“MatLab” amaliy dasturi va uning imkoniyatlari. “MatLab” dasturini umumiy kurinishi. Dastur uskunalari bilan ishlash



Download 406,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana02.07.2022
Hajmi406,82 Kb.
#733235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ilmiy loyixa

1.3.
 
Dastur uskunalari bilan ishlash 
Uskunalar to‘plami. MatLab uchun, uning vazifalarini kengaytiruvchi 
uskunalarning maxsus to‘plamini (ingl. toolbox) yaratish imkoniyati mavjud. 
Uskunalarning to‘plami masalalarning alohida sinfini yechish uchun MatLab tilida 
yozilgan funksiyalarning kolleksiyalarini ifodalaydi. Mathworks kompaniyasi ko‘p 
sohalarda foydalaniladigan uskunalar to‘plamini yetkazib turadi, shu jumladan 
quyidagilar: signal, tasvir va ma’lumotlarni sonli qayta ishlash — signal, tasvirlarni 
qayta ishlash, sonli filtrlar va aloqa sistemalarini loyihalash masalalarining keng 
spektrini yechish imkoniyatini beradigan funksiyalar to‘plamlari. Masalan, DSP 
Toolbox, Image Processing Toolbox, Wavelet Toolbox, Communication Toolbox, 



Filter Design Toolbox; boshqarish sistemalari — dinamik sistemalarni tahlili va 
sintezini, boshqarish sistemalarini loyihalash, modellash va identifikatsiya qilishni 
yengillashtiruvchi funksiyalar to‘plami. Masalan, Control Systems Toolbox, 
µAnalysis and Synthesis Toolbox, Robust Control Toolbox, System Identification 
Toolbox, LMI Control Toolbox, Model Predictive Control Toolbox, Model-Based 
Calibration Toolbox; 283 moliyaviy tahlil — turli moliyaviy axborotni tez va 
samarali to‘plash, qayta ishlash va uzatish imkoniyatini beradigan funksiyalar 
to‘plami. Masalan, GARCH Toolbox, Fixed-Income Toolbox, Financial Time 
Series Toolbox, Financial Derivatives Toolbox, Financial Toolbox, Datafeed 
Toolbox; geografik xaritalarni, shu jumladan, uch o‘lchovlilarini tahlil va sintez 
qilish. Masalan, Mapping Toolbox funksiyasi; eksperimental berilganlarni yig‘ish 
va tahlil qilish — tajriba mobaynida, shu jumladan real vaqtda olingan 
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash imkoniyatini beradigan funksiyalar 
to‘plamidir. Ilmiy va muhandislik jihozlarning keng spektri qo‘llab-quvvatlanadi. 
Masalan, Data Acquisition Toolbox, Image Acquisition Toolbox, Instrument 
Control Toolbox, Link for Code Composer Studio; berilganlarni vizuallash va 
taqdim etish — virtual haqiqiylik texnologiyasi va VRML68) tili yordamida 
interfaol dunyolar yaratish va ilmiy axborotni vizuallash imkoniyatini beradi. 
Masalan, Virtual Reality Toolbox; ishlab chiqish vositalari — MatLab muhitidan 
erkin ilovalar yaratishga imkoniyat beradigan funksiyalar to‘plami. Masalan, 
MatLab Builder for COM, MatLab Builder for Excel, MatLab Builder for NET, 
MatLab Compiler, Filter Design HDL Coder; tashqi dasturiy mahsulotlar bilan 
o‘zaro ta’siri — berilganlarni boshqa dasturlar bilan ishlay oladigan qilib turli 
ko‘rinishda saqlash imkoniyatini beradigan funksiyalar to‘plamlari. Masalan, 
MatLab Report Generator, Excel Link, Database Toolbox, MatLab Web Server, 
Link for ModelSim. ma’lumotlar ombori — ma’lumotlar omborlari bilan ishlash 
uskunalari. Masalan, Database Toolbox. ilmiy va matematik paketlar — ilmiy va 
muhandislik masalalarining keng spektrini, shu jumladan, genetik algoritmlarni 
ishlab chiqish, xususiy hosilalari masalalarni yechish, butun sonli muammolar, 
sistemalarni maqbullashtirish va boshqalarni yechish imkoniyatini beradigan 
maxsuslashtirilgan matematik funksiyalar to‘plami. Masalan, Bioinformatics 
Toolbox, Curve Fitting Toolbox, Fixed-Point Toolbox, Fuzzy Logic Toolbox, 
Genetic Algorithm and Direct Search Toolbox, OPC Toolbox, Optimization 
Toolbox, Partial Differential Equation Toolbox, Spline Toolbox, Statistic Toolbox, 
RF Toolbox. neyron tarmoqlar — neyron tarmoqlarni sintez va tahlil qilish uchun 
uskunalar. Masalan, Neural Network Toolbox. toq mantiq — toq to‘plamlarni 
yasash uchun uskunalar. Masalan, Fuzzy Logic Toolbox. simvollik hisoblashlar — 
Maple dasturining simvollik protsessori bilan o‘zaro ta’sir etish imkoniyatiga ega 


10 
bo‘lgan simvollik hisoblash uskunalari. Masalan, Symbolic Math Toolbox. 
Yuqorida sanalganlardan tashqari MatLab uchun, boshqa kompaniyalar va 
tashabbuskorlar tomondan yozilgan minglab boshqa uskunalar to‘plamlari mavjud. 
MatLabgavrcar virtual mashinaning dasturi o‘rnatilgan.)VRML (ingl. Virtual 
Reality Modeling Language —virtual haqiqiylikni modellash tili) — uch o‘lchovli 
interfaol vektor grafikanin namoyish qilish uchun faylllarning me’yorlashtirilgan 
formati, ko‘pincha WWW da foydalaniladi. Algoritmlar ishlab chiqish. Algoritmlar 
ishlab chiqish uchun MatLab qulay vositalar, shu jumladan, ob’ektga mo‘ljallangan 
dasturlash konsepsiyasini foydalangan yuqori darajalilarini taqdim etadi. Unda 
ishlab chiqishning integrallashgan muhitining barcha zarur vositalari, shu jumladan, 
rostlagich va profayler mavjud. Berilganlarning butun tiplari bilan ishlash bo‘yicha 
funksiyalar mikronazoratchi va zarur joylarda boshqa ilovalar uchun algoritmlar 
yaratishni yengillashtiradi. Berilganlarni vizuallash. MatLab paketining tarkibida 
grafiklar yasashga, shu jumladan, uch o‘lchovli, berilganlarni vizual tahlili va 
animatsiyalangan roliklar yaratish uchun mo‘ljallangan katta sondagi funksiyalar 
mavjud. O‘rnatilgan ishlab chiqish muhiti boshqarishning tugmalar, kiritish maydon 
kabi turli elementlari bilan foydalanuvchining grafik interfeyslarini yaratish 
imkoniyatini beradi. Erkin ilovalar. Konsollik ham, foydalanuvchi grafik inerfeysli 
ham MatLab dasturlari, MatLab Compiler komponenti yordamida MatLab ga 
bog‘liq bo‘lmagan holda ularni boshqa kompyuterlarda ishga tushurish uchun erkin 
tarqaladigan muhitni - MatLab Compiler Runtime-matlab kompilyatorini bajarish 
vaqti (MCR) o‘rnatish talab etiladigan bajariladigan ilovalar yoki dinamik 
kutubxonalar yig‘ish mumkin. Tashqi interfeyslar. MatLab paketi boshqa dasturlash 
tillarida yozilgan tashqi dasturlarga, berilganlarga, Component Object Model yoki 
Dynamic Data Exchange texnologiyalari orqali muloqatda bo‘ladigan mijoz va 
serverlarga, shuningdek MatLab bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro ta’sir etadigan tashqi 
qurilmalarga kirish uchun turli-tuman interfeyslarga ega. Bu imkoniyatlarning 
ko‘pchiligi MatLab API nomi bilan ma’lum. COM. MatLab paketi COM-ob’ektlar 
(mijozlar ham, serverlar ham) yaratish, manipulyatsiya qilish va yo‘q qiladigan 
funksiyalarga kirishishni taqdim etadi. Shuningdek, ActiveX texnologiya ham 
qo‘llab-quvvatlanadi. Barcha COMob’ektlar MatLab paketining maxsus sinfiga 
tegishlidir. Avtomtlashni nazoratchisi (ingl. Automation controller) funksiyasiga 
ega bo‘lgan barcha dasturlar, MatLabga avtomatlashtirish serveriga (ingl. 
Automation server) kabi kirishi mumkin. .NET. Microsoft Windowsda MatLab 
paketi dasturli .NET Framework platformaga kirishni taqdim etadi. MatLab 
muhitidan .NET to‘plash (Assemblies)ni yuklash va .NET sinflar ob’ektlari bilan 
ishlash imkoniyati mavjud. MatLab 7.11 (R2010b) versiyasida .NET Framework 
2.0, 3.0, 3.5 va 4.0 versiyalari qo‘llab-quvvatlanadi. Profillash — dasturning 


11 
allohida lavhalari(odatda dasturlar)ni bajarish vaqtini, to‘g‘ri aytilgan shartli 
o‘tishlarning soni, kesh-xatolar va boshq. ishlash tabiatini to‘plash. Ishlash tahlili 
uchun foydalaniladigan uskuna profillovchi, profayler (ingl. profiler) deb ataladi. 
Odatda dasturni maqbullashtirish bilan birgalikda bajariladi. DDE.MatLab paketi 
berilganlar bilan almashininshning dinamik texnologiyasi (DDE) yordamida 
ilovalar MatLabberilganlariga kirishi kabiWindows muhitining ilovalariga kirish 
imkoniyatini beradigan funksiyalarga ega. DDE-server bo‘ladigan har bir ilova, 
o‘zining ajoyib identifikatsion nomiga ega. MatLab uchun bu nom — MatLabdir. 
Veb-servislar. V MatLabda veb-servislarning metodlarini chaqirish imkoniyati 
mavjud. Maxsus funksiya API veb-servis metodlariga asoslangan holda sinf 
yaratadi. MatLab veb-servis mijoz bilan undan jo‘natmalar qabul qilish, ularni qayta 
ishlash va javob jo‘natmalar yordamida o‘zaro ta’sir etadi. Quyidagi texnologiyalar 
qullab-quvvatlanadi: Simple Object Access Protocol- ob’ektlarga oddiy kirish 
bayonnomasi) (SOAP) i Web Services Description Language— XML tilida veb-
servislarni tavsiflash va ularga kirish tili(WSDL). COM-port71) .MatLab paketining 
ketma-ket porti uchun mo‘ljallangan interfeys ketma-ket (COM-port) port orqali 
kompyuterga ulanadigan modem, printer va ilmiy jihozlar kabi tashqi qurilmalarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni ta’minlaydi. Interfeys ketma-ket port uchun maxsus sinf 
ob’ektini yaratish yo‘li bilan ishlaydi. Ushbu sinfda mavjud metodlar berilganlarni 
ketma-ket port uchun o‘qish va yozish, hodisalarni va ularni qayta ishlovchilarni 
foydalanish, shuningdek axborotni kompyuterning diskiga real vaqt tartibida yozish 
imkoniyatini beradi. Bu eksperiment o‘tkazishda, real vaqtli sistemalarni 
simulyatsiyasida va boshqa ilovalarda zarur bo‘ladi. MEX-fayllar. MatLab paketi C 
va Fortran tillarida yozilgan tashqi ilovalar bilan o‘zaro ta’sir interfeysni o‘ziga 
oladi. Bu o‘zaro ta’sir MEXfayllar orqali amalga oshiriladi. Paketning xuddi 
o‘rnatilgan funksiyalaridek, MatLabdan C yoki Fortran tillarida yozilgan 
dasturostilarini chaqirish imkoniyati mavjud. MEX-fayllar MatLabda o‘rnatilgan 
interpretator orqali yuklanishi va bajarilishi mumkin bo‘lgan dinamik holda 
ulanuvchi kutubxonadan iborat. DLL . Umumiy DLLga tegishli MatLab interfeysi, 
MatLab dan to‘g‘ridanto‘g‘ri odatdagi dinamik ulanuvchi kutubxonadagi 
funksiyalarni chaqirish imkoniyatini beradi. Bu funksiyalar C-interfeysga ega 
bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, MatLabda uning o‘rnatilgan funksiyalariga C-
interfeys orqali kirish mkoniyatiga ega bo‘lib, paket funksiyalarini S dasturlash tilida 
yozilgan ilovalarida foydalanish imkoniyatini beradi. MatLabda bu texnologiya C 
Engine deb ataladi. Alternativ paketlar. Sonli tahlil masalalarini yechish uchun katta 
miqdordagi dasturiy paketlar mavjud. Bunday paketlarning ko‘pchiligi erkin 
dasturiy ta’minotdan iborat. SOAP - taqsimlangan hisoblash muhitida tuzulishli 
ma’lumotlar almashinish bayonnomasi. COM - port (Communication port, ketma-


12 
ket port, Serial Port) – kompyuterning ikki yo‘nalgan me’yoriy porti, RS-232 
bayonnomaga mos berilganlarni uzatish uchun foydalaniladi.Port “ketma-ket” deb 
atalishining sababi, axborot undan bitta bitdan ketma-ket bitma bit uzatiladi. MEX-
fayllar – u yoki bu funksiyalarni bajarish uchun MatLab tomonidan chaqiriladigan 
S dasturlash tilida yozilgan fayllar.DLL (ingl. Dynamic Link Library — «dinamik 
kompanovka kutubxonasi», «dinamikulanadigan kutubxona») Microsoft Windows 
va IBM OS/2 operatsion sistemalarda turli-tuman dasturiy ilovalardan ko‘p marta 
foydalanishga imkoniyat beradigan dinamik kutubxona. GNU Octave dasturlar tili 
darajasida: MatLab bilan mos tushadiganlar (FreeMat, Maxima, Scilab) va vazifalari 
bilan yaqinlari (Julia, R, S va SPlus) mavjud. APLva uning avlodlari:masalanJ. 
Python(x,y) dasturlar paketini foydalanishda, shuningdek NumPy, SciPy va 
matplotlib kabi kutubxonalar bilan Python kirish imkoniyatini amalga oshiradi. 
Shuningdek, Enthought Canopy muhit. IDL (ingl. Interactive Data Language – 
berilganlarni tavsiflashning interafaol tili), qachonlardir MatLabning tijoratli 
raqobatchisi bo‘lgan, hozirda dasturiy mahsulotlar bozoridagi sonli tahlil uchun, 
uning ulushi birdaniga pasayishiga qaramay, ko‘pgina amaliy sohalarda jiddiy 
raqobatchisi bo‘lib qolmoqda. Sun Microsystems yaratgan Fortress dasturlash tili 
Fortranning avlodi bo‘lishiga qaramay, u bilan mos emas. Sonli tahlil uchun katta 
loyihalar ishlab chiqish zaruratida, statisik tiplashtirish va modullik tuzulishni 
qo‘llab-quvvatlaydigan umumiy mo‘ljallangan dasturlash tillarini foydalanish 
mumkin. Misol sifatida, Modula-3, Haskell, Ada va Javalarni keltirish mumkin. 
Bunda ilmiy-muhandislik muhitda ma’lum maxsuslashtirilgan kutubxonalarni 
foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, R dasturlash tili, Julia dasturlash tili, FreeMat, 
GNU Octave, GAUSS, Maple, Mathcad, Mathematica, Maxima, SMath Studio, 
Scilab, Simulink, Stateflow, SciPy, NumPy, MatPlotLib va hokazo.


13 

Download 406,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish