22-modda. Garovga qo‘yuvchining majburiyatlari
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi:
har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qo‘yilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi;
garovga oluvchida garov bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish
va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini
qanoatlantirishi shart.
Mol-mulk garovga qo‘yuvchida
qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada
ushbu moddaning
birinchi
qismida
ko‘rsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qo‘yuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi
birinchi
qismida
nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart.
Muomaladagi tovarlar
garovida ushbu moddaning
birinchi
va
ikkinchi
qismlarida
ko‘rsatilgan
majburiyatlardan tashqari, garovga qo‘yuvchi garovdagi tovar bo‘yicha operatsiyalarning alohida hisob-
kitobini yuritishga haqli.