1 yanvarigacha tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq
muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab, tabakalashtirilgan stavkalar
bo’yicha foyda solig’ini to’lash;
-
tijorat banklariga korxona va tashkilotlar - yirik investitsiya loyihalari
tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya
loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda ekspertizadan o’tkazish bo’yicha
xarajatlarni umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy
summasiga kiritgan holda, moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish
joriy etildi.
Natijada 2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik
jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5760 mlrd.
so’m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko’p investitsiya kreditlari ajratildi.
Bank tizimining respublikamizda uy-joy qurilishini rivojlantirish va mazkur
jarayonni moliyalashtirishdagi faoliyati alohida e`tiborga molikdir. Banklarning
ushbu yo’nalishdagi kreditlari ham uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, ular
investitsion kreditlar tarkibida salmoqli o’rin egallaydi.
Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi
uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo’yicha "Qishloq qurilish bank" tomonidan
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2012 yilda mazkur bank tomonidan namunaviy
loyihalar bo’yicha 8510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirishga jami
810,0 mlrd. so’mlik mablag’ yo’naltirildi. Ushbu mablag’ning 294,8 mlrd. so’mi
mijozlarning badallari va 515,2 mlrd. so’mi "Qishloq qurilish bank"ning kreditlari
hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur kreditlar "Qishloq kurilish bank" tomonidan
imtiyozli ravishda 15 yil muddatga 7 foizli stavka buyicha ajratilmoqda.
Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy soglomlashtirish, qayta tiklash, texnik
va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlarda
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va keyinchalik ushbu
korxonalarni strategik investorlarga sotish borasida ham banklar tomonidan 2012
34
yilda salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklari tomonidan jami
168 ta iqtisodiy nochor korxona bank balansiga qabul qilingan bo’lib, ushbu
korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash vа modernizatsiya qilish maqsadida banklar
tomonidan 388 mlrd. so’mlik investitsiyalar kiritildi hamda faoliyati tiklangan
korxonalarning 120 tasi yangi mulkdorlarga 919,3 mlrd. so’mga sotildi.
Bugungi kunda tijorat banklari balansidagi faoliyati tiklangan korxonalarni
yangi mulkdorlarga sotish ishlari olib borilmoqda hamda 11 ta korxonada ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha texnologik liniyalarni tiklash, qurilish-ta`mirlash,
yangi uskunalar o’rnatish va modernizatsiyalash bilan bog’liк ishlar amalga
oshirilmoqda.
Mamlakatimizda eksportga etkazib berish hajmi va turlarini ko’paytirish,
raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni
rag’batlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintakaviy bozorlarga olib
chiqishda ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012
yil 26 martdagi "Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish vа
raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga etkazib berishni kengaytirish borasida
qo’shimcha chora-tadbirlar tug’risida"gi PQ-1731-son Qarori qabul qilindi.
Natijada, banklar balansiga olingan holda faoliyati tiklangan korxonalarda jami
1,7 trln. so’mlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarildi va shundan, 480,0 mln. AQSH
dollari mikdorida mahsulot eksport qilindi.
Hayot darajasi, birinchi navbatda, aholi daromadlari miqdori bilan belgilanadi.
2012 yilda bu ko’rsatkich O’zbekistonda 17,5 foizga o’sdi, eng kam ish haqi 26,5
foizga oshdi.
Yurtimizda kechayotgan o’zgarishlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real
pul mablaglari, o’rtacha nominal va real ish haqi miqdori belgilangan eng kam ish
haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya ko’rsatkichlarini yaqqol namoyon etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |