«воспитание нового поколения в эпоху глобального преобразования: вызовы и перспективы»



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/330
Sana01.07.2022
Hajmi2,6 Mb.
#722881
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   330
Bog'liq
Сборник Воспитание

112 •
1 APRIL 2022

ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
• 113
oshiradi, uning bola tomonidan boshqariluvini ta’minlaydi. Buning ustiga ular tarbiyalanuvchilarning tarbiya 
va o‘qitish jarayonini individuallashtirishni ta’minlovchi vosita sanaladi.
Logopedik ishning samarali kechishini ta’minlash uchun bir qancha komplekslar mavjud: MTT ortopedik 
kabineti uchun kompyuter o‘yinlari kompleksi: “Gulcha” va “RELAX” kompyuter dasturlaridan foydalanish 
bolalarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda korreksion va rivojlantiruvchi topshiriqlarni uyg‘unlashtirishga imkon 
beradi (bu dasturdagi maxsus mashqlar boshqa a’zolarni davolashga tayyorlash maqsadida ortopedik 
davo choralari mobaynida olib boriladi); Grafik dasturlar kompleksi – ko‘ruv idrokini rivojlantirish uchun 
“Pleoptika”, “O‘rgimchak”, “Belgilar” elektron trenajyorlari; kompyuterdagi logopedik dasturlar kompleksi 
mutaxassislarga dizartriya, rinolaliya, duduqlanish hamda ikkilamchi nutq buzilishlarini korreksiya qilishga 
yordam beradi. Tasvirlar, materialning musiqa bilan hamohangligi, interfaol o‘yin shaklida taqdim etilishi 
dasturni maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nafaqat qiziqarli ko‘rinishiga, balki logoped bilan shug‘ullanish 
mobaynida bolaning nutqiy motivatsiyasi, xotira davomiyligi, nutqiy mahsuldorlikni oshirishga ham yordam 
beradi.
Shunday qilib, MTТ mutaxassislari tomonidan qayd etilishicha, kompyuter dasturlaridan korreksion 
logopedik mashg‘ulotlarda foydalanish idrok (taktil va eshitish idroki) asosida bolaning kompensator 
imkoniyatlarini faollashtiradi, diqqatning turg‘unligini oshiradi, ta’lim jarayonida bolaning qiziqishini uzoq 
muddat tutib turishga imkon beradi.
Multimedia texnologiyalaridan bolalar bog‘chasida logopedik mashg‘ulotlarda qo‘llash butun 
mashg‘ulot mobaynida bolaning turg‘un diqqatini va qiziqishini tutib turish imkonini beradi. U yoki bu nutqiy 
buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarning ruhiy emotsional holati turg‘un emasligi va mehnatga layoqati pastligi, 
tez toliquvchanligini inobatga olsak, bu o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuter ma’lumotlarning 
bolalarga nisbatan yaqin bo‘lgan barcha turlarini o‘zida jamlagan. Harakat, ovoz, multiplikatsiya ancha vaqt 
davomida bolalarning diqqatini tutib turadi. Bolalar ayni mashg‘ulot, o‘yin va harakatga qiziqishi uchun 
emotsional va kognitiv quvvat olishadi. Shunday qilib, multimedia texnologiyalaridan nutqiy buzilishga 
ega maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda foydalanish bolalarda o‘qish jarayoniga bo‘lgan ijobiy 
munosabatni shakllantirishi bilan dolzarb hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalaridan logopedik mashg‘ulotlarda foydalanish quyidagilarning imkonini beradi: 
bolalarning bilish sohasini faollashtirish; har bir bolaga shaxsiy jihatdan mos kelishi va turli darajadagi 
topshiriqlarni bajarishga imkon berishi; o‘rganishga bo‘lgan intilishini oshirish (motivatsiya); differensial 
yondashuvni amalga oshirish; o‘qish, yozish, ijodiy malakalarni samarali shakllantirish; o‘quv faoliyati 
odatlarini shakllantirish (rejalashtirish, refleksiya, o‘z-o‘zini boshqarish). [1]
Kompyuterdan foydalaniladigan mashg‘ulotlar bolaning sog‘ligini asrash uchun sanitariya-gigiyena 
qoidalariga rioya qilgan holda fragmentar tarzda olib borilishi kerak:
1. Kompyuterning yangi modellaridan foydalanish.
2. Haftada ikki martadan ortiq o‘tkazilmaydigan bir mashg‘ulot mobaynida kompyuterdan qisqa vaqt 
ichida foydalanish (5–10 daqiqa) (bolaning yoshi va asab tizimining xususiyatlarini inobatga olgan holda).
3. Ko‘z uchun mashqlarni bajarish, kompyuter bilan ishlash mobaynida har 1,5 – 2 daqiqa mobaynida 
ko‘zni bir necha soniyaga kompyuterdan boshqa joyga qarash.
Multimedia texnologiyalari o‘zi nima va ulardan logopedik mashg‘ulotlarda qanday qilib foydalanish 
mumkun:
1. Buning uchun multimedia texnologiyalarini logopedik mashg‘ulotlarda qo‘llash haqidagi adabiyotlarni 
tahlil qilib chiqish lozim.
2. Multimedia texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llashning imkoniyatlarini va ularning boladagi 
bilish jarayonlariga ta’sirini o‘rganish.
Logoped doimo zamon bilan hamnafas bo‘lmog‘i, ya’ni bolalarning foydasi uchun barcha metodlardan 
foydalanishi lozim. Nutqning to‘liq rivojlanmasligidagi murakkab tuzilish idrokning saqlanib qolgan 
jihatlariga yo‘naltirilgan rejali korreksiya ishi tizimini belgilab beradi. Multimedia texnologiyalari bolaning 
faoliyatini tashkil qilishda va amalga oshirishda turli analizatorlardan foydalanishga imkon beradi.
[1]
Xulosa qilib aytish kerakki, maktabgacha ta’lim sharoitlarida turli xildagi multimedia texnologiyalaridan 
foydalanish mumkin va o‘ta muhim hisoblanadi. Pedagogning bola bilan hamkorlikda tashkil etilgan 
faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib u yorqin, hissiyotlarga boy, ko‘rgazmali materiallarga boy, 
ovoz va videotasvirlardan foydalangan holda olib borilishi lozim. Bularning barchasini amalga oshirishga 
multimedia vositalari imkon beradi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish