Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash.
Reja:
Kirish
1.Hujjatchilik ishining bugungi kundagi ahamiyati.
2.Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari.
3.Hujjatlarning zaruriy qismlari.
Bugungi kunda hujjatchilik ishi dolzarb ahamiyatga ega. Chunki har bir ishchi xodim ish faoliyatida albatta
bunga duch keladi. O’zi faoliyat olib borayotgan tashkilot yoki muassasaga sodir bo’ladigan holatlar yuzasidan
rasmiy ma’lumot berishi kerak. Buning uchun rasmiy-idoraviy uslubdan foydalansak ,maqsadga muvofiq bo’ladi.
Rasmiy-idoraviy uslub-davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro
hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma,
tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar
qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil
shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma
so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha
darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap
bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun
M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
Ariza (huquqda) (arz) – davlat organi, sud, korxona, muassasa, tashkilotga, jamoat birlashmasi va
fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlariga biron-bir masala boʻyicha yakka tartibda yoki jamoa boʻlib
ogʻzaki yoxud yozma ravishda qilingan shikoyat.
Oʻzbekiston Respublikasining „Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida“ Qonunida (1994-yil 6-may) ariza
ham jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan berilishi mumkinligi koʻrsatilgan. Qonun talabiga koʻra, arizalarni
koʻrib chiqish oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari, ularning mansabdor shaxslari,
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor
shaxslari:
ularni har tomonlama, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqishlari;
qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ular ijrosini taʼminlashlari;
arizalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida fuqarolarga maʼlum qilishlari shart.
Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi, sabablari koʻrsatilgan holda yozma tarzda
fuqaroga maʼlum qilinishi lozim. Arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar ushbu Qonunning 8-
moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Fuqarolarning arizalari davlat organiga, jamoat
birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha muddat ichida, qoʻshimcha
oʻrganishni va tekshirishni talab qilmaydigan masalalar esa 15 kundan kechiktirmay hal qilinishi shart. Arizani hal
etish uchun maxsus tekshiruvlar oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlar
koʻrish zarur boʻlsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbarining oʻrinbosari arizani hal etish
muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan, arizani koʻrib chiqish umumiy
muddati 2 oydan oshmasligi, bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinishi shart. arizada fuqaroning familiyasi,
ismi, otasining ismi, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va arizaning mohiyati bayon etilgan
boʻlishi lozim. Agar ushbu maʼlumotlar arizada koʻrsatilmagan boʻlsa, unday ariza anonim xat hisoblanadi va
koʻrib chiqilmaydi. Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan ariza anonim
hujjat hisoblanib, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻla olmaydi. Ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan
imzolanishi lozim.
Bildirishnоmа - idоrа rаhbаrlаrigа xizmаt fаоliyati bilаn аlоqаdоr mаsаlаlаrning аhvоli to‘g‘risidа аxbоrоt
bеruvchi rаsmiy hujjаt.
Bildirishnоmа quyidаgi zаruriy qismlаr аsоsidа yozilаdi:
1. Bildirishnоmа yo‘llаngаn muаssаsа nоmi vа rаhbаrning lаvоzimi, ismi vа оtа ismining bоsh hаrflаri hаmdа
jo‘nаlish kеlishigidаgi fаmiliyasi.
2. Bildirishnоmа tаyyorlаgаn muаllifning lаvоzimi, ismi vа оtа ismining bоsh hаrflаri hаmdа chiqish
kеlishigidаgi fаmiliyasi.
3. Hujjаt nоmi (Bildirishnоmа).
4. Mаtn sаrlаvhаsi.
5. Bildirishnоmа mаtni.
6. Zаruriyat tug‘ilsа, ilоvаlаr ro‘yxаti.
7. Bildirishnоmа tаyyorlаgаn shаxsning lаvоzimi, imzоsi (аgаr bildirishnоmа bir nеchа shаxs tоmоnidаn
tаyyorlаngаn bo‘lsа, ulаrning lаvоzimi, imzоsi, fаmiliyasi) vа fаmiliyasi.
8. Bildirishnоmа yozilgаn sаnа.
Tavsifnoma - ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyatini, shuningdek, uning o‘ziga xos xislati va
fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga
kirishda, xorijiy mamlakatlarda ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki
shahodatlantirishda va boshqalar) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanlik va axloqiy sifatlari ham
ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
a) ismi, otasining ismi va familiyasi;
b) tug'ilgan yili;
d) millati;
e) ma’lumoti;
f) lavozimi;
j) ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘tsa);
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma)
3. Matn.
4. Imzolar
5. Sana
6. Muhr
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko'rsatish mumkin.
Birinchi qismda mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya'ni uning mutaxassisligi, ayni shu korxona yoki tashkilotda
qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, bilimlarini
oshirish, jamoat ishlaridagi ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto, ba’zida siyrati, ishdagi hamkasblariga
munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovar boMganligi va boshqa asosiy rag‘batlantrishlar
berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi.
Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima
uchun berilayotganligi ko'rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tililan bayon qilinadi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra muassasa boshlig'i,
kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab
qilgan muassasaga jo'natiladi.
Tavsifnomalarning ishlab chiqarish tavsifnomasi, tavsifiy tavsifnoma, xizmat tavsifnomasi kabi turlan
mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.
Bayonnoma-majlis, yigʻilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini va ular qabul qilgan
qarorlarni aniq, siqiqholda qayd qiluvchi hujjat.
◆
Majlis bayonnomasi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy kengashi majlisining bayonnomasi. m Bayonnomani yozishni tashkil
qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. "Ish yuritish".
Xizmat yozishmalari
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda
qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoiiyatining turli masalalari bilan bog‘liq.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning
faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish
uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub
tiujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi
bilan ham o'ziga xoslikka ega.
Xizmat yozishmalariga xizmat xatlari, xodimlar faoliyatiga doim hujjatlar, diplomatik va tijorat
yozishmalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob, aloqa tizimi pochta xizmatini o‘zida ifodalovchi)da olib
boriladigan yozishma, xatlarni kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Rahmatullayev Sh. ; Hojiyev A. O’zbek tilining imlo lug’ati - Toshkent “O’qituvchi” 2019
2.fayllar.org
3.uz.wikipedia.org
4.genderi. org/hujjat-turlari-va-ish-yuritish-asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |