Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

 
 165. Olim b. Sa’d r. r.
 
Bag‘doddin erdi. Va Abu Muhammad Juririy bila suhbat tutub erdi va vara’vu mujohadada komil erdi. 
Aning vafotidii so‘ngra ani tush ko‘rub so‘rdilarki, Tengri sanga ne qildi? Dedi: manga rahmat qildi va 
behishtqa kivurdi. So‘rdilarki, ul muomalatlar uchun? Dedikim, agar ul muomalatlarg‘a boqsam erdi, 
ham anda qolib erdim. 
 166. G‘aylon Samarqandiy q. t.s,
 
Mashoyixiing kiboridindur. Junayd q. s. bila suhbat tutubdur. Va maorifda sohibi taqallum erdi. Ul 
debdurki, orif Tengridan Tengrig‘a boqar va olim dalildin. Va sohibi vajd dalildin mustag‘niydurur. 
 167. G‘aylon Muvasvis r. t. r.
 
Ani G‘ayloni Majnun ham derlar erdi. Iroq mashoyixiing mutaqaddimlaridindur. Xarobalarda bo‘lur 
erdi va elga omizishi yo‘q erdi. Va eldin nima qabul qilmas erdi. Va el ko‘rmas erdiki, ul ne yer. 
Muhammad b. Samin dediki, G‘aylonni Kufaning harobalarida ko‘rdum. So‘rdumki, banda g‘aflat 
xataridin qachon qutulur? Dedikim, ul vaqtiki, anga har ne buyurubdurlar, anga mashg‘ul bo‘lsa va 
andinki nahy qilibdurlar, g‘ofil va o‘z nafsi hisobida oqil. 
 168. Abulabbos Ibn Ato q. t. r.
 
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Muhammad b. Sahl b. Ato Odamiy. Bag‘dodlikdur. 
Mashoyixiing ulamosidin va so‘fiya zurafosidindur. Fasih til. bila yaxshi so‘zlari bor va Qur’ong‘a ahli 
ishorat tili bilan tafsir bitibdur. Ibrohim Moristoniyning sho-girdidur va Junaydning yoronlaridindur. 
Va Shayx Abu Said Xarroz ani ulug‘ tutar erdi. Va Shayx so‘zidurki, (tasavvuf xulqdir, inobat emas. 
Tasavvuf ahlidan Junayddan va ibn Atodan boshqasini ko‘rmadim]
1
. Va Ibn Ato Husayn Mansur 
Halloj jihatidin maqtul bo‘ldi, Zulqa’da oyi uch yuz to‘qsonda. [Ibn Atodan so‘radilar, toatlarning 
afzali qaysidir? Aytdi: Har doim Haq Taoloni mulohaza qilmoq]
2
. Va ul debdurki, bu oyat 
tafsiridakim, [u meni o‘ldirur, so‘ngra tirilturur, ya’ni mendan o‘ldiradi, o‘zi bilan tiriltiradi]
3
. Va ham 
ul debdurkim, bu oyat tafsirida [albatta, «Parvardigorimiz Allohdir» deb, so‘ngra «ustuvor bo‘lgak 
zotlar...», Ibn Ato bu oyatdagi «ustuvor turishlikni» qalbni yolg‘iz Allohga bog‘lash, deb izohlaydi]
4

 
Va u ham ul debdurkim, [adab –do‘st tutilgan narsalar (yaxshiliklar). bilan to‘xtashdir. Buning 
ma’nosn nima?–deb so‘raganlarida, aytdi: Allohga pinhon va oshkor adab bilan muomala qilsang
ajamiy bo‘lsang ham adabli hisoblanasan.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish