geography covered.
Key words:
Geographical shell, geomorphology, components, landscape,
regional geography, palepeography,
Tabiiy geografiya - Yerning geografik qobigʻi tabiiy tarkibi va uning
strukturaviy kismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek,
suv havzalarini ham) oʻrganuvchi fan; tabiatshunoslik fanlarining muhim
tarmoklaridan biri. Tabiiy geografik majmualarnkng makon va zamonda obʼyektiv
mavjudligini eʼtirof etish Tabiiy geografiyani eng muhim metodologik
tamoyillaridan biri.
Geografik qobiqning murakkab tuzilishi va xususiyatlari uni har tomonlama
tadHiq qilishni, yaʼni bir butun hamda alohida komponentlar boʻyicha ham va
undagi kattakichik tabiiy geografik majmualar boʻyicha ham tadqiq qilishni taqozo
etadi. Bu, oʻz navbatida, Tabiiy geografiyaning tarmoqlanishiga olib keladi.
Hozirgi kunda Tabiiy geografiyaning quyidagi asosiy tarmoklari mavjud: umumiy
yer bilimi, regional geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, xususiy
geografiya (iqlimshunoslik, geomorfologiya, biogeografiya va h.k.).
Tarixi. Dastlabki geografik tasavvurlar yunon olimlari Fales (mil. av. 625—
547 yillar), Anaksimandr (mil. av. 610—347 yillar), Miletlik Gekatey (mil. av.
546—480 yillar), Gerodot (mil. av. 486—425 yillar), Platon (mil. av. 427—347
yillar), Aristotel (mil. av. 384—322 yillar)ning tabiat falsafasi yoki tarixga oid
asarlarida uchraydi. "Geografiya" nomli birinchi ilmiy asar Eratosfen (276—194
yillar) tomonidan yaratilgan. Bu asar oʻz davrigacha toʻplangan geografik
maʼlumotlarni tartib bilan taxlil qilishning eng dastlabki namunasi boʻlgan. Yunon
olimlarining asarlarida hozirgi vaqtda ham mavjud boʻlgan matematik geogr.,
mamlakatshunoslik, rayonlashtirish va tasviriy geogr. kabi yoʻnalishlarga asos
solingan edi. Geografik xaritalarning ilk namunalari ham ular tomonidan
yaratilgan.
112
Ilmfan, maʼrifat va madaniyat, shuningdek, Osiyoda, yaʼni gʻarbda Oʻrta
dengiz boʻylaridan, sharqda Xitoy chegarasigacha, shim.da Orol dengizi
kengliklaridan jan.da Arabiston dengizi qirgʻoklarigacha boʻlgan hududlarni oʻz
ichiga olgan Sharq olamida rivojlana boshladi. Bu davrda, ayniqsa, 9— 11-asrlarda
fan va madaniyat tez surʼatlarda rivojlandi, yuzlab ilmfan namoyandalari, olimlar
yetishib chikdi. Ulardan Movarounnahr va Xuroson olimlari yetakchi oʻrinlarni
egallagan. Oʻsha davrda yashab, ijod qilgan va jahon fanida oʻchmas iz qoldirgan
Muhammad ibn Muso alXorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Jayhoniy, Abu Zayd va
Abu Maʼshar Jaʼfarlar, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy kabilar
shunday olimlardan. Ular Yer meridiani uzunligini aniklash, joylarning geografik
koordinatalari jadvallarini tuzish, geofafik xaritalar tuzish, ayrim geografik hodisa
va jarayonlarning sabablarini izohlash, turli mamlakatlar tabiatini tasvirlab yozish
ishlarini davom ettirdilar. Koʻpgina tarixiygeografik va astronomikgeofizik asarlar
yoziddi.
Oʻrta
asrlardagi
Sharq
olimlarining
geografik
merosi
I.Yu.Krachkovskip,.Hasanovl&r tomonidan taxlil qilingan.
Tabiiy geografiyaning rivojlanishi tarixida 15—16-asrlarda Yevropadagi
Uygonish davri bilan bogʻliq boʻlgan Buyuk geografik kashfiyotlar muhim
ahamiyatga ega boʻldi. Oʻsha vaqtda yangi yerlarning yevropaliklar uchun maʼpum
boʻlishi tabiatshunoslikning, shu jumladan, Tabiiy geografiyaning taraqkiyoti
uchun ham turtki boʻldi. Insonlarning geografik tasavvur doirasi ancha kengaydi.
Oʻsha davrda Movarounnahrda Hofizi Abroʻ, Gʻiyosiddin Naqqosh,Abdurazzoq
Samarqandiy, Mirzo Ulugʻbek, Bobur, Muhammad Haydar Mirzo kabilar oʻz
asarlari bilan tasviriy geografiyaning rivojiga munosib hissa qoʻshdilar.
Tabiiy geografiyaning tarixidagi yana bir muhim bosqich 19-asrning
1yarmidan 20-asrning 60y.larigacha davom etib, yangi ilmiy
Tabiiy
geografiyaning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrning boshlanishi nemis
tabiatshunosi A. Gumboldt asarlariga borib taqaladi. Uning buyuk xizmati tabiat
komponentlari orasidagi oʻzaro aloqadorlikning taxlili geogr. fani uchun qanday
ahamiyatga ega ekanligini ochib berishda edi. Tabiiy geografiyadagi bu gʻoya
keyinchalik V. Dokuchayev, L.S.Berg , A. Grigoryev, SV.Kalesnik va boshqa
tomonidan rivojlantirildi. Natijada Yerning geografik qobigʻi, tabiiy geografik
kompleks va landshaft haqidagi taʼlimotlar yuzaga keldi. Bir qancha tabiiy
geografik qonuniyatlar aniqlandi, yangi izlanish metodlari yaratildi, ilmiy
ekspeditsiyalar uyushtirildi. Joylarning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklarini
oʻrganish ishlari jadallashdi. Sharqiy Yevropa tekisligi, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Sibir
va Uzok, Sharq regionlarining tabiati va tabiiy resurslari haqida yirik ilmiy asarlar
yuzaga keldi. Shular qatorida Oʻrta Osiyoda izlanishlar olib borgan tabiatshunos
olimlar N.A.Dimo, R.I. Abolin, D. N. Kashkarov, Ye.P.Korovin, KZ.Zokirov,
I.A.Raykova, N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkinlarning ishlari ahamiyatli boʻldi.
113
20-asrning oʻrtalaridan boshlab Tabiiy geografiya tadqiqotlarining ,
geografik muassasa va ilmiy markazlarning koʻlami yanada ortdi. Geograflar soni
ham oshdi, yangiyangi ilmiy yoʻnalishlar shakllandi. Jumladan, geofizika,
geokimyo, ekologik yoʻnalishlar rivojlandi. Yangi ilmiy tushunchalar (geografik
fazo, Yerning landshaft qobigʻi, landshaftlar morfologiyasi, antropogen landshaft
va h.k.) hamda geografik krnuniyatlar (landshaft qobigʻining mozaikligi,
diskretligi, geografik zonallikning davriylik qonuniyatlari, qutbiy asimmetriya)
vujudga keldi. 7abiiy geografik rayonlashtirish ishlari yangi bosqichga koʻtarildi.
Uning nazariy asoslari, metodlari takomillashdi. Tabiiy geografiya konstruktiv
bosqichga oʻtdi. Tabiiy komponentlarni amaliy maqsadlarda baholash, ularning
taraqqiyot yoʻnalishlarini aniklab, kelajakdagi oʻzgarishlarini bashoratlash
tamoyillari va metodlari ishlab chiqildi. [2]
Oʻzbekistonlik geograf olimlarning davrasi ancha kengaydi. Tanikli olimlar
L.S.Babushkin, O.Yu.Poslavskaya, N.A.Kogay, M. Qoriyev, N.D.Dolimov, H.
Hasanovlar qatoriga P.Baratov, M.Mamatqulov, P.Gʻulomov, A.Saidov,
Yu.Sultonov, L.Alibekov, A.Abdulqosimov, A.Rafiqov, Sh. Zokirov, Sh.Ergashev,
I.Hasanov, I.Abdugʻaniyev, I.Nazarov kabi olimlar kelib qoʻshildi. Ular
Oʻzbekiston va uning ayrim hududlarining tabiiy va antropogen landshaftlarini
tadqiq qildilar, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik baholash, tabiiy
geografik majmualarning rivojlanish yoʻnalishlarini aniklash va bashoratlash
ishlarida samarali mehnat qidsilar. Nazariy asoslari. Umumiy T.g .ning nazariy
asoslari negizida quyidagi eng muxim geografik krnuniyatlar yotadi: 1) geografik
qobiqning bir butunlik qonuniyati; 2) aylanma harakatlar qonuniyati; 3) geografik
qobiqning davriylik qonuniyati, yaʼni barcha tabiiy geografik hodisa va
jarayonlarning maʼlum vaqt davomida takrorlanish qonuniyati; 4) geografik
qobiqning hududiy tabaqalanish qonuniyati, yaʼni rivojlanish jarayonida gazlarning
qobiq strukturasining maydonda oʻzgarishi, kattakichik tabiiy hududiy
majmualarga boʻlinishi. Bu qonuniyat tabiiy geografik rayonlashtirish uchun
nazariy asosdir; 5) geografik zonallik qonuniyati — tabiatda geografik mintaqalar
va tabiat zonalarining mavjudligi shaklida namoyon boʻladi; 6) geografik
zonallikning davriy qonuniyati, yaʼni bir tipdagi geografik zonaning turli geografik
mintaqalarda
uchrashi
qonuniyati;
7)
azonallik
qonuniyati
geografik
mintaqalarning geografik uzunligi boʻyicha sektorlarga boʻlinishi, landshaft
zonalarining qam shu yoʻnalishda tabaqalanishi va landshaftlarning balandlik
mintaqalari mavjudligida oʻz ifodasini topishi; 8) zonallik va azonallikning bir
butunligi qonuniyati; 9) Yer sharining qutbiy asimmetriya qonuniyati. Uning
asosida Yerning shakli, quruklik va suvlarning , organizmlarning taqsimlanishi,
iklimlar, geografik qobiq strukturasi, muzliklar maydoni va shakllari, geologik
tarixiga koʻra shim. dengizlarning Jan. yarim shardagilardan farq qilishi yotadi; 10)
114
geografik qobiqning rivojlanish qonuniyati, bu rivojlanishni harakatga keltiruvchi
asosiy kuch — tabiatdagi zonal va azonal hodisalarning oʻzaro kurashidan,
rivojlanish shakli esa davriylikdan iborat; 11) geografik qobiqning notekis
rivojlanishi qonuniyati. Turli landshaftlar turli yoshda boʻlib, turlicha tezlikda
rivojlanadi. Bu qonuniyatning muhim tomoni shundaki, landshaftlar biri
ikkinchisidan tarkibiga koʻra emas, balki yoshiga va rivojlanish bosqichi xamda
surʼatlariga qarab ham farq qilishini hisobga olinishi va landshaftlar
oʻzgartirilayotganda bu qonuniyatga amal qilinishini taqozo etadi. [3]
Umumiy hozirgi vaqtda geografik qobiqning bir butunligi va rivojlanishi
toʻgʻrisidagi yangi gʻoyalar bilan boyidi, landshaft qobigʻi, geografik fazo
nazariyalari olgʻa surildi, sayyoraviy miqyosdagi geografik bashoratga asos
solindi, geografik sistemalar haqidagi taʼlimot ishlab chiqildi. Yer yuzasining
morfostrukturasi va morfoskulpturasi haqidagi yangi tasavvur vujudga keldi.
Landshaftlarning yoshi va ularni tasniflashning regional muammolari tahlil qilindi,
Tabiiy geografiyaning ekologiya bilan yaqinligi va uzviy bogʻlikligi asoslab
berildi. Inson faoliyatining geografik qobikdagi tabiiy jarayonlarga, geografik
muhitga boʻlgan taʼsirining salbiy va ijobiy oqibatlarini oʻrganish, bu oqibatlarni
oldindan aytib berish, i.t.larda geofizikaviy, geokimyoviy, matematik, ekologik
metodlarni qoʻllashga boʻlgan eʼtibor kuchaydi, yangi ekologik yoʻnalish yuzaga
keldi. Hozirgi zamon Tabiiy geografiyada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
va tabiatni muhofaza silish muammoasi asosiy va dolzarb muammo hisoblanadi.
[4]
Tabiiy geografiyaning hududlarni tabiiy geografik tavsiflash metodlari ham
takomillashib bordi. Bu keyingi yillarda yaratilgan koʻplab monografiyalar, darslik
va oʻquv qoʻllanmalarida aks etgan. Hozirgi kunda Tabiiy geografiyafani hal
etilishi lozim boʻlgan muammolarning koʻpchiligi, asosan, uning obʼyekti va
predmetining murakkabligi, oʻziga xos xususiyatlar bilan va fanning hozirgi
taraqqiyot bosqichida xalq xoʻjaligi qoʻyayotgan vazifalarning murakkabligi bilan
bogʻliqdir. Shunday muammolarning ayrimlari "inson—tabiat" sistemasidagi
oʻzaro taʼsir oqibatida yuzaga kelayotgan muammolardan. Sayyoraviy miqyosda
roʻy berayotgan iklim oʻzgarishi, regional koʻlamda Orol va Orolboʻyi
muammolari, choʻllashish, tabiiy resurslarning tez surʼatlarda kamayishi, tabiiy
muhitning ifloslanishi kabi muammolar shular jumlasidan. [5]
Do'stlaringiz bilan baham: |