1 Ризоий. Хуршед ва Маликаи Дилором. Ўзбек адабиёти. IV том, иккинчи
китоб. Тошкент, 1960, 195—208-бетлар.
kabi xalq og‘zaki ijodi syujetlari va motivlari negizida kelib chiqqanligi
bilan ham izohlanadi.
M a’lumki, o ‘zbek adabiyoti tarixida ko‘plab avtori nom a’lum
anonim asarlar uchraydi. Bir qancha xalq kitoblari ham shunday
asarlardir. Ularda shu asaming ta’lif qilingan vaqti, joyi, muallifi,
hatto kotibi ham ko‘rsatiImaydi. Masalan, o‘zbek xalq kitobi shaklidagi
«Oshiq G ‘arib va Shohsanam», «Tohir va Zuhra», «Sanobar»,
«Malikai Dilnavoz», «Yusufbek va Ahmadbek» kabi asarlaming
avtorlari haligacha nom a’lum. «Yusufbek va Ahmadbek»ning avtori
XVIII asr turkman shoiri Quibonali M a’rufiy, «Sanobar»ning avtori
Shaydoiy, «Sayyod va Hamro»ning avtori Shohbanda deyilganda,
bu asarlaming faqat turkmancha variantlariga nisbatan ishlatamiz. Shu
nomdagi asarlaming o ‘zbek tilidagi variantlari esa, anonim asarlar
b o ‘lib qolm oqda. B inobarin, q ach o n lard ir bu asarlar folklor
namunalari sifatida ommalashib, qissaxonlar, roviylar ijrosida qayta
ishlanishi jarayonida xalq kitobiga aylangan. Shuning uchun bunday
asarlar ijodchisi qissago‘y va roviylar b o ‘lgan, deyish mumkin,
ayrimlari esa, aniq mualliflariga ega.
Xalq kitoblarini asosan qissaxonlar ijro etishgan. Xat-savodi
bo‘lmagan m ehnatkash om m a qissalami shu qissaxonlar orqali
eshitganlar yoki savodli kishilarga o ‘qitib, zavq olganlar. Qissaxonlar
muayyan xalq kitobini — qissasini hofizasida saqlab, o‘ziga xos ohang
va usulda xalq o ‘rtasida kuylagan, asar syujeti va mazmunining xalq
xotirasidan mustahkam o'rin olishiga harakat qilgan. Shuning uchun
ham xalq, o ‘z navbatida, faqat yaxshi, qiziqarli qissalar yaratgan
m ualliflarn ig in a em as, u larn in g ijrochilari sanalm ish yaxshi
qissaxonlami ham sevgan. U m um an, qissaxonlik xalq m a’naviy
taraqqiyotida m uhim o ‘rin egallagan. Asarda xalq qahramonligi
tasvirining bo‘rtib ko‘zga tashlanmasligi, obrazlaming juda nozik
hissiyotlarga berilgan qilib tasvirlanishi, yozma adabiyot asarlariga
xos poetik uslub, kitobiy til xususiyatlarining yaqqol ko‘zga tashlanib
turishi, she’riy parchalam ing klassik poetik jan r va shakllarda
keltirilishi bunday asarlaming aniq adabiy manbaga ega ekanligini
ko‘rsatadi. U m ar Boqiy tomonidan nasriy qissalaiga aylantirilgan
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Kitobi Sanobar», «Qissai
Sayfumuluk» va «Yusuf va Zulayxo»ning xalq kitobi shakllari
shunday asarlardandir.
Xalq kitoblaridagi qahramonlar tasvirida sehrli-fantastik bo‘yoqlar
bo ‘lsa-da, lekin ular ancha hayotiy shaxslar sifatida nam oyon
bo‘ladilar. Qahramonlik ruhidagi xalq kitoblarida feodal jamiyatidagi
real hayotning izlari, om m aning tarixi, etnografiyasi, o rzu -
intilishlari, turmush zayli, vatanparvarligi, erkin muhabbat uchun
kurashlari aks ettirilgan. U nda bahodir yigitlar, odil shahzoda va
sarkardalar ta’rif etilib, ideallashtiriladi. Ishqiy-sarguzasht ruhi hokim
bo'lgan nam unalarda esa, sevishganlarning m uqaddas ko‘ngiI
tuyg‘ulari, sof muhabbat bobidagi yuksak fazilat va odamiyliklari
bilan bog‘liq b o ‘lgan jihatlar asosiy o ‘rin tutadi. Sevishganlar o ‘z
orzulari yo‘lidagi to‘siqlaiga qarshi mardonavor kurash olib boradilar.
Bunday asarlarda qahramonlaming dunyoga kelishi va ilk taibiyasidan
ular yo‘lida paydo bo‘lgan to ‘siqlar va bu to ‘siqlami mardonavor
yengib, o‘z murodu maqsadlariga yetishganlarigacha — hammasi
aks ettiriladi. Albatta, xalq kitobi avtorlari shunday qahram onlar
tim so lid a m e h n a tk a s h o m m a n in g h a y o t, y a sh a m o q , ezgu
m aqsadlarga intilm oq yo ‘lidagi intilishlarini, orzu-ideallarini
ifodalaganlar. Agar ba’zi muhabbatga oid kitoblarda qahram on o‘z
niyatiga qattiq kurashlar, qahramonliklar, orqali erishsa («Sanobar»),
ba’zan u so‘zamolligi, m a’naviy ustunligi tufayli maqsadiga erishadi,
undan kuch-quw at, ilhom oladi («Oshiq G ‘arib va Shohsanam»).
Ba’zi xalq kitoblarida esa, qahram onlar o ‘z aqidalari, orzulari
yo‘lida halok b o ‘ladilar («Tohir va Zuhra», «Farhod va Shirin»).
Maroqli tom oni shundaki, bu qahram onlar xalqning dardi, hasrati,
armonlari bilan aloqador situasiyalarda harakat qiladilar. G archand
bunday asarlaming personajlari ko‘p hollarda aslzodalar b o ‘lsalar-
da, ular olijanob, maqsad, xalqning orzu-intilishlarini ifodalovchi
qahram onlar sifatida ko‘rinadi. U lar ham m a vaqt yaxshilikni
yomonlikka, insonparvarlik va adolatni zulm va jaholatga qarshi
qo ‘yadilar.
Xalq kitoblaridagi Farhod, Shirin, Layli, M ajnun, Bahrom,
Gulandom , Sanobar, Gulparizod, Tohir, Zuhra, Varqa, Gulshoh,
O shiq G ‘arib, Shohsanam , X urshid, D ilorom , Asli, K aram ,
B o'zyigit, H afiza, Yusuf, Ziyrak, Z iyod, M ohim kabi ijobiy
obrazlar Qoramulla, Yosuman, Xisrav, Ibn Salom, Shoh Abbos,
Shohvalad, Qora Bahodir, Boboxon, Zaytun kabi salbiy obrazlarga
qarshi qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |