7. ILMIY TADQIQOTLARNING SAMARADORLIGI VA ULARNI JORIY ETISH
Reja:
1.
Ilmiy tadqiqotlarni joriy qilish.
2.
Ilmiy tadqiqotlarning samaradorligi
3.
Joriy etishning iqtisodiy samarasi.
Kalit s
o‘
zlar:
Joriy qilish, samaradorlik, samaradorlik mezonlari, oraliq
natijalar. ilmiy adabiyotlar, ilmiy asboblar, ilmiy xodimlar, iqtisodiy samara, haqiqiy
iqtisod qilish.
Ilmiy tadqiqotlarni joriy qilish.
Tugallangan ilmiy tadqiqotlarni ishlab
chiqarishga joriy
etish
–
ilmiy-tadqiqotning yakuniy bosqichidir.
Joriy etish - ilmiy mahsulotni (hisobotlar, instruktsiyalar, vaqtinchalik
k
o‘
rsatmalar, texnik shartlar, texnik loyihalar va boshqalar) texnikaviy va iqtisodiy
samarani ta’minla
ydigan, amalga oshirish qulay b
o‘
lgan shaklda ishlab chiqarishga
taqdim etishdir. Ilmiy tadqiqot ishi ishlab chiqarish tomonidan
iste’mol
ga kiritilgan
keyingina mahsulotga aylanadi.
Ilmiy tadqiqot ishi buyurtmachilari vazirliklarning texnik boshqarmalari,
idoralar, korxonalar, ilmiy-tadqiqot
institutlari va boshqalar b
o‘
lishi mumkin.
Pudratchi - shartnoma b
o‘
yicha ikki tomonlama bitimga muvofiq ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-tadqiqot tashkiloti joriy etish uchun takliflar
shakllantirishi shart. Oxirgisi, shartnoma shartlariga qarab, texnik shartlar, texnik
topshirish, loyiha hujjatlari,
vaqtinchalik y
o‘
riqnomalar, k
o‘
rsatmalar va
boshqalarni
o‘
z ichiga olishi kerak.
Joriy etish jarayoni ikki bosqichdan iborat: tajriba-ishlab chiqarishga joriy
qilish va seriyaga joriy etish (ilm-fan yutu
g‘
ini, yangi texnikani, yangi texnologiyani
joriy qilish).
Ilmiy tadqiqot tashkilotlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini qanchalik puxtalik bilan
olib borilmasin, ular ishlab chiqarish sharoitida b
o‘
ladigan
turli xil, k
o‘
pincha
tasodifiy, omillarni t
o‘
liq hisobga ololmaydilar. SHuning uchun, ilmiy ishlanmalar
joriy etishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish sharoitida
tajriba sinovlaridan
o‘
tadi.
Tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarining takliflari ilmiy-texnik kengashlarda,
qimmatli takliflar b
o‘
lgan taqdirda - vazirlik kollegiyasida k
o‘
rib chiqiladi va amaliy
foydalanish uchun ishlab chiqarishga yuboriladi.
Tajriba - ishlab chiqarish sinovlaridan s
o‘
ng yangi materiallar,
konstruktsiyalar, texnologiyalar, tavsiyalar, uslublar seriyali ishlab chiqarishga yangi
texnika elementlari sifatida joriy etiladi. Ushbu
ikkinchi bosqichda tadqiqot
tashkilotlari joriy etish jarayonida ishtirok etmaydilar. Ular joriy etilayotgan
tashkilotlarning iltimosiga k
o‘
ra maslahat berishlari yoki ilmiy - texnik yordam
k
o‘
rsatishlari mumkin.
Ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy qilingandan
tushuntirish xati
tayyorlanadi, unga joriy etish va ekspluatatsion sinovlar dalolatnomalari, iqtisodiy
samaradorlik hisobi, joriy qilishning yillik hajmi va olinadigan iqtisod hisobiga
mahsulot tannarxini kamaytirish rejasi haq
idagi ma’lumotnoma, tashkilotning
ishlab chiqarish va joriy etishdagi hissasi haqidagi dalolatnoma, oylik maosh fondini
hisobi va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.