Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, biz barcha jarayonlarni ham ISS,
ham NSSlarda o‘rganishimiz mumkin. Faqat ba’zi hodisalarni izohlashda inersial, ba’zilari
uchun esa (masalan, Koriolis kuchi, Fuko mayatnigi) noinersial sanoq sistemalar qulay.
Bularni uncha yaxshi ajrata olmaslik esa qator xatoliklarga olib keladi. Masalan, ba’zida,
“avtobus tezlanuvchan harakat qila boshlaganda inersiya kuchi yo‘lovchilarni orqaga,
tormozlanayotganda esa oldinga itardi” degan fikrlarni eshitish mumkin. Bunda ko‘pincha
harakat avtobus bilan bog`liq noinersial sanoq sistemaga nisbatan qarab chiqilayotgani
ta’kidlanmasdan xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Yana bir bor eslatib o‘tamiz, inersial kuchlar real
kuchlardan
prinsipial farq qiladi, ular ta’sirlashuv natijasida paydo bo‘lmaydi. Shuning uchun
ularni soxta kuchlar yoki psevdo kuchlar ham deb atashadi. Xuddi shunday juda ko‘p amaliy
masalalarda markazdan qochma inersiya kuchi qo‘llaniladi. Hisob-kitoblarda bu kuchlarning
kelib chiqish sabablari inobatga olinmasdan ularni real kuchlar safiga kiritishadi.
O‘quvchilar, hattoki ba’zi o‘qituvchilar ham aylanma harakat qilayotgan jismlar harakatini
tavsiflashda markazdan qochma inersiya kuchidan keng, shu bilan birga noo‘rin
foydalanishadi. Bu holat afsuski, darsliklarda ham kuzatiladi: 7-sinf darsligida [1] 23-
mavzuda aylanma harakat qilayotgan sharchada Nyutonning uchunchi
qonuni bajarilishi
uchun unga markazdan qochma kuch ta’siri sun’iy ravishda kiritilgan va bunda quyidagi
xatolarga yo‘l qo‘yilgan:
1.
Markazdan qochma inersial kuch NSSda paydo bo‘lishi aytilmagan. Ya’ni muallif
harakatni inersial yoki noinersial sanoq sistemada qarab chiqqanini ko‘rsatmagan.
2.
Ta’sir va aks ta’sir kuchlari bitta jismga ta’sir qiladi deb olingan. Vaholanki, 3-
qonunga ko‘ra o‘zaro ta’sir kuchlari ikkita har xil jismga qo‘yiladi va bu masalada qonun
mazkazdan qochma kuch ishtirokisiz ham juda yaxshi bajarilmoqda: sharcha va ip o‘zaro
modul jihatdan teng, yo‘nalishlari qarama-qarshi va bir to‘gri chiziqda yotgan kuchlar bilan
ta’sirlashishmoqda. (Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: markazga intilma kuchga modul
jihatdan
teng va real kuch bo‘lgan markazdan qochma kuch sharchaga emas, balki aylanish o‘qiga
ta’sir qiladi!)
Xuddi shunday xatoliklar darslik [1] da yuqoridagi chelakdagi suv harakati masalasini
izohlashda, 10-sinf [3] darsligida kosmik kemaga ta’sir qilayotgan kuchlarni tavsiflashda (36-
bet), shuningdek aylana bo‘ylab harakat qiluvchi jismga ta’sir qiluvchi kuchlarni (66-bet)
tavsiflashda kuzatiladi. Darliklarda mashinani ag‘daruvchi,
motosiklchini devorga siqib
turuvchi va chelakdagi suv og‘irligini muvoznatlovchi real kuch mavjudligi haqida xato
xulosa qilingan. Akademik litseylar uchun T. Oplachko hammuallifligida chiqarilgan kitobda
[3] keltirilgan 2.21- chizmada ham shunday kamchilikka yo‘l qo‘yilgan.
Bulardan tashqari darsliklarda 2-misoldagi kabi misollar qarab chiqilganda ikkita turli
xil tezlanishlar mavjuligi haqida yanglish fikrlar mavjud. [4]-adabiyotda quyidagi tasdiq
keltirilgan: “Jism Yer atrofida R radiusli aylana bo‘ylab tekis harakatlanganda unga ikkita:
og‘irlik kuchi tezlanishi
g
va aylanma harakat
normal tezlanishi
ta’sir qiladi”. Kuchlar
mustaqillik prinsipiga ko‘ra bitta kuch faqat bitta tezlanish bera oladi. Modomiki, jismga
faqat og‘irlik kuchi ta’sir qilar ekan, u faqat shu kuch ta’sirida tezlanish oladi:
.
Bu yerda
aylana bo‘ylab tekis harakat xarakteridan kelib chiqqan holda
formula bilan