V. DARYOLARNING GEOGRAFIK O’RNI
Turli yog’inlar bilan to’yinadigan va o’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqadigan tabiiy suv oqimini daryo
deb ataymiz. Deyarli har bir daryo tog’dagi muzliklarning erishidan, buloq yoki botqoqliklardan boshlanadi. Kichik
jilg’alar qo’shilib soyni hosil qiladi, soylardan daryolar vujudga keladi. Daryolar yer osti suvlari va yog’inlardan
ham to’yinadi. Har bir daryoning boshlanish joyi (manbai) hamda dengiz, ko’l yoki boshqa daryoga quyilish joyi
(mansabi) bo’ladi.Biroq buloqlardan ham boshlanadigan daryolar ham bor. Masalan, Biya daryosi Oltoydagi Telets
ko’lidan oqib chiqadi, u 400 metr kenglikdagi tosh tizmalaridan otilib tushadi.U boshlanish va quyilish joyida ham
keng va ulug’vordir. Shunday daryolar ham borki, ularning quyilish joyi yo’q. Turkmanistondagi Murg’ob va Tajan
daryolari shular jumlasidan. Bu daryolarning suvi dalalarni sug’orishga sarflanadi, natijada ular biron havzaga
quyilmaydi. Daryolar ikki qirg’oq orasida, o’zanlarda oqadi. Qor yoki muzliklarning jadal erishi natijasida suv sathi
ko’tarilib, toshqin ro’y bergan kezlarda daryo qayiri va hatto sohilning talay qismini suv bosadi. Shunday yerlarda,
odatda, yaxshigina yaylovlar vujudga keladi. Qadim zamonlardan beri daryolar odamlarga saxiylik bilan o’z suvini
hadya etib kelgan.Ular azaldan aloqa yo’li bo’lib xizmat qilgan.Termiz, Ko’hna Urganch, Banokat, Kiyev kabi
qadimgi shaharlar daryo sohilida qurilgan.Daryolar davlat chegarasi, dushman hujumidan ishonchli tabiiy to’siq
bo’lib xizmat qilgan.Hozirgi vaqtda ham daryolar inson hayotida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Daryo suvi qishloq
va shaharlar, fabrika va zavodlar uchun zarur. Daryolarda arzon elektr energiya beruvchi gidroelektr stansiyalar
qurilmoqda. Daryo suvida yo’lovchilar tashuvchi va yuk kemalari suzadi,yog;och oqizadi. Daryolar suvga chanqoq
yerlarni sug’orish manbaidir. O’zbekiston hududida uchta yirik daryo mavjud, ular: Amudaryo, Sirdaryo va
Zarafshon.
Daryolar – bizning ulkan boyligimiz. Ularni neft, sanoat va maishiy chiqindilar, paxta dalalaridan
chiqadigan oqava suvlar bilan ifloslanishdan saqlash lozim. Daryolar sersuv bo’lishi uchun ularning sohillaridagi va
suvayirg’ichlaridagi daraxt hamda butalarni kesmaslik kerak
Daryolar suvining oqimi o’zimlik va hayvonlarning o’sish, ko’payish, rivojlanish va turli yashash joylarida
tarqalishini anilaydigan asosiy ekologik omil hisoblanadi. Shuning uchun ham suvning oqimi gidrobiontlarning
asosiy xislatlarini ya’ni ularning reofillik oqar daryolarda yashash mumkinligini ifodalaydi. Suvning oqishi
gidrobiontlarga turlicha ta’sir qiladi. Ya’ni,
·
daryo suvining oqishi u yerdagi organizmlarga mexanik ta’sir qiladi;
·
suvning tinimsiz oqib turishi organizmlarga doimiy, tinimsiz ozuqa va kislorod keltirib turadi;
·
suvning oqishi organizmlar hayoti faoliyati jarayonida ajratgan moddalarni va chirishdan hosil bo’lgan
mahsulotlarni oqizib ketadi va muhit doim toza bo’ladi;
·
suvning oqishi ortiqcha tarqalgan jonzodlarini oqim bilan olib ketadi, ular biror-bir joyga birikib olsa,
undaylarni ozuqa va kislorod bilan ta’minlaydi.
·
suvning oqishi tufayli harorat kislorod suv qatlami bo’yicha teng taqsimlanadi.
Shunday qilib kichik-kichik soy shaxobchalar bir-biri bilan qo’shilib ko’p suvli katta daryolarni hosil
qiladilar. Bunday daryolarning oqishi davomida turli jinslarning yemirilishi natijasida suv o’ziga yo’l ochadi.
Ularning etak qatlami dengizga, ko’lga qo’yiladi. Daryo yo’llarida xilma- xil landshftlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |