294
sharoitlari yaratib berish hamda fuqarolarning madaniy, maishiy,
ma’rifiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan shug‘ullanuvchi
sohalardan tashkil topadi. Bozor infratuzilmasi esa jamiyatda bozor
munosabatlarini shakllantiruvchi va uning
rivojlanishi uchun shart-
sharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Butun jamiyat miqyosida,
shu jumladan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida bozor munosabatlarining
shakllanishi va rivojlanishi uchun bozor infratuzilmasi yaxshi faoliyat
yuritishi lozim.
Hududiy xususiyatiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi
infratuzilmasi uch
guruhga
bo‘linadi:
xalq
xo‘jaligi,
mintaqaviy
va
mahalliy
infratuzilmalar. Xalq xo‘jaligi infratuzilmasi butun xalq xo‘jaligining
samarali ishlashiga xizmat qiladigan soha va xizmatlardan iborat. Unga
energetika, transport, aloqa tizimlarini misol tariqasida keltirish
mumkin. Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy hududlarning
rivojlanishi va mintaqaviy ishlab chiqarishga
xizmat qiluvchi sohalar
majmui shakllanishi bilan bog‘liq. Mahalliy infratuzilma esa alohida
korxonalarning faoliyatiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iborat.
Tarmoq xususiyatiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi ikki
guruhga bo‘linadi: tarmoqlararo va tarmoq ichidagi infratuzilma.
Infratuzilmaning ko‘pgina sohalari tarmoqlararo xusuiyatga ega bo‘ladi.
Ular xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadi. Bular –
transport, aloqa, elektr ta’minoti va boshqalar. Tarmoq ichidagi
infratuzilma esa u yoki bu tarmoqning faoliyat
yuritishi uchun xizmat
ko‘rsatuvchi
sohalardir.
Masalan,
dehqonchilikda
o‘simliklarni
kimyoviy himoyalash xizmati, chorvachilikda veterinariya xizmati va
hokazo.
Funksional yo‘nalishiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi ikki
guruhga bo‘linadi: bevosita qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi va
tayyor mahsulotni iste’molchilarga
yetkzaib berishga xizmat
ko‘rsatuvchi infratuzilma. Birinchi guruhga transport, texnik ta’mirlash,
melioratsiya, suv ta’minoti, agrotexnik, veterinariya xizmatlari kabi
bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga xizmat
ko‘rsatuvchi sohalar kiradi. Ikkinchi guruhga esa qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini
tayyorlash, ombor xo‘jaligi, tashish, sotish kabi
xizmatlarni ko‘rsatuvchilar kiradi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning
muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatiladigan
turli
yo‘nalishdagi
xizmatlar
tufayli
barcha
tarmoq
hamda
korxonalarning o‘zaro hamkorligi mustahkamlanadi.
295
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng barcha turdagi infratuzilma
subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash
maqsadida
davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimi amaliyotga joriy
qilinib, u davr talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib
borilmoqda. Mamlakatimizda bevosita shakllangan ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilma subyektlarini
saqlab qolgan holda bozor
munosabatlariga xos bo‘lgan infratuzilma subyektlarini shakllantirish va
rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: