1. Qishloq xo‘jaligida innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati.
Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotining rivojlanishi fan va texnologiya
yutuqlarining hayotga joriy etilishi bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda
“innovatsiya” tushunchasi juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya
atamasi inglizcha “innovation” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangiliklarni
joriy etsh” degan ma’nolarni anglatadi.
Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib
kelgan. Chexiyada tug‘ilib, Avstriya va AQShda faoliyat olib borgan
iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyaga oid
masalalarni tadqiq etgan va innovatsion jarayonga ta’rif bergan. U
o‘zining dinamik o‘sish nazariyasida tadbirkorlik innovatsiyasi iqtisodiy
o‘sishni ta’minlab, yangi muvozanatini keltirib chiqarishi, bu esa hayot
darajasining yanada yuqori standartlarga chiqishini ta’kidlagan. U
“innovatsiya – iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuchdir”, degan fikrni ilgari
surgan.
2020-yil 24-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunida innovatsiyaga quyidagicha
ta’rif berilgan: innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki
shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta
ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanmadir.
Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko‘pchilik
mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko‘pchilik
mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda
277
tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo‘lganlarini
noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar. Ushbu
ta’riflarni umumlashtirgan holda, quyidagi ta’rifni berish mumkin:
innovatsiya
– bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida
korxona faoliyatiga ilm-fan yutuqlarini joriy etishdir.
Yer sayyorasi aholisi yaqin 30 yil ichida 2 milliardga ko‘payib,
hozirdagi 7,7 milliard kishidan 2050-yilda 9,7 milliardga, asr oxiriga esa
11 milliardga yetishi mumkin. Aholi sonining ko‘payishi qishloq
xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ham unga mutanosib ravishda
ko‘paytirishni talab etadi. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi,
suv taqchilligi va ekin maydonlarining cheklanganligi talab darajasidagi
oziq-ovqat ishlab chiqarishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda.
Bu muammolarni esa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini innovatsion usullar
asosida boshqarish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar
kiritish, bir so‘z bilan aytganda, “aqlli qishloq xo‘jaligi” orqali hal etish
mumkin.
Innovatsiyalar
qishloq
xo‘jaligi
tarmog‘ini
intensiv
rivojlantirish, sohaga resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish,
yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati va hajmini keskin oshirish imkonini
beradi.
2017-yilning 29-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264
sonli farmoni qabul qilindi. Farmonda ushbu vazirlikning asosiy faoliyat
yo‘nalishlaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy
etish, eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
joriy etishga ko‘maklashish kabilar belgilandi.
2019-yil 23-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5853 sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida qabul qilingan
strategiyada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida intensiv innovatsion
texnologiyalarni
joriy
qilishni
rag‘batlantirish
tizimini
takomillashtirishga ham alohida e’tibor berilgan.
Mamlakatimizda korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 11.1-jadvalda keltirilgan.
278
11.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |