Elektromontaj ishlarida xavfsizlik texnikasi.
Elektr qurilmalariga xizmat
ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi qoidasini buzish, yong‘inga, elektr toki
ta’siridan og‘ir shikastlanishga-kuyish, elektr yoki ta’siridan ko‘r bo‘lish va
boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Kishilarni elektr tokidan shikastlanishdan saqlashning asosiy vositalaridan
biri tok keltiruvchi qismlarni yaxshi izolyasiya qilish hisoblanadi. Agar ish
sharoiti bo‘yicha apparatlarning tok keltiruvchi qismlari, rubilniklar,
saqlagichlarni izolyasiya qilish mumkin bo‘lmasa, u holda ular terilar yoki
to‘siqlar bilan berkitiladi. Tok keltiruvchi sim bilan to‘sik orasidagi masofa 60
sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
YAlang‘och simlarni kishining bo‘yi etmaydigan balandlikdan o‘tkazish
kerak. Ichki o‘tkazilgan simlar izolyasiyasining toksiz qurilmaning saqlagichlari
olingan maydonining yoki oxiri saqlagichdan oldingi maydonning qarshiligi
0,5m dan kam bo‘lmasligi lozim. Normal muhitli binolardagi izolyasiyaning
qarshiligini yiliga kamida ikki marta tekshirish kerak; nam va zaharli gaz bug‘li,
47
yong‘in bo‘lishi va portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi izolyasiyaning
qarshiligini yiliga kamida bir marta tekshirish kerak. YAngi yoki remontdan
chiqqan elektr qurilmani tarmoqqa ulashdan oldin uning izolyasiyasini
tekshirish kerak. 500 yoki 1000V kuchlanishga mo‘ljallangan izolyasiyaning
qarshiligi, odatda, megometr bilan aniqlanadi, ular har kaysi xo‘jalikda bo‘lishi
lozim. Kishi ko‘pincha kuchlanish bo‘lmaydigan, lekin izolyasiyaning
shikastlanganligi sababli kuchlanish asosida bo‘lgan elektr qurilmalarning metal
qismini tegib ketishi natijasida tokdan shikastlanish mumkin. Buning oldini
olish uchun elektr qurilmalar erga ulanadi. Elektr qurilmalarining tok
keltirmaydigan metall qismlari (kuchlanish ostida bo‘lmagan) erga ulagichga -
erga ko‘milgan metall tok o‘tkazgich, metall trubalar, metall sterjenlar, po‘lat
burchaklilarga (ular vertikal ko‘miladi) ulanadi. SHuningdek, po‘lat polosa yoki
doiraviy po‘latlardan yasalgan gorizontal (polosa yoki doiraviy) erga ulagichlar
ham ishlatiladi. Erga ulagich qurilmalari chiqarma va kontruli bo‘hadi.
CHikarma qurilmali ulagichlar erga ulanadigan jihozdan ma’lum masofa
to‘plab joylashtiriladi, konturli erga ulagichlarda erga ulanadigan jihoz atrofiga
bir tekisda joylashtiriladi. Mashina va apparatlarga erga ulanadigan o‘tkazgich
payvandlab, kavsharlab, shuningdek, bolt yoki vintlar yordamida ulanadi.
Qurilmalarni montaj kilishda va ishlatishda kontaktlarning zichligini sinchiklab
tekshirish kerak.
Qurilmaning erga ulanadigan o‘tkazgichlari qora rangga bo‘yaladi. Ishlatish
jarayonida zarur bo‘lsa, bo‘yog‘i yangilanadi. Erga ulangan sim o‘z vazifasini
bajarishi uchun uning qarshiligini doimo o‘lchab turish va erga ulovchi
simlarning holatini tekshirib turish kerak.
Erga ulangan simni nazorat kilib turish uchun kuyidagi hujjatlar bo‘lishi
kerak:
erga
ulash
qurilmasining
chizma
va
sxemalari
(er
osti
kommunikatsiyasining joylashishi ko‘rsatilgan);
48
erga ulash qurilmasining elementlarini o‘tkazish bo‘yicha er osti ishlari
uchun tuzilgan aktlar;
erga ulash qurilmasini elektr qurilmalarining tuzilish qoidasida
belgilangan norma va hajm bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarni kabul
qilish-topshirish protokollari;
Elektr jihozlarini, remont qilish
vaqtida kontakt yuzalarning, shuningdek,
boltli birikmalarning holatini (ularda chang, zanglarni ketkazish, simlarning
butunligini va kontaklarning zichligini, ayniksa, titrash yuz beradigan
aylanuvchi mashina va apparatlarning zichligini) tekshirish kerak. Titrash
natijasida kontaktlarning buzilishini oldini olish uchun erga ulagichlar
aylanuvchi mashinalarga kontrgaykalar va boshqalar bilan biriktiriladi.
Jihozlar remont kilingandan keyin erga ulagichlar aylanuvchi mashinalarga
kontrgaykalar va boshqalar bilan biriktirilgan.
Jihozlar remont kilingandan keyin, erga ulanganmi, yo‘kmi va erga ulash
elementlarining qanday sharoitda ekanligini tekshiriladi, jihozlarni kapital va
joriy remont qilish vaqtida erga ulash qurilmalari, erga ulash qurilmalarining
simlari, boltli birikmalarning kontakt yuzalari sinchiklab tekshirib chiqiladi.
Elektr qurilmalarning quyidagi qismlari erga ulanadi: elektrik dvigatellar,
transformatorlar, generatorlar, elektr issiqlik asboblari, yoritgichlar, elektr
apparatlar yuritmalari, taqsimlash shitlari va kuch shkaflarining metall
karkaslari; metaldan yasalgan kabel muftalari, kuch kabellari kobig‘i, elektr
o‘tkazgichning po‘lat trubalari; ko‘chma elektr iste’molchilarning metall
korpuslari va h.k.
Qishloqdagi kuchlanishi 380/200 V bo‘lgan uch fazali, to‘rt simli erga
ulanish neytral simli bo‘lgan tarmoqlarda transformatorlar yoki generatorlarning
kuchlanish ostida bo‘lmagan elektr qurilmalarining metall qismlari neytral tur
orqali erga ulanadi. Bunga «nolga ulash» tizimi deyiladi.
Agar nolinchi sim jihozlarni erga ulash uchun ishlatilsa, u holda uning
zanjirga ajratuvchi apparat va saqlagichlar o‘rnatish mumkin emas. Biroq bir
49
vaqtda barcha faza va nolinchi simlarni uzadigan yoqqich ishlatishga yo‘l
qo‘yiladi. Elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida nolinchi simning
o‘zi
lishdan
saqlash choralari ko‘riladi. CHorvachilik va parandachilik fermalarini
ta’minlovchi liniyalarda nolinchi sim faza simlari kabi (bir xil kesimli) bo‘ladi.
Nolinchi simning uzilishi, izolyasiyaning shikastlanishi elektr qurilmalarining
normal ishlashini buzadi. Nolinchi sim orqalarining normal ishlashini buzadi.
Nolinchi sim orkali erda ulangan mashina va qurilmalar korpuslarida xavfli
kuchlanish vujudga kelishi mumkin. Bunday korpuslarga tegish xayot uchun
xavfli.
Elektr qurilmalarini ishlatishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar individual
himoya vositalari-asosiy va qo‘shimcha vositalarni ishlatishlari shart.
Asosiyga shunday himoya vositalari kiradiki, ularning izolyasiyasi
qurilmalarning ish kuchlanishiga chidaydi va ular yordamida tok keltiruvchi
qismlarga bevosita tegish mumkin, qo‘shimcha himoya vositalari asosiy
vositalarning ta’sirini kuchaytiradi. Himoya vositalari uch gruppaga bo‘linadi:
1.
Odam ish vaqtida kuchlanish ostida bo‘lgan qurilma qismlariga tegib
ketganda uni elektr toki bilan shikastlanishdan izolyasiyalovchi, himoya
kiluvchi vositalar (himoya qo‘lkoplari, botiklar, kalishlar, tagliklar va
gilamchalar, izolyasiyalangan asboblar va h.k.)
2.
Kuchlanish ostida bo‘lgan qurilma qismlariga tasodifan tegib ketishning
oldini oluvchi vositalar (vaqtincha to‘siklar, plakatlar, oldini oluvchi
yozuvlar, kuchlanishning bor yoki yo‘kligini ko‘rsatuvchi asboblar,
vaqtincha erga ulash va h.k.)
3.
Elektr yoyi ta’sirida himoya kiluvchi vositalar: himoya ko‘zoynagi,
brezent qo‘lkoplar va h.k.
Himoya vositalarni foydalanishdan oldin sinchiklab qarab chiqiladi va
changdan tozalanadi. Ayniksa, ularning yaroqligini ko‘rsatuvchi tamg‘asiga,
shuningdek, ularning sinalgan sanasiga e’tibor berish kerak. Himoya vositalari
maxsus laboratoriyada tekshiriladi, sinash natijalari bayonnoma bilan
rasmiylashtiriladi.
50
Elektr qurilmalariga xavfsiz xizmat ko‘rsatish
Do'stlaringiz bilan baham: |