INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
940
ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 1986.
3. Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
4. Muzaffar Mirzo. Sham va Shamshir // Sharq yulduzi, 2020-yil, 1-son.
5. http://www.ziyouz.com/.
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
941
TA'LIMDA O`QITUVCHI-O`QUVCHI MUNOSABATLARINING IJOBIY BO'LISHIDA
PSIXOLOGIK TRENINGLARNING AHAMIYATI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6582640
Nishonov Nodirbek Alimjanovich
Andijon viloyati xalq ta‘limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hududiy markazi Pedagogika va psixologiya, ta‘lim
texnologiyalari kafedrasi o`qituvchisi
Annotatsiya
:
ushbu maqolada ta`lim sifatini oshirish jarayonida
o`qituvchi-o`quvchi munosabatlarini muvofiqlashtirish, psixologik treninglar
yordamida guruhda o`zaro birdamlikni shakllantirish haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar
: Psixologik trening, ijtimoiy trening, enerjayzer, nizoli holatlar,
nizo keltirib chiqaruvchilar
.
Odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni
davomida ularda hosil bo‗ladigan tasavvurlar, fikrlar, e‘tiqodlar, g‗oyalar,
his-tuyg‗ular, kechinmalar, turli xil xulq-atvor shakllarini psixologiyaning asosiy
sohasi bo‗lgan sotsial psixologiya o‗rganadi va tushuntirib beradi. Har bir
shaxsning jamiyatda yashashi uning sotsial normalarga rioya qilgan holda
o‗ziga o‗xshash odamlar bilan o‗rnatadigan murakkab o‗zaro munosabatlari
va ularning ta‘sirida hosil bo‗ladigan hodisalarning tabiatini va
qonuniyatlarini tushuntirib berish – sotsial psixologiyaning asosiy vazifasidir.
Psixologik trening ana shunday murakkab psixik voqeliklarni o‗rganuvchi
sotsial psixologiyaning amaliy tatbiqiy sohasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda sotsial psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi
sodir bo‗layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalari
doirasini ham kengaytirdi. Psixologik trening, avvalo, shaxs yoki guruhni
samarali muloqot malakalariga o‗rgatish va ulardagi kommunikativ
bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqadi.
Inson o‗z hayotida shaxsiy tajriba, sotsial malaka va ko‗nikmalarni orttirib
borishi jarayonida hosil bo‗ladigan, bevosita shakllanadigan sotsial
bilimdonlik yoki kommunikativ savodxonlikdan farqli psixologiya fanida ushbu
jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit guruh faoliyatiga taalluqli
sotsial fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun qo‗llaniladigan uslublar
majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib sotsial psixologik trening (IPT) yoki
sotsial trening deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |