63
−
diagnostikalashning eng maqbul dasturini ishlab chiqish.
Diagnostika Ob’ektlari modellarining quyidagi turlari mavjud:
−
tuzilmaviy (strukturaviy) model;
funkstional model.
Tuzilmaviy modelni qurishda diagnostika tizimi bir-biri bilan bog‘langan va
chegaralangan elementlardan iborat deb hisoblanadi.
Diagnostikaning biror usuli yoki texnologiyasini ishlab chiqish uchun
mexanizm va uzellarning texnik holati o‘zgarishlari qonuniyatlarini bilish yetarli
emas, balki diagnostika Ob’ektining umumlashtirilgan mantiqiy yoki tahliliy tavsifi
talab etiladi. Bu tavsif (model) transport vositasining tez ishdan chiqadigan
tegishli
elementlari ro‘yxatini, tuzilmaviy va
diagnostik parametrlarni, ular orasidagi
bog‘liqliklarni o‘z ichiga oladi. Tormoz mexanizmi misolida diagnostika Ob’ektining
tuzilmaviy modeli 10.2-rasmda keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, V pog‘onani
Ob’ektning diagnostik parametrlari yoki fizik miqdorlari tashkil etadi. Bu shaklda
diagnostikalash Ob’ektining asosiy elementlari, uning tuzilmaviy parametrlari (X
1
…X
6
) , xarakterli nosozliklari va diagnostik parametrlari (S
1
, S
2
) o‘zaro bog‘langan.
Tuzilmaviy-natijaviy shakl strukturaviy
parametrlarga, ularga tegishli diagnostik
parametrlar to‘plamini mos qilib qo‘yish va tuzilmaviy parametr o‘zgarishining
diagnostik parametr o‘zgarishiga bo‘lgan mantiqiy ta’sirining borligini aniqlash
imkonini beradi. Keltirilgan tuzilmaviy-natijaviy sxemadan ko‘rinib turganidek,
tuzilmaviy parametrlar qiymatlarining o‘zgarishi tegishli diagnostik parametrlar
qiymatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Ular yordamida diagnostikalash Ob’ektining
ishchi yoki hamroh jarayonlarini o‘lchash, ya’ni Ob’ekt
texnik holatini uni
bo‘laklarga ajratmasdan aniqlash mumkin.
Bunday model Ob’ektning muhandislik o‘rganilishi, ishlashi, ishonchlilik
ko‘rsatkichlarining statistik tahlili va diagnostik parametrlarning baholanishi asosida
tuziladi. Model Ob’ektning eng nozik va eng muhim elementlari to‘g‘risida, uning
tuzilmaviy, diagnostik parametrlari va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida
ma’lumot beradi. Bu model diagnostika Ob’ektining eng sodda mantiqiy tavsifi
hisoblanib, uning yordamida eng muhim diagnostik parametrlarni, va demak,
diagnostika usullari va vositalarini tanlash mumkin.
Funksional model – uni qurishda diagnostikalash Ob’ekti sifatida qaraladigan
tizimni bir-biri bilan funksional bog‘langan elementlarga bo‘lish mumkin deb
hisoblanadi va bu model diagnostikalashning maqbul texnologik jarayonini aniq-
lashga imkon beradi.
Murakkab Ob’ektning diagnostikalash texnologik jarayonini ishlab
chiqayotganda tuzilmaviy modeldan tashqari funksional model ham kerak. Bunda
Ob’ekt ketma-ket va parallel ulangan kichik tizimlardan iborat. Misol:
injektorli
dvigatel ta’minot tizimining funksional modelini tuzishda alohida-alohida kichik tizim
bo‘laklariga bo‘linadi, ya’ni: yonilg‘i bilan ta’minlovchi kichik tizim (yonilg‘i baki;
yonilg‘i nasosi; yonilg‘i filtri); yonilg‘i purkash kichik tizimi (elektron boshqarish bloki,
bosim roslagich, injektor va datchiklar); havo kiritish kichik tizimi (havo filtri, kiritish
quvuri, drossel to‘sig‘i, salt yurish roslagichi, adsorberni (benzin
parlaridan tozalash
klapani, adsorber) va ishlatilgan gazlarni chiqarish kichik tizimi (katalizator, chiqarish
quvuri) (10.3 va 10.4-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: