Biosferada modda va energiyaning aylanishi biosfera tarkibiy qismlari
–
tog‘ jinslari, tabiiy suvlar,
gazlar, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarni
ng tinimsiz davriy aylanish jarayonidir. Davriy
aylanish biosferaning mavjudligini ta’minlovchi, uning butunligini va barqarorligini saqlovchi muhim omildir.
Biosferaning rivojlanishi va taraqqiyoti davom etishi Yerdagi biologik muhim moddalarning davriy
aylanishi bilan bog‘liq. Bu esa moddalar bir marta foydalanilgandan so‘ng boshqa organizmlar tomonidan
o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan holatga, shaklga o‘tishi demakdir. Butun Yer sayyorasi miqyosida quyosh
energiyasi
hisobiga sodir bo‘ladigan biologik muhim elementlarning bir bo‘ g‘inidan ikkinchisiga o‘tishi
moddalarning geologik davriy aylanishi deyiladi.
Moddalarning geologik aylanishi abiotik omillar ta’sirida amalga oshiriladigan moddalar mig
ratsiyasi
hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan quyosh nuri, atmosfera, yog‘ingarchilik ta’sirida tog‘ jinslari yemiriladi, shamol
ta’sirida nuraydi va dunyo okeaniga oqizib ketiladi. Ular okean tubida to‘planib cho‘kma jinslarni hosil
qiladi.
Tektonik harakatlar tufayli materiklarning ayrim qismlari cho‘kadi va suv ostida qoladi, ayrim
qismlari ko‘tariladi, ya’ni tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari to‘xtovsiz davom etadi. Natijada okeanlar tubida
yig‘ilgan tog‘ jinslari quruqlik yuzasiga ko‘tarilsa, kontinentlarning yuzasida to‘planib borgan tog‘ jinslari
esa suv ostida qoladi. Tirik moddaning paydo bo‘lishi bilan geologik aylanish asosida organik moddalarning
davriy aylanishi, ya’ni biologik davriy
aylanish yuzaga keldi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida
geologik aylanishda ishtirok etuvchi elementlar hayotning asosi hisoblanadigan hamda to‘xtovsiz davom
etadigan biologik davriy aylanishga qo‘shilib boradi. Biosferanin
g rivojlanishi va undagi jarayonlarning
sodir bo‘lishi biogen elementlarning uzluksiz ravishda davriy aylanishi bilan bog‘liq. Tirik organizmlarning
hayot faoliyati uchun ayrim elementlar ko‘p, ayrim elementlar esa kam miqdorda zarur. Shunga ko‘ra
biologik davriy aylanishda ishtirok etuvchi biogen elementlar makroelementlar va mikroelementlarga
ajratiladi. Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen elementlar deyiladi. Biogen
elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi.
Bular orasida C, H, O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi. Moddalarning geologik davriy aylanishi
biologik davriy aylanishdan bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi: geologik davriy aylanishning
harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o‘rtasida to‘xtovsiz aylanib turishi bo‘lsa,
biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi.
Moddalarning geologik aylanishida Yer qobig‘idagi barcha kimyoviy elementlar ishtirok etsa, biologik
davriy aylanishda esa faqat biogen elementlar ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: