206
darajasi 2-3, o‘rtacha korxonalarda 5-6, yirik birlashmalar va ishlab chiqarish
komplekslarida 10-12 taga etadi.
Boshqaruv
tuzilishi
turlari.
Ishlab
chiqarish
birlashmalarining
boshqaruv tuzilishi turli - tumandir. Boshqaruv idoralari o‘rtasidagi
aloqalarning turiga qarab boshqaruv tuzilishi uchta asosiy turga - muntazam,
funksional va aralash turlarga bulinadi.
Muntazam tuzilish.
Bu tuzilishning eng sodda turi bo‘lib, unda har bir
rahbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida
boshqaradi va hamma zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Muntazam boshqaruv turida rahbar hamma zarur vakolatlarga ega bo‘ladi va
o‘zining xo‘jalik faoliyati natijalariga to‘la javob beradi.
Boshqaruv tuzilishi ko‘p bosqichli bo‘lganda, bitta bosqichdagi
tashkilotlarning har bir guruhi idora qilinishi ko‘lamlariga
qarab yuqori
bosqichda o‘zining rahbar tashkilotiga ega bo‘ladi. Masalan, ikkinchi
bosqichdagi idoralar guruhi uchinchi bosqichdagi, to‘rtinchi bosqichdagi rahbar
bo‘g‘iniga ega va hakozo. Bunda barcha tuzilish bo‘linmalari muntazam
ravishda boshqariladi. Bunda boshqaruvning barcha masalalari bitta yo‘nalish
bo‘yicha echilib, har qaysi bo‘g‘in bitta rahbarga va bir necha tabellarga
(xodimlarga) ega bo‘ladi. Xodimlar faqat uz rahbariga hisobot beradilar.
Bo‘linmalar o‘rtasida muntazam bog‘lanish o‘rnatiladi.
Rahbarlar ish yuzasidan
o‘z xodimlariga bevosita ko‘rsatmalarni, ularning oldida o‘z harakatlari va ish
natijalari to‘g‘risida hisoblarni beradi. Bu bilan teng huquqli tuzilish, birliklari
negizida gorizontal bog‘lanish yo‘qligi va xodimlarning ixtisoslashmaganligi
bilan boshqa turdagi boshqaruv tuzilishidan ajralib turadi.
Bunday
boshqarishda ijro etish, intizom darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Lekin bu ishchilarning ijodiy qobiliyatini yanada yuzaga chiqarishlari uchun
rag‘batlantirmaydi. Bunday boshqaruv tuzilishi
o‘zining raxmsizligini
kuchaytirib, ishlab chiqarish xo‘jalik
holatiga epchil, mos ravishda ta’sir etish
qobiliyatini yo‘qotadi. Muntazam boshqaruv tuzilishi oddiy, barqaror
masalalarni echishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu
tuzilish doirasida kompleks
207
masalalarni echish ancha kiyin bo‘ladi. Muntazam boshqaruv tuzilishiturini
oddiy mahsulotning barkaror turlarini ishlab chiqaradigan kichik tashkilotlarda
qo‘llash juda yaxshi samara beradi. Yirik sanoatda ishlab chiqarish rivojlangan
sari
va
ishlab
chiqarishni
ixtisoslashtirish
va
kooperatsiyalashtirish,
kombinatsiyalashtirish jarayoni keng tarqalganligi sababli muntazam boshqaruv
turini boshqa turdagi boshqaruv tuzilishlari siqib chiqarmokda, uning o‘rniga
funksional boshqaruv tuzilishiqo‘llanilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: