Oila pedagogikasi


puldan tez buzilmaydigan masalliqlami, chunonchi, maka-



Download 7,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/202
Sana01.07.2022
Hajmi7,75 Mb.
#727803
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   202
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

puldan tez buzilmaydigan masalliqlami, chunonchi, maka-
ron, guruch, choy, shakar, sovun, gugurt, tish pastasi, kir
yuvish poroshoklari va shu kabilami ulguiji xarid qilib qo‘yish
maqsadga muvofiqdir. Qolgan pulni esa kundalik non, go‘sht,
sariyog‘ va boshqa tez buziluvchi masalliqlarga sarflab boriladi.
Pulni bir tekis sarflamoq uchun kundalik barcha sarflar uchun
qancha pul kerak bo'lishini hisoblab, yig‘indi summa yettiga
ko'paytirilsa, bir haftalik daromad kelib chiqadi. Bundan har
haflada qancha sarf bo'lishini bilsa bo‘ladi.
Oziq-ovqat xarid qilish uchun sarflanadigan pulga alo-
hida e’tibor bermoq zarur. Ayniqsa, non rizq-ro‘zimiz, har
bir oila undan o‘zini qismasligi darkor. Ovqatlanishdan
tejashning sira hojati yo‘q, biroq oila budjeti ko'tarmaydigan
budjetlarga bemulohaza sarfni ko'paytirish yaramaydi.
Shunday qilib ovqatga sarflanadigan mablag‘ hisobga
olindi. Endi kiyim-kechakka sarflanadigan pullar to‘g‘risida
o ‘ylab olish kerak. Kuzatishlaming ko‘rsatishicha, ayollaming
yarmidan ko‘pi va erkaklaming 60 %i yangi urf bo‘lgan ki-
yimlami hamma vaqt ham oshiqib xarid qilavermas ekanlar,
xarid qilganlari esa urfdan chiqib ketsa ham bemalol kiya-
verar ekanlar.
Endilikda har birimizning kiyim javonlarimizda ichki va
tashqi kiyimlaming turli xili bor, bir necha juftdan poy-
abzalga egamiz. Hayron bo‘lmang. Aslida shunday o‘zi. Uy
yig‘ishtirganda bir e ’tibor bilan qarab ko‘ringa, bunga iqror
bo‘lasiz. Sir tutishga na hojat, uyimizda ortiqcha liboslar
uyulib yotibdi. Qani endi xususiy do‘konlar xizmatidan foy-
dalanilsa yoki maxsus ustaxonalarga berib, yangilari tiktirilsa,
104


hech bo‘lmaganda kattalar ust-boshidan bitta ikkita bolalar 
kiyimi chiqadi. Qisqasi, biron narsa xarid qilishdan, o‘z 
xohish va iste’molini qondirishdan oldin uydagi narsalami, 
kiyim-kechakni yaxshilab teksliirib ko‘rish darkor. Shunday 
ekan, yillik xarid qilishdan ilgari sandiq va chamadonlarda 
taxlanib yotgan libos va matolami bir ko'zdan kechirib 
qo‘ymoq ham kerak, balki ulaming o‘ziyoq didingizga mos 
tushib qolar. Tajribalardan ma’lumki, oila mablag‘ining ko‘p 
qismi mayda-chuydaga ketib qoladi. Xuddi mana shu 
mayda-chuyda juda qimmatga tushar ekan. Bular sovun, kir 
yuvish poroshoklari, tish pastasi, sigaret, muzqaymoq, 
limonad, xo'rozqand, saqich, shokolad degandek, doimo sarf 
talab qiladigan narsalar. Shunday ekan, ana shu mayda- 
chuydalarga bo‘lajak sarfni doimo nazorat ostida tutmoq 
kerak, biri xarid qilingach, ikkinchisidan tiyilibroq turmoq 
ziqnalik bo'lmaydi, balki, tejamkorlik bo'ladi. Tejamkorlikka 
yana misol keltiradigan bo'lsak, mana kir yuvish poroshogi- 
ning bir qoshig'i kir yuvishga kifoya qilishini bilmaganlar 
yarim pachkani tog‘oraga to‘kib qo‘ya qoladilar. Hayot ko‘r- 
satib turibdiki, barcha xarajatlami oldindan bilib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun oylik daromaddan 3-5 %ini, ehtiyot shart, 
ajratib qo'yish kerak.
Kinoga, teatrga, konsertlarga ketadigan sarflardan ham 
voz kechib bo‘lmaydi. Oilaga madaniy tadbirlar ham kerak. 
Shunday ekan, madaniy tadbirlarga ham oila yilda bir necha 
marta kinoteatrlarga bora olishini taxminan bo‘lsa ham 
hisoblab chiqib, albatta, oldindan mablag* ajratishga to‘g‘ri 
keladi.
0 ‘z-o‘zidan shunday savol tug'iladi: rejalangan barcha 
xarajatlar qanday qayd qilib boriladi va har bir xarajat o‘z 
o‘mida sarflanganligini qanday nazorat qilish mumkin?
105


Oila xo‘jaligini yuritganda sarflami nazorat qilib borish 
shart. Bunda sira erinchoqlik qilmasdan har oyning oxirida 
awal belgilab olingan sarflar joy-joyiga ketgan-ketma- 
ganligini, yoki izidan chiqish ro‘y bergan-bermaganligini 
tekshirib qo'yish kerak. Izidan chiqish, ortiqcha xarajat sodir 
bo‘lgan hollarda sababini aniqlash lozim. Nazorat qilishda 
daromad bo‘ldi-yu, qancha buromad bo‘ldi, buni yozib 
borish shart. Albatta, shunday ham vaqt yetishmaydi-yu, 
xonadon hisob-kitobi bilan shug‘ullanishga kimning vaqti 
bor? degan e’tirozlar bo'lishi turgan gap. Maqsad uy 
xo‘jaligini boshqarishni tashkil etish, oilaviy yetishmovchi- 
likka, chiqimning kirimdan ko‘payib ketishiga abadiy barham 
berish kerak ekan, «xonadon hisob-kitobi» bilan mashg‘ul 
bo‘lishi shart, albatta.
Modomiki, oila budjeti xarajatlar uchun asos ekan, uni 
amalga oshirish usuli — ro‘zg‘or hisob-kitobidir.
Kuzatishlaming ko'rsatishicha hisob-kitob olib boradigan 
oilalarda bu ishga har kuni 10 daqiqagina vaqt sarflanar ekan. 
Hisob-kitob qilib, pulni joy-joyiga sarflashdan keladigan 
foydaga nisbatan har kuni yo‘qolgan 10 daqiqa nima degan 
gap.
Kirim-chiqimlarga oid uy daftarida: daromadlar, kun- 
dalik chiqimlar, jamg‘armalar va to‘lovlar bo‘limlari bo‘Iishi 
lozim. Awalo, barcha pul daromadlari, shuningdek, kundalik 
xarajatlar qayd qilinishi kerak. Ana shundagina oilaviy hisob- 
kitobning mufassal 

Download 7,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish