Ilk muhabbat
Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof... Na qo’lingiz bilan
tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz... Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz...
Birinchi muhabbat ko’pincha natijasiz tugashi balki shundandir...
Sinov
Bir narsani ko’p kuzatdim. Ona ovqatga o’tirgan zamon chaqaloq yig’layveradi. Keksalar,
bunaqa paytda bolani shayton chimchilaydi, deydilar. Bilmadim... Xudoning o’zi kechirsin-ku,
menimcha gap shaytonda emas. Bu- tangrining ona mehrini sinash usullaridan biri bo’lsa
ajabmas...
Sham yonmasa..
Erkak bilan ayol munosabatida aybni nuqul erkakdan izlash insofdan emas. Sham yonmasa,
parvona yaqin kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |