www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
Bismillahir Rohmanir Rohiym
1-dars
BU DUNYONI KIM YARATGAN?..
Assalomu alaykum, hurmatli bolalar! Biz sizlar bilan bu kitob
с
hada har bir musulmon bola va
musulmon qiz
с
ha bilishi kerak bo’lgan Islom darslarini o’rganamiz. Qadimda bo’lgan
voqealar haqida suhbatlar qilamiz. Ulardan ibrat olamiz. Darslarimiz davomida e’tiqod va
odobimiz
с
hiroyli bo’lib boradi.Bolalar, kelinglar, biz avvalo bu dunyoni kim yaratgan, degan
savolga javob topaylik. Shunda odamlar qanday paydo bo’lganini ham bilib olamiz.
Buning u
с
hun sizlar atrof-tabiatga bir qaranglar-
с
hi. Nimalarni ko’rayapsizlar? Daraxtlar,
o’simliklar, yer, osmon, quyosh va hokazo. To’g’rimi? Qani, endi aytinglar-
с
hi, mana shu
narsalarni kim yaratgan?...
– ALLOH TAOLO!
– To’ppa-to’g’ri! Bularning hammasini Alloh Taolo yaratgan. Siz bilan bizni ham U paydo
qilgan. Ammo Alloh bu dunyoni, odamlarni qanday qilib yaratgan, bilasizlarmi? Mana,
eshitinglar bo’lmasa.
Ilgari osmon ham, yer ham, odamlar ham bo’lmagan edi. Daraxtlar, o’simliklar, hayvonlar
ham yo’q edi. Yolg’iz Allohning O’zi bor edi, xolos. Alloh bu dunyoni yaratishni xohladi.
Shunda U eng avval Arshni, keyin Qalamni yaratdi. Nurdan farishtalarni paydo qildi. Keyin
suvni, so’ng yer bilan osmonni yaratdi. Undan keyin yerda dengiz-okeanlarni, tog’lar va
daryolarni, hamda o’simliklar va hayvonlarni paydo qildi. Olovdan Iblisni yaratdi. (Iblis-
Shayton). Alloh hamma narsani yaratib bo’lgandan so’ng ODAM otamizni yaratdi. U Odam
otamizni loydan yaratib jon kirgizdi. Keyin Havvo onamizni paydo qildi.Alloh Odam Ato va
Momo Havvoni jannatga kiritib qo’ydi. Jannat juda ham katta va
с
hiroyli joy edi. Odam Ato
bilan Momo Havvo jannatda sayr-tomosha qilib, rohat-farog’atda yashay boshladilar. Alloh
ularga: «Bu erda xohlagan eringizdagi ne’matlardan bemalol eyaveringlar», - dedi. Keyin
jannatdagi bitta daraxtni ko’rsatib: «Mana bu daraxtga yaqinlashmanglar!» – dedi. U
daraxtning mevasini yeyishdan qaytardi. Ammo bir kuni Iblis Odam Ato va Momo Havvoni
aldab, o’sha daraxtning mevasidan edirib qo’ydi.
С
hunki Shayton ularga dushman edi. Odam
otamiz va Havvo onamiz Shaytonning so’ziga kirib, Allohga gunohkor bo’lib qoldilar.
Shundan keyin Alloh ularni jannatdan
с
hiqarib yubordi. Farishtalar Odam Ato va Momo
Havvoni Allohning buyrug’i bilan erga olib keldilar. Odam va Havvo o’zlarining qilgan
gunohlariga yig’lab tavba qilishdi. Alloh ularga mehribon edi. Ularning gunohlarini ke
с
hirdi.
Tavbalarini qabul qildi.Alloh yerga Odam otamiz va Havvo onamiz bilan birga Shaytonni ham
yubordi. Ammo endi Odam Ato va Momo Havvo Shaytonning so’ziga kirmasdan Allohning
aytganini qilib hayot ke
с
hira boshlashdi. Allohga
с
hiroyli ibodatlar qilib yurishdi. Alloh u
ikkovlariga ko’pgina o’g’il-qizlar berdi. Odam Atoning ismlari Odam bo’lgani u
с
hun u
kishining bolalarini, «Odam bolalari», deb ataldi. Keyin esa bolalarni otalarining nomi bilan
«odamlar», deb aytila boshlandi. Shunday qilib bizning ham nomimiz «odam» bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |