77
Oxirgi paytlarda firmaning vujudga kelishi,
nafaqat ichki, balki, tashqi
savdoda ham uning tan olinishi – taqdimot namoyish marosimi orqali voqe
bo‘lmoqda. Uning ijobiy tarzda o‘tkazilishi sheriklar bilan bo‘lgan keyingi
muzokaralarda muvaffaqiyat keltiradi. Ochilish marosimi haqidagi xabar
matbuotda
yoritiladi; ochilish marosimining e’loni; yo‘riqnomada: tashkilotning
mahsuloti va rusumlari bilan tanishuv, mutaxassislarning chiqishi, maxsus texnika
vositasida filmlarni namoyish qilish; banket; sizning savdo-sotiq bo‘yicha
ishonchli sheriklaringiz; boshlanish vaqti – 17.00 da; manzil: kirish – taklifnoma
asosida; ma’lumot uchun telefon raqamlari.
Mana yana, namoyish marosimi haqidagi e’lon:
MUHTARAM JANOBLAR!
firmasi
sizni
odatdagi
firmaning
yillik
namoyishiga taklif qiladi. Bu
yili Sizning diqqatingizga
Firma taqdimoti
televideniye orqali namoyish qilinadi –
Barcha do‘stlarimiz savdo bo‘yicha sheriklarimizga sovg‘a sifatida shou-dasturda
ularning
reklamalarini
joylashtiramiz!
Taqdimot
bo‘ladi.
Taklifnomalarni
quyidagi
telefon
raqmlari
orqali
yuborsa
bo‘ladi
............................................. Firma sizni quyidagi soha bo‘yicha hamkorlik qilishga
taklif qiladi....................................................
Taqdimot yaxshi chiqishi uchun mutaxassislarni jalb qilmoq darkor.
Avvalambor taqdimot o’tkaziladigan joyi va vaqti belgilanadi. Undan so‘ng
ssenariy ishlab chiqiladi. Taqdimotning vaqti, odatda, 1,5-2 soatdan oshmaydi. Uni
tushlikdan so‘ng, soat 15 larda o‘tkazgan yaxshi (17.00-19.00). Taqdimotni
tashkilotning tashqi savdo xizmatining boshqaruvchilaridan biri ochadi. Aynan u
tashkilotning barcha rahbarlarini tanishtirib chiqadi. So‘ngra film (10-15 daqiqa)
ko‘rsatiladi va
tashkilotning faoliyati haqida, uning eksport qilish imkoniyatlari
to‘g‘risida ma’lumot beriladi (30 daqiqadan oshmasligi lozim). Qolgan vaqt esa
savollarga javob berish uchun ajratiladi. Taqdimot o‘tayotgan joy turli xil reklama
to‘ldirilgan plakatlar, stendlar bilan bezatiladi. Taqdimot qatnashchilariga firmadan
esdalik sifatida suvenirlar taqdim etiladi. Reklama sovg‘alari sifatida odatda
unchalik qimmat bo‘lmagan narsalar: yon daftarchalar,
taqvimlar, avtoruchkalar,
kuldonlar, zajigalkalar, ko‘krak nishonlari, futbolka, bosh kiyim va h.k.
hadya
qilinadi. Bu narsalarga firmaning nomi, ba’zida esa uning manzili va faoliyatining
xususiyati yoziladi.
Taqdimotda tovarlarning namoyishi reklamaning eng ishonchlisi
hisoblanadi. Ayniqsa, bu mashina, jihozlarning namoyishi xaridorni mahsulotning
sifatli ekanligiga ishonch hosil qila oladi. Hamkorlik faoliyatiga potensial
mijozlarni jalb qilmoq juda zarur. Bu masalan, moslamalarni sinab ko‘rishda,
kiyimlarni kiyib ko‘rishda, materiallarning mustahkam ekanligini ekspertiza orqali
sinab ko‘rishda qatnashish bo‘lishi mumkin. Mijoz
tovar bilan shaxsan tanishib,
qo‘l bilan ushlab ko‘rish imkoniga ega bo‘lsa, unda anglanmagan tarzda firmaga
nisbatan ishonch orta boradi. Po‘stinning yumshoqligini, matoni chidamli
ekanligini yoki kompyuterdagi tekst redaktori bilan ishlashning qulayligini his