Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash



Download 347,49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.07.2022
Hajmi347,49 Kb.
#736218
Bog'liq
Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash



Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. 
Reja: 
Kirish 
1.Hujjatchilik ishining bugungi kundagi ahamiyati. 
2.Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari. 
3.Hujjatlarning zaruriy qismlari. 
Bugungi kunda hujjatchilik ishi dolzarb ahamiyatga ega. Chunki har bir ishchi xodim ish faoliyatida albatta 
bunga duch keladi. O’zi faoliyat olib borayotgan tashkilot yoki muassasaga sodir bo’ladigan holatlar yuzasidan 
rasmiy ma’lumot berishi kerak. Buning uchun rasmiy-idoraviy uslubdan foydalansak ,maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Rasmiy-idoraviy uslub-davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro 
hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, 
tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar 
qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil 
shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma 
so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha 


darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap 
bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun 
M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin. 
Ariza (huquqda) (arz) – davlat organi, sud, korxona, muassasa, tashkilotga, jamoat birlashmasi va 
fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlariga biron-bir masala boʻyicha yakka tartibda yoki jamoa boʻlib 
ogʻzaki yoxud yozma ravishda qilingan shikoyat. 
Oʻzbekiston Respublikasining „Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida“ Qonunida (1994-yil 6-may) ariza 
ham jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan berilishi mumkinligi koʻrsatilgan. Qonun talabiga koʻra, arizalarni 
koʻrib chiqish oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari, ularning mansabdor shaxslari, 
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor 
shaxslari: 
ularni har tomonlama, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqishlari; 
qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ular ijrosini taʼminlashlari; 
arizalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida fuqarolarga maʼlum qilishlari shart. 
Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi, sabablari koʻrsatilgan holda yozma tarzda 
fuqaroga maʼlum qilinishi lozim. Arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar ushbu Qonunning 8-


moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Fuqarolarning arizalari davlat organiga, jamoat 
birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha muddat ichida, qoʻshimcha 
oʻrganishni va tekshirishni talab qilmaydigan masalalar esa 15 kundan kechiktirmay hal qilinishi shart. Arizani hal 
etish uchun maxsus tekshiruvlar oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlar 
koʻrish zarur boʻlsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbarining oʻrinbosari arizani hal etish 
muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan, arizani koʻrib chiqish umumiy 
muddati 2 oydan oshmasligi, bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinishi shart. arizada fuqaroning familiyasi, 
ismi, otasining ismi, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va arizaning mohiyati bayon etilgan 
boʻlishi lozim. Agar ushbu maʼlumotlar arizada koʻrsatilmagan boʻlsa, unday ariza anonim xat hisoblanadi va 
koʻrib chiqilmaydi. Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan ariza anonim 
hujjat hisoblanib, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻla olmaydi. Ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan 
imzolanishi lozim. 
Bildirishnоmа - idоrа rаhbаrlаrigа xizmаt fаоliyati bilаn аlоqаdоr mаsаlаlаrning аhvоli to‘g‘risidа аxbоrоt 
bеruvchi rаsmiy hujjаt. 
Bildirishnоmа quyidаgi zаruriy qismlаr аsоsidа yozilаdi: 
1. Bildirishnоmа yo‘llаngаn muаssаsа nоmi vа rаhbаrning lаvоzimi, ismi vа оtа ismining bоsh hаrflаri hаmdа 
jo‘nаlish kеlishigidаgi fаmiliyasi. 


2. Bildirishnоmа tаyyorlаgаn muаllifning lаvоzimi, ismi vа оtа ismining bоsh hаrflаri hаmdа chiqish 
kеlishigidаgi fаmiliyasi. 
3. Hujjаt nоmi (Bildirishnоmа). 
4. Mаtn sаrlаvhаsi. 
5. Bildirishnоmа mаtni. 
6. Zаruriyat tug‘ilsа, ilоvаlаr ro‘yxаti. 
7. Bildirishnоmа tаyyorlаgаn shаxsning lаvоzimi, imzоsi (аgаr bildirishnоmа bir nеchа shаxs tоmоnidаn 
tаyyorlаngаn bo‘lsа, ulаrning lаvоzimi, imzоsi, fаmiliyasi) vа fаmiliyasi. 
8. Bildirishnоmа yozilgаn sаnа. 


Tavsifnoma - ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyatini, shuningdek, uning o‘ziga xos xislati va 
fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. 
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga 
kirishda, xorijiy mamlakatlarda ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki 
shahodatlantirishda va boshqalar) beriladi. 
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanlik va axloqiy sifatlari ham 
ko‘rsatib o‘tiladi. 


 Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat: 
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: 
a) ismi, otasining ismi va familiyasi; 
b) tug'ilgan yili; 
d) millati; 
e) ma’lumoti; 
f) lavozimi
j) ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘tsa); 
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma) 
3. Matn. 
4. Imzolar 
5. Sana 
6. Muhr 


Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko'rsatish mumkin. 
Birinchi qismda mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya'ni uning mutaxassisligi, ayni shu korxona yoki tashkilotda 
qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi. 
Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, bilimlarini 
oshirish, jamoat ishlaridagi ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto, ba’zida siyrati, ishdagi hamkasblariga 
munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovar boMganligi va boshqa asosiy rag‘batlantrishlar 
berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi. 
Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima 
uchun berilayotganligi ko'rsatiladi. 
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tililan bayon qilinadi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra muassasa boshlig'i, 
kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. 
Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab 
qilgan muassasaga jo'natiladi. 
Tavsifnomalarning ishlab chiqarish tavsifnomasi, tavsifiy tavsifnoma, xizmat tavsifnomasi kabi turlan 
mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi. 


Bayonnoma-majlis, yigʻilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini va ular qabul qilgan 
qarorlarni aniq, siqiqholda qayd qiluvchi hujjat.

Majlis bayonnomasi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy kengashi majlisining bayonnomasi. m Bayonnomani yozishni tashkil 
qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. "Ish yuritish". 
Xizmat yozishmalari 
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda 
qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan. 
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoiiyatining turli masalalari bilan bog‘liq. 
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning 
faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish 
uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub 
tiujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi 
bilan ham o'ziga xoslikka ega. 
Xizmat yozishmalariga xizmat xatlari, xodimlar faoliyatiga doim hujjatlar, diplomatik va tijorat 
yozishmalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob, aloqa tizimi pochta xizmatini o‘zida ifodalovchi)da olib 
boriladigan yozishma, xatlarni kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.Rahmatullayev Sh. ; Hojiyev A. O’zbek tilining imlo lug’ati - Toshkent “O’qituvchi” 2019 
2.fayllar.org 
3.uz.wikipedia.org 
4.genderi. org/hujjat-turlari-va-ish-yuritish-asoslari 

Download 347,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish