IX. YENGIL METALLAR METALLURGIYASI
9.1. ALYUMINIY VA UNING HOSSALARI
201
Engil metallar metallurgiyasi, bu metallurgiyaning kichik zichlikka ega
bo’lgan metallarni ishlab chiqarish tarmog’idir. Engil metallar jumlasiga D.I.
Mendeleev davriy sistemasidagi o’n bitta element kiradi. Ularning qattiq holatdagi
zichligi 0,534 - 3,6 g/sm
3
tashkil etadi, ya’ni alyuminiy (2,7), magniy (1,74),
berilliy (1,85), ishqoriy er metallari – kalsiy (1,55), straniy (2,6), bariy (3,6) va
ishqoriy metallar – litiy (0,534), natriy (0,93), kaliy (0,86), rulidiy (1,52) va
seziyniki (1,87) ga teng.
Engil metallar kichik zichlikka ega bo’lish bilan bir qatorda, ular bir-biriga
juda yaqin bo’lgan umumiy fizika-kimyoviy xususiyatlarga ega. Shu sabali
ularning barchasi engil metallar metallurgiyasini tashkil etadi. Bu metallar yuqori
kimyoviy faollik bilan xarakterlanib, ularni kislorod, oltingugurt, uglerod va
galogen elementlar bilan birikmalar hosil qilish energiyasi ancha yuqoridir,
shuningdek metallarni kuchlanish qatorida kuchliroq elektromanfiy elementlar
jumlasiga kiradilar.
Bu xususiyatlarning barchasi engil metallarni birikmalardan uglerod
yordamida tiklashni juda ham murakkablashtiradi. Masalan: alyuminiy oksidini
uglerod bilan qaytarilgan bug’ holatdagi alyuminiy uglerod va uglerod oksidi bilan
birikib, natijada mustahkam bo’lgan alyuminiy karbonatni yoki sun’iy glinazyom
Al
2
O
3
ni hosil qiladi.
Engil metallar kuchliroq elektromanfiy bo’lganligi va metallarni kuchlanish
qatorida vodoroddan yuqorida joylashganligi sababli, ularni suvli eritmalarini
(tuzlarini) elektroliz qilib ajratib bo’lmaydi, chunki elektroliz jarayoni jarayoni
katodda vodorod ajralishi bilan boradi va natijada elektrolitda metallarning
gidratlari hosil bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ortiqcha elektr energiyasini
sarflanishiga, olinayotgan metallning sifatini buzilishiga olib keladi. Shu sababli
engil metallarni elektroliz usuli bilan faqat vodorod bo’lmagan eritmalardan
ajratish mumkin. Bunday elektrolit sifatida engil metallarning ftorli yoki xlorli
tuzlarini yuqori haroratda erigan eritmasidan foydalanish mumkin. O’z navbatida
bunday elektrolitlar sanoat miqyosida engil metallarni elektroliz usulida
ajratishning yagona texnologiyasi hisoblanadi.
Engil metallarning elektromanfiylik xususiyati elektroliz jarayoniga
berilayotgan xomashyo kimyoviy jihatdan nihoyatda toza bo’lishini talab etadi.
Chunki elektroliz davrida dastlab elektromusbat xususiyatga ega bo’lgan metallar
birikmalari parchalanib katodga boshqa metallar ionlari o’tiradi va asosiy metallni
sifatini buzadi. Dastlabki xomashyoni yuqori darajada toza bo’lishining talab
etilishi sanoatda engil metallar olishda ko’p bosqichli va murakkab texnologiya
qo’llashni talab etiladi. Shu sababli zamonaviy engil metallar metallurgiyasi
kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar kompleksidan tashkil topgan bo’lib, ayrim
xollarda ularning har biri alohida ishlab chiqarish tarmog’iga tenglashadi.
Masalan, alyuminiy metallurgiyasi to’rtta asosiy ishlab chiqarish
korxonalaridan, ya’ni glinazem olish, ftorli tuzlar tayyorlash, uglerodli elektrodlar
quyish va xususan alyuminiyni elektrolitik usulda ajratish sanoatlaridan tashkil
topgan.
202
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, engil metallar metallurgiyasi
elektrometallurgik jarayonlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularni ishlab chiqarishni
tashkil etish uchun yuqori quvvatli arzon elektr energiyasi talab etadi.
Engil metallar metallurgiyasining rivojlanishi ularga bo’lgan talabning
oshishi bilan bog’liq. Hozirgi kunda atom energetikasida, samolyotsozlik,
radioelektronika, mahsus qotishmalar ishlab chiqarishda va oziq – ovqat sanoatida
engil metallarga bo’lgan ehtiyojlar tobora ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |