3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
Tarjima
lingvistika, madaniyatshunoslik,
qiyosiy
etimologiya, informatika, qiyosiy sotsiologiya va boshqa
shu kabi turli xil fanlar
bilan uzviy bog‘liq fandir. Ayniqsa uning tilshunoslik bilan aloqasi beqiyosdir.
Haqiqatda ham tarjimaning tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liqligi ba’zilarni
tarjima borasidagi noto‘g‘ri bahs-munozaralarga, masalan, uni tilshunoslikning bir
qismi deb talqin etishga olib kelgan. Bunday fikr tarafdorlari tarjimani amaliy yoki
qiyosiy tilshunoslikning bir qismi deb hisoblashadi. Strukturalistlar ta’siri ostidagi
bu qarash tarafdorlari tilshunoslar tomonidan keltiriladigan kontekstdan tashqari
misollarga mos kelmaydigan muloqotning rolini rad etishga urinadilar.
Har bir tarjima tarjima jarayonida ma’no kasb etuvchi gaplar va tagma’noga
ega so‘zlar sifatida ikki bosqichdan o‘tadi. Shunday bo‘lsada toki nutq faoliyatining
madaniyatlararo shakli mavjud emas ekan tarjimon
uchun tarjimaning pragmatik
muammolari ham mavjud bo‘ladi.
Shunga ko‘ra tarjimon ma’lumotni tarjimada hech qanday xatoliksiz to‘g‘ri
yetkazib berish uchun umummadaniy progmatik bilimlaridan foydalanishiga to‘g‘ri
keladi. Nutq hodisasi va emotsional ta’sirni yaqindan o‘rganish tabiiyki, tarjimaning
bir nechta nazariyalarini keltirib chiqaradi, ayniqsa ekvivalent ta’sir
yoki harakat
prinsipiga va boshqa tilda qanday bo‘lsa shunday aytish kerakligini ta’kidlovchi
«yolg‘on talqin»ga asoslangan dinamik ekvivalentlik. Har ikkala nazariya ham nutq
faoliyati va hodisasi madaniyatlararo farq qilishini tan olgan holda tarjimonlarni
madaniyatlararo progmatik muvoffaqiyatga erishishga undaydi.
Ammo tarjimada pragmatik ekvivalentlikka erishishda asliyatdagi matn tilining
semantik
xususiyatlari, so‘zlarning ma’nolari, ularning qo‘llanilishi va boshqa
so‘zlar bilan bog‘lanishibir qancha to‘sqinliklarni keltirib chiqaradi.
Tarjimaning asliyatga shaklan va mazmunan monand
tarzda yaratilishining
birdan-bir sharti tarjimonning o‘z tilida asliy monand lisoniy vositalar tanlab ishlata
olishidir. Bu ma’suliyat uning zimmasiga avvalo asliyat ma’no vazifasini bekamu-
___________________________
Авербух К. Я., М. О. Карпова. Лексические и фразеологические аспекты перевода - М., Академия, 2009. - 174 с.
4
ko‘st ado etish, so‘ngra xotirasida shakllangan fikrni o‘z
tili madaniyati va
me’yori asosida to‘la-to‘kis ifoda etish vazifasini yuklaydi.
Tarjima, o‘zining ichki tabiati vaxususiyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab
sohalarning bir qismini ifoda etadi. Shunday sohalardan biri pragmatikadir. Tarjima
va pragmatika o‘rtasidagi aloqa anglashilmas darajada namoyon bo‘lishi mumkin,
ammo bu ikki sohani yaqindan o‘rganish ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon
qiladi.
Ushbu malakaviy ishning asosiy maqsadi ikki soha ya’ni, tarjima vapragma-
tika sohalarini bir-biridan farqlagan holda ularning o‘zaro aloqalarini o‘rganish va
tarjima pragmatikasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida tarjima va pragmatika o‘rtasidagi mavjud
bo‘lgan muhim munosabatlar o‘rganiladi va ma’lum
vaziyatlarda tarjimonning
pragmatik bilimidan foydalanib asliyatni to‘g‘ri anglashi va uni tarjima qilishi
muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: