Oila pedagogikasi


 ‘yinning mazmun va mohiyatiga ko‘ra



Download 7,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/202
Sana01.07.2022
Hajmi7,75 Mb.
#727803
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   202
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

0 ‘yinning mazmun va mohiyatiga ko‘ra: 
tayyorgarlik 
davri, o‘yinga kirishish, o‘yindagi harakatlami muhokama 
qilish, asosiylarini belgilab olish. Bu jarayon o‘yin maz- 
munini to‘laroq ifoda eta olishga, o‘zaro iliq munosabatlarini 
o‘matishda, kelishib olishga yordam beradi. 0 ‘yinni rivoj- 
lantirish uchun o‘yinga qo‘yiladigan talablar mazmunini 
o‘zgartirish kerak. 0 ‘yin vaziyatini tanlash, o‘yinga rahbarlik 
qilayotgan ota-onaning mahoratiga, qiziqishiga bog‘liqdir.
Ota-ona 
oilada 
bolalaming 
ijodiy 
qobiliyatlarini 
mahoratlarini o‘stirish maqsadida badiiy asarlami, ertak va 
hikoyalami sahnalashtirish usullaridan keng foydalanishlari 
mumkin.
Sahnalashtirish o‘yinlarida bola o‘yin jarayoniga kirib 
boradi, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga 
bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, 
jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlami o‘zlarida yaqqol 
namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalaming nutq faolligi, 
lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
182


Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta 
yoshdagilardan bolalaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari, 
istaklarini hisobga olishni talab etadi.
Adabiy asartarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Asar mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Asaming badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollaming soni qancha ko‘p 
bo‘lsa, shuncha asar ahamiyatlidir.
4. Asarda mazmun yaxshi bo‘lishi bilan birga, harakat- 
laming turi ham ko‘p bo‘lishi lozim.
5. Asami ifodaU o'qishga mos bo‘lishi.
6. Asar mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘l- 
mog‘i lozim.
Bolalar xalq ertaklarining sahnalashtirishni yaxshi ko'ra- 
dilar. Masalan: «Sholg‘om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘ir- 
soq» va boshqalar.
Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo‘g‘ir- 
choq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asami eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib be- 
rish, sahna ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik 
o‘yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o'yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt 
davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga 
to‘g‘ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar-o‘yin rejissyori rolini 
amalga oshira borib, bolalar xatti-harakatlarini, qobiliyatlari, 
intilishlari hisobga olib boradi. 0 ‘yinda faol ishtirok etgan 
bolalami alohida rag‘batlantiriladi, kelgusida qaysi asarlami 
sahnalashtirish kerakligini aniqlaydi.
Bolalami ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda
- qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlaming roli 
kattadir.
183


Qurish — yasash o‘yinlari bolada buyum obrazini fazoviy 
ifodada tasvirlashni talab qiladi. 0 ‘yin jarayonida biror bir 
material yoki buyumning hajmi, katta-kichikligi, bir-biriga 
mosligi, fazoviy moijallay olish ko'nikmasi shakllanadi, ri- 
vojlanadi.
Qurish - yasash o‘yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni, 
buyumlami fazoviy joylashtira olish, maqsadga erisha olish 
kabi faoliyatlarga o'rgatadi. Masalan: uycha, ko‘prik, saroy, 
uy hayvonlari uchun maxsus maydonchalami qurish nazarda 
tutiladi.
Qum bilan o‘ynash. Qum bolalaming o'ynashlari uchun 
eng qulay o‘yin vositasi bo'Iib hisoblanadi. Qumlar maxsus 
yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigienik 
talablar qo‘yiladi: a) qum turli xil tosh, shishalardan 
tozalangan bo‘lishi; b) qum faqat namroq holda saqlanishi 
kerak; d) bolalaming salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalami qum bilan o‘ynashlari uchun 
bayroqchalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan kichik yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. 
Suvda qo‘g‘irchoqni cho'miltirish, o‘yinchoqlar bilan suvda 
o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho‘milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kay- 
fiyatni uyg‘otadi. Buning uchun bolalarga yog‘och belku- 
rakcha, qomi tashish uchun yashikcha ortilgan chana bo‘lishi 
shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, 
qorbobo, qorqiz, hayvonlaming qiyofasini yasaydilar.
Milliy o‘yinlar
Milliy o‘yinlar ikki guruhga bo‘linadi: I. Milliy harakatli 
o‘yinlar. 2. Milliy xalq o‘yinlariga bo'linadi.
184


Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari bilan hamda 
xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar 
davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, 
e’zozlanib kelingan. U bolalami jismonan baquwat, sog‘lom, 
jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib o‘sishlarida 
muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida 
millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishi- 
ning xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlan- 
gandir.
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalami ma’naviy, aqliy, 
jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bola­
larda o‘z Vatanini sevish, uning boyliklarini qadriga yetish, 
buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va 
qo'shiqlardan zavqlanish tuyg‘ularini, shuningdek, o‘sib 
kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkor- 
lik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o‘yinlarini oilada tashkil etishda quyidagi 
vazifalar amalga oshirilishi lozim.
1. Xalq milliy o‘yinlarining turlari va ulami tashkil etish 
yo‘llari, usullari hamda uslublari bilan ota-onalami tanish- 
tirish.
2. Milliy o'yinlami tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar 
va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib bo­
rish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalami milliy istiqlol ruhida 
tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish.
4. Xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan 
unumli foydalanish.
5. Bolalami o‘ynashlari uchun oilada shart-sharoit (o‘yin 
uchun jihozlar, atributlar) yaratish.
185


6. 
Mahallalar o‘rtasida o‘tkaziladigan milliy o‘yinlar 
bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalarda qatnashish.
Milliy harakatli o‘yin bolalaming yosh xususiyatlariga, 
o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.

Download 7,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish