Q A R O R Q I L A D I:
1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting
koʻrsatkichlari natijasiga koʻra tuman sektor rahbarlari tomonidan olib
borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida tuman
hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari -
L.Xayrullayevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda “oʻrta” deb baholangan sektorlarni 2022-yil I I -chorak yakuniga
qadar “yaxshi” toifadagi hududga oʻtish yuzasidan barcha zaruriy choralarni
koʻrsin.
3. Joriy yil I I -yakuniga qadar “oʻrta” toifada baholangan Navbahor tumani
“yaxshi” toifadagi hududga kiritilishi boʻyicha barcha zaruriy chora-tadbirlarni
amalga oshirilsin.
4. Tuman sektor rahbarlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-sonli
qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash
tizimi boʻyicha tumandagi iqtisodiy koʻrsatkichlar, tadbirkorlikni qoʻllab-
quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasini
muntazam ravishda tahlil qilib borish;
tahlillar asosida joylardagi muammolarni hal etish, koʻrsatkichlari nisbatan
e-qaror.gov.uz
30.05.2022
3
past boʻlgan hududlarga koʻmaklashish choralarini koʻrish;
tumanda “yaxshi” deb baholangan sektorlarning tajribasini ommalashtirish
choralarini koʻrish;
tumanda muhandislik kommunikatsiyalarini yaxshilab, kichik sanoat zonasi
tashkil etish, yaylovlarda chorvachilik, qorakoʻlchilik, yilqichilikni rivojlantirish,
savdo va xizmatlarni kengaytirish yuzasidan tegishli choralar koʻrilsin.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashlari doimiy komissiyalari (deputatlari)ga:
hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha vazifalar bajarilishi holatini
bevosita joyida oʻrgangan holda ijro bilan bogʻliq masalalarni doimiy komissiyalar
yigʻilishlarida muntazam ravishda muhokama qilib borish;
deputatlik nazorati doirasida vazifalar ijrosi yuzasidan masʼul etib belgilangan
tashkilot, muassasalar va ularning mansabdor shaxslaridan ijro boʻyicha
maʼlumotlarni olib, tahlillar asosida xalq deputatlari mahalliy Kengashlar
sessiyalari muhokamasiga masʼullarning axborotlarini eshitish bilan bogʻliq
masalalarni kiritib borish;
ommaviy axborot vositalari, jumladan telekanallarda hududlarda kompleks
rivojlantirish boʻyicha vazifalar ijrosining borishi toʻgʻrisida muntazam ravishda
chiqishlarni uyushtirish, bunda, ushbu vazifalar ijrosini taʼminlashda yoʻl
qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularning sabablarini yoritishga alohida eʼtibor
qaratish tavsiya etilsin.
6. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (L.Xayrullayev, U.Nazarov,
S.Nurnazarov, F.Hamroyev, K.Allayev, G.Ergashova)ga tegishli tashkilotlar,
tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda:
tumanda ishlarning samaradorligi va uygʻunligini taʼminlash maqsadida
hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
ularning tuman sektor rahbarlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish;
hududlarda ishsiz fuqarolar, ayniqsa ishsiz xotin-qizlar va yoshlar bandligini
taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish;
tegishli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari asosida ularni
amaldagi rahbar kadrlar zahirasiga qoʻshish yoki egallab turgan lavozimidan ozod
etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish
topshirilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |