Kapalak va toshbaqa
Toshbaqa guldan-gulga qo’nib yurgan kapalakni ko’rib g’ashi keldi.
“Bir kunlik umriga uchishini qara!”
Kapalak toshbaqani ko’rib kuldi.
“Yuz yillik umriga sudralib yurishini qara!”
Ko’ngil
Odam hamma narsaga to’yishi mumkin. Boylikka… Amalga ham… Shon-shuhratga…
Xudoning o’zi kechirsin-ku, hatto… hayotga ham… Qarib-churiganida “omonatingni ola qol,
yaratgan Egam”, deydiganlar, chin dildan gapiradi…
Odam hamma narsaga to’yishi mumkin. Faqat bir narsaga-Mehrga to’ymaydi. Bu
masalada shohu-gado barobar.
Holbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo’q.. bir og’iz shirin So’z, bir chimdim Mehr kimni
o’ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz...
Do'stlaringiz bilan baham: |