O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Download 273 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana02.07.2022
Hajmi273 Kb.
#732297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
II. Ishning maqsad va vazifalari. 
Ushbu BMIda boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki va yozma 
nutqini o’stirish, so’z boyligini oshirish, faollashtirish, so’zning ma’no 
nozikligini his etish kabi masalalar 4-sinf o’qish darslarida tilning lug’at 
tarkibini o’rgatish, lug’at ishlarini tashkil etish orqali o’quvchilar nutqini 
rivojlantirib borish asosida keng va atroflicha tahlil qilingan.
Bunda ishning asosiy maqsad va vazifalari deb quyidagilar belgilab 
olindi.
1. O’quvchilarga tilning lug’at tarkibini o’rgatishda lug’at
ustida ishlash yo’llari. 
2.
Kasb-hunarga oid so’zlar va ularni o’rgatish. 
3.
SHevaga xos so’zlar va ular ustida ishlash. 
4.
Eskirgan so’zlar va ular haqida ma’lumot berish. 
5.
O’qish darslarida yangi paydo bo’lgan so’zlarni o’rgatish 
yo’llari. 
III. Ishning amaliy ahamiyati. 
Umumiy o’rta ta’limda ona tili, o’qish va adabiyot kabi fanlarning etakchi 
maqsadi nutq o’stirishdan iboratdir. CHunki bolalarda so’z zahirasining ko’p 
bo’lishi, so’z ma’nolarini yaxshi tushunish ularing savodxonligini oshirishda, 


nutq madaniyatini yuksaltirishda, o’z fikrini aniq va ixcham, ta’sirchan qilib 
etkazishda muhim rol o’ynaydi. Ana shunday ma’suliyatli vazifani bajarishda 
ushbu BMIda tavsiya etilayotgan tilning lug’at tarkibini o’rganishning nazariy 
va amaliy asoslari, zamonaviy pedtexnologiyalarning yangicha usullari katta 
amaliy ahamiyatga ega. 
IV. Ishning tuzilishi. 
Ushbu BMI ishning umumiy tavsifi, kirish, ikki bob, ettita qism, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 


I. BOB. O’qish darslari va lug’at ustida ishlash. 
 
O’qish darsining turlari hamda maqsad va vazifalari
.
 
Birinchi sinfda savod o’rgatish davri tugaganidan keyin o’qish darslari 
boshlanadi va 2-4-sinflarda davom ettiriladi. 
O’qish darslari o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirish, ahloqiy tarbiyani 
amalga oshirish hamda o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi 
xususiyatlari bilan boshka o’quv predmetlari orasida aloxida o’rin tutadi. 
O’qish 
darslari 
jarayonida 
o’quvchilarning 
o’qish 
malakalari 
takomillashib, to’g’ri, ongli va ifodali o’qish, badiiy asar g’oyasini tushunish 
qobiliyatlari usib boradi. 
«O’qish kitobi»dagi turli janrlarga xos bo’lgan badiiy asarlarni o’qish va 
ular ustida ishlash orqali o’quvchilarning borliq, voqelik xaqidagi tasavvur-
tushunchalari kengayadi. 
Birinchi sinfda o’quvchilar ongli, to’g’ri va bir me’yorda bug’inlab o’qish 
malakasini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlariping talaffuzidagi qiyinchiliklar 
asta-sekin bartaraf etiladi. O’quvchilar o’qigan matnlariniig mazmunipi 
o’qituvchining yordamchi savollari aso-sida hamda kichik hajmdagi matn 
mazmunini unga ishlangan rasmdan foydalanib so’zlab berishga o’rganib 
boradilar. 
Ikkinchi sinf o’quvchilarida so’zni butunicha o’qish malakalari 
shakllanadi va ongli, to’g’ri, ifodali o’qishga intilish yaqqol seziladi. O’qish 
tezligi ortadi. Ayrim matnlarpi ovoz chiqarmay mustaqil o’qiy boshlaydilar. 
O’qituvchi rahbarligida o’qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi 
ayrim voqea-xodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. O’qish va matnni 
savollar asosida hikoyalash paytida o’quvchilar nutqining to’g’ri va aniq 
bo’lishiga, nutqda so’zlardan o’rinli foydalanishlariga e’tibor beriladi. 
Uchinchi sinfda o’quvchilar so’zlarni butunicha o’qish malakalarini to’la 
egallab, ongli va ifodali o’qishga ko’proq e’tibor beradilar.


O’qilgan matn mazmunini muloxaza qilish, vokealar yo’nalishini aniqlash 
qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu sinfda ham o’qilgan asarning badiiy-tasviriy 
xususiyatlari ustida ishlash davom ettiriladi. 
Uchinchi sinf o’quvchilariga o’zaro fikr olishuv jarayonida xalq maqollari 
va obrazli iboralardan o’rinli foydalaiish, adabiy talaffuz me’yorlariga rioya 
qilish o’rgatiladi. 
To’rtinchi sinfda o’quvchilar matndagi so’zlarni butunicha, ma’nosiga 
tushunib to’g’ri o’qish malakalarini to’la egallaydilar. O’qiganlari mazmunini 
qayta hikoyalash, matnni kismlarga bo’lish va sodda reja tuzish vazifalarini 
mustaqil bajara oladilar. 
O’qish va gapirish jarayonida o’quvchilarning adabiy talaffuz 
me’yorlarigaa rioya qilishlari talab qilinadi. 
Boshlag’rich sinf o’qituvchilari yuqorida belgilangan talablar asosida o’z 
ishlari natijasini nazorat qilib borishlari keraq 
O’qish darslarida darsning asosiy qismini o’quvchilarning o’qishiga 
ajratish lozim. O’quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir necha marta 
o’qitiladi va o’qish mas’uliyatlari orttiriladi. Bunday topshiriqdar dastlab sodda 
va oson bo’lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi. 
Masalan, 2-sinf o’quvchilariga matndan bir-ikkita gapni mustaqil o’qish 
va belgilangan savolga javob qaytarish topshirig’i berilishi mumkin. 3-4- sinflar-
da esa matnni o’qib, gapirishga tayyorlanish, undagi asosiy mazmunpi aniqlash 
singari topshiriqlar beriladi. Bunday topshiriqlar o’quvchilarni mustaqil o’qish 
va o’qiganlari yuzasidan muloxaza yuritishga undaydi. 
O’qish darslari davomida o’quvchilar lug’atini boyitish va nutq ustirish 
masalasiga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun darslikdagi va boshqa rasmlar 
asosida suhbat, kuzatganlari yuzasidan og’zaki hikoya tuzish, she’r, topishmoq 
va maqollarni yoddan ayttirish singari turli ish usullaridan foydalaiish mumkin. 
Umuman, o’qituvchi aar bir darsning muhim vazifalarini oldindan 
belgilab olsa, uni maqsadga muvofiq. tashkil ztadi. Dars va uning turlarini 
belgilashda metodist olimlar darsning turli xil belgilariga, darsda qo’llaniladigan 


ta’lim metodlariga, darsda o’quvchilar faoliyatini uyushtirish va darsning didak-
tik maksadlariga asoslanadilar. SHuningdek, har qaysi muallif o’z mutaxassisligi 
va umumiy holatdan kelib chiqib, dars turlarini belgilashga haarakat qiladi. 
M.Maxmutov darsning asosiy didaktik maqsadiga ko’ra uni uch guruhga 
ajratgan: 1) yangi materialni o’rganish darslari; 2) bilim, malaka va 
ko’nikmalarni takomillashtirish darslari; 3) nazorat darslar. 
YAngi materialni o’rganish darsi — darsning asosiy turi bo’lib, yangi 
tushunchalar, mustaqil izlanish malakalarini o’zlashtirish kabi qator didaktik 
masalalarni hal qiladi, ya’ni birinchi tur dars o’quv jarayonining barcha 
bosqichlarini o’z ichiga oladi. 
Ikkinchi tur darsning asosiy mazmuni o’quvchilar bilimini, ko’nikma va 
malakalarini 
takomillashtirishdan 
iborat. 
Bu 
sistemalashtirish 
va 
umumlashtirilgan fikrlarni takrorlash va mustahkamlash, uni amalda qo’llash 
kabi metodik masalalarni hal qiladi. 
Darsning uchinchi turini o’quvchilar faoliyati natijalarini: tushunchalar 
sistemasiii o’zlashtirganlik darajasini, esga tushirish va ijodiy o’qish — bilim, 
ko’nikma hamda malakalarining shakllanganlik darajasini baxolashga xizmat 
kiladi
1

K.Qosimovaning boshlang’ich ta’lim metodikasi fakulьteti talabalari 
uchun muljallangan darsligida xar xil janrdagi, ya’ni hikoya, ertak, masal, she’r 
va ilmiy-ommabop maqolalarni o’qishning o’ziga xos xususiyatlari bayon 
qilingan
2
. O’kishdan umumlashtiruvchi dars tafsiloti berilgan. 
T.Ashrapova va M.Odilovalarning maktab, pedagogika bilim yurti 
o’quvchilari uchun tuzgan darsligida
3
ham har xil janrdagi asarlarni o’qish 
haqida fikr yuritilgan. Lekin mazkur qo’llanmalarda o’qish darsi turlari haqida 
to’laqonli fikrlar etishmaydi. O’qish darslarining o’ziga xos xususiyatlari, 
maqsad va vazifalari uning turini belgilashda quyidagilarni hisobga olishni 
taqozo etadi: 
__________________________ 
1
.Maxmutov M. Maktabda problemali ta’limni tashkil etish. Toshkent, 1981. 
2
.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1985. 
3
.Ashrapova T., Odilova M. Ona tili metodikasi. Toshkent, 1984. 


1. Boshlang’ich sinf «O’qish kitobi» darsliklari bir necha bo’limlarni o’z 
ichiga oladi. Har bir bo’limni o’qish-o’rganish uchun dasturda bir necha soat 
dars ajratiladi. Har bir bo’limning birinchi darsi bilan shu bo’lim uchun 
ajratilgan oxirgi dars bir-biridan mutlaqo farq qiladi. SHu sababli savol va 
topshiriqlar asosida tashkil etiladigan yakuniy — umumlashtiruvchi darslarni 
farqlash o’rinlidir. 
2.«O’qish kitobi» darsliklarida har xil janrdagi asarlar: she’r, xikoya, 
ertak, masal va ilmiy-ommabop maqolalar o’rganiladi. O’rganiladigan 
materialning janr xususiyatiga qarab ham dars turlarini belgilash zarur. CHunki 
ertak o’qib-o’rganiladigan dars bilan hikoya o’qiladigan darsni yoki she’riy 
asarni o’qish bilan ilmiy-ommabop maqolani o’qib-o’rganishni bir xil deb 
qarashn yaramaydi. 
3. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining har birida o’quvchilar, albatta, 
qandaydir yangi bilimga ega bo’ladilar. YA’ni ilgari bilmagan biror voqea-
hodisa haqida tushuncha hosil qiladilar. SHuningdek, o’quvchilarnipg oldingi 
darslarda o’rgangan bilimlarini mustahkamlash, sinab ko’rish ishlari xam 
bajariladi. SHunga ko’ra, o’qish darslarini yangi bilim berish darsi, o’quvchilar 
bilimini mustahkamlash darsi yoki sinash darsi, deb ajratish yaramaydi. 
Boshlangich sinf o’qish darslarining mazmuni, maqsadi va tuzilishiga 
ko’ra aralash tipli dars deyish maqsadga muvofikdir. Demak, dars turlari 
haqidagi mavjud fikrlarni boshlangich sinf o’qish darslariga o’zgarishlarsiz 
tatbiq etib bo’lmaydi. YUqoridagi fikrlarga asoslanib o’qish darsni quyidagi 
turlarga ajratish mumkin: 1) kirish darslari; 2) hikoya o’qish darslari; 3) she’r 
o’qish darslari; 4) ertak o’qish darslari; 5) masal o’qish darslari; 6) ilmiy-
ommabop maqola o’qiish darslari; 7) umumlashtiruvchi darslar. 
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va 
vazifalariga ko'ra ta'iim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida 
savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shu-ning uchun ham 
boshqa prcdmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasawur qilib bo'lmaydi. 


O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlash-tirish 
bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning 
Davlat ta'iim standarti (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan 
o'quv-biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. 
Aynan o'qish ta'limida insonning, awalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga 
bo'lgan inti-lishlariga turtki beriladi. 
Shu maqsadda „O'qish kitobi" darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab 
turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va 
tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga 
mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 
O'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gaplar 
bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida 
uyushtirilsa, o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular 
bo'yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matn-lar yuzasidan olib boriladi. 
Boshlang'ich sinf „O'qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular 
o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini 
milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllanti-rishga qaratilishi bilan 
belgilanadi. 
Shunga 
ko'ra, 
o'qish 
darslarining 
yetakchi 
xususiyati 
o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga, o'quvchilarni milliy 
mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar mhida tarbiyalashga qaratiladi. 
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlar-ning mavzu 
doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi,
mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy is-tiqlol va ma'naviyat kabi 
umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. 
O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va 
tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat 
haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni 
anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir. 


Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o'qish 
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'Jib, 2-sinf „O'qish kitobi"dagi 
„Ona yurtim-oltin beshigim" bo' 1 imiga kiritilgan „ O'zbekistonim " (H. 
Imonberdiyev), „Istiqlol" (J. Jabborov), „ 0'Ilea " (E.Vohidov), „Yar tog'larga" 
(U.Nosir), 3-sinfda „Ona bitta, Vatan yagona" bo'limidagi „Vatan haqida she'r" 
(A.Avloniy), „O'zbegim" (E.Vohidov), „Vatan mo'tabardir" (X. Davron), „Bihb 
qo'yki, seni Vatan kutadi" (T.Malik), 4-sinfda „O'zbekiston - Vatanim manim" 
bo'limidagi „Serquyosh o'lka" (Z.Diyor), „Iqboli buyuksan" (A.Ori-pov), 
„Toshkentnoma" (M.Shayxzoda), „Xarita" (N.Norqobil) kabi asarlar misolida 
atroflicha tahlilga tortiladi. 
Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, bosh-lang'ich 
sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malaka-larini shakllantirish, 
asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli 
mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-ahloqiy, adabiy-esteiik tarbiya 
bilan chambarchas bog'lab olib boriladi. 
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-
barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilarning bilim dara-jasi va yosh 
xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi. 
O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va 
malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishish-lariga erishish 
o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. 
Boshlang'ich ta'Iim bo'yicha DTS va „Ona tili" o'quv dasturida o'qish 
ta'Iimi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil 
qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or 
pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydala-nishga ko'p jihatdan bog'liqdir. 
Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar 
quyidagilardan iborat: 
1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali 
o'qishlarini shakllantirish. 


O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli biJimlarni oJishga 
o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur 
mulohaza yiirituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish. 
O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish 
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 
O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat 
ruhida tarbiyalash. 
O'quvchilarning 
bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini 
o'stirish. 
O'quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. 
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'Jimiy vazifani bajarishning aniq va 
ilmiy metodik usulJari mavjud bo'Iib, ular zamonaviy o'qitish usuilari biian 
boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq hoJda va sinfdan 
tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi. 



Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish