51
- chorvachilik tarmog‘ining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- naslchilikni tubdan yaxshilash;
- tarmoqda servis, jumladan, zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish
sifati va assortimentini oshirish;
-
parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik sohalarini
rivojlantirish;
- chorva mollarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurash tizimini
yanada takomillashtirish;
- ozuqa ekinlarini joylashtirishning maqbul darajalariga erishish,
bunda lalmi yerlardan chorva ozuqasi yetishtirish uchun foydalanishni
kengaytirish.
6.
O‘rmon xo‘jaligini kompleks rivojlantirish
borasida tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi nuqtai
nazaridan:
- qo‘riqlanadigan hududlar davlat kadastrini joriy etish;
- o‘rmon xo‘jaligida mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini
yetishtirishni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
- hududlarning ekologik holati bo‘yicha geografik-axborot tizimini
ishlab chiqish.
7.
Qishloq xo‘jaligi
xomashyosini qayta ishlash tarmog‘ini
rivojlantirish, agrar sohaning eksport salohiyatini oshirish. Qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan
korxonalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash,
xomashyoni qayta ishlash
quvvatlarini ishga tushirish, mavjud
korxonalarni modernizatsiya qilish, ho‘l meva-sabzavot va tayyor
mahsulot eksport qiladigan subyektlar uchun imtiyozlar tizimini ishlab
chiqish.
8.
Qishloq
joylarda
servis
xizmatlari
ko‘rsatish
tizimini
takomillashtirish, agrar tarmoqda servis xizmatlari ko‘rsatish sohasini
rivojlantirish, bozorga tez moslashuvchi subyektlar faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash.
9.
Qishloq xo‘jaligida
moliya-kredit, soliq va sug‘urta tizimini
takomillashtirish:
- qishloq joylariga kichik sanoatni jalb qilishda soliq imtiyozlari va
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida proteksionizm siyosatini doimiy ravishda amalga oshirish;
- unumdorligi past bo‘lgan, shuningdek, nasoslar bilan sug‘oriladigan
maydonlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtiruvchi
52
fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini
takomillashtirib borish.
10.
Agrar fanini rivojlantirish va ilm-fan yutuqlarini ishlab
chiqarishga joriy etish. Bu sohada:
- tarmoqda resurs tejamkor innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni
yanada kengaytirish;
- qishloq xo‘jaligining amaliy muammolarini hal etish bo‘yicha
innovatsion loyihalarni
yanada kengaytirish, ularni moliyalashtirish
tizimini takomillashtirish, ajratilayotgan mablag‘lardan samarali
foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;
- tarmoqni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini izlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni yanada
kengaytirish;
- ilmiy tadqiqot institutlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida
o‘zaro manfaatdorlik asosidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: