2-amaliy ish: Atom va issiqlik elektr stansiyalari. Bug’, gaz va bug’ – gaz turbinalari



Download 153,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi153,32 Kb.
#733677
  1   2


2-amaliy ish: 
 
Atom va issiqlik elektr stansiyalari. Bug’, gaz va bug’ – gaz turbinalari. 
 
Atom elektr stansiyasi
(
AES
) — Texnologik sxemasi jihatidan 
issiqlik elektr stansiyalari
 
turiga 
kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) 
va gaz yoqilsa, Atom Elektr Stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom Elektr 
Stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom Elektr Stansiyasida, 
koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida 
ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy 
suv
 ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiklik 
eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa 
susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi). Zamonaviy atom 
energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, 
organik yoqilgʻining esa atigi 10 % ini tashkil kiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan 
uzoq vakdtacha taʼminlay olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran-
233 olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi 
yer
 bagʻrida 
yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilgʻilari yerdagi energetik resursni taxminan. 1000 baravar oshiradi. 
Hozirgi yoqilgʻi ishlab chiqaradigan koʻpaytiruvchi atom reaktorlarida yoqilgʻi miqdorini ishlash 
jarayonida orttirish mumkin. Masalan, ikki marta koʻpaytirish uchun taxminan. 10 yilgacha vaqt 
kerakligi maʼlum. Demak, odamzod atom yoqilgʻisisiz qolmaydi.Atom energiyasi xalqaro 
agentligining xabar berishicha, 1985 yil oxirida dunyoning 26 mamlakatida atom elektr 
stansiyalarida umumiy quvvati 248577 MVt boʻlgan 374 reaktor ishlab turgan. Shulardan umumiy 
quvvati 77851 MVT boʻlgan 93 reaktorli AQSH birinchi oʻrinda, qolganlari esa 
Fransiya
 (37533 
MVT), sobiq SSSR (26803 MVT), Yaponiya (23665 MVT), sobiq GDR (16429 MVT) 
va 
Angliya
 (10120 MVT). Dunyoning koʻplab boshqa mamlakatlarida ham Atom Elektr 
Stansiyasilar ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda xalq xoʻjaligining elektr energiyasidan 
foydalanmaydigan biror sohasini topish qiyin. Shuning uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish 
yildan 
yilga 
ortib 
bormoqda. 
Masalan, 
1980-yilda
 dunyoda 
ishlatilgan 
elektr
 
energiyasining
 5,6 %, 1
985-yilda
 — 10,8 % va 
1988-yilda
-27 % Atom Elektr 
Stansiyasilarda ishlab chiqilgan. 
Taqqoslash 
uchun 
1987-yil
 
AQSH
 ishlatgan 
energiyasining 
19 %, 
Buyuk 
Britaniyada 
19 %, 
Yaponiyada
 30 %, GFRda 34 %, 
Fransiyada
 76 % Atom Elektr Stansiyasilarda ishlab 
chiqilgan. Lekin 
1986-yil
 aprelda Chernobil (sobiq SSSR) Atom Elektr Stansiyasida boʻlib oʻtgan 
katta avariya butun dunyo Atom 
Elektr Stansiyasilar kurilishi 
rejalarini buzib 
yubordi. 
AQSHda
 qurilish ishlari sekinlashtirildi, Skandinaviya mamlakatlarida esa butunlay 


toʻxtaldi. Ammo yer yuzidagi energiya manbalari hisoblanmish — neft, gaz, koʻmir zaxiralari 
cheklanganligidan Atom Elektr Stansiyasilarni takomillashtirishdan boshqa iloj yoʻq. Atom 
energiyasi manbai uran va toriyning yer yuzidagi zaxiralari dunyo xalqlarining energiyaga boʻlgan 
talabini bir necha ming yillar davomida qondirib turish uchun yetarlidir. Kelajakda Atom Elektr 
Stansiyasilar yetarli darajada rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining umumiy energetika balansida 
yetakchi oʻrinni egallaydi
[1]


Download 153,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish