III
Katta qatlamga ega qumoq va soz
tuproqlar
3-4
IV
Qumli va qumloq tuproqlar
2-3
V
O’rtacha va og’ir qumoq, bir jinsli yoki quyi
qatlamlarga yengillashib boruvchi og’ir qumoq
2-3
VI
Bir jinsli, zich yoki o’rtacha mexanik tarkibli,
qatlamli tuzilishiga ega og’ir qumoq va soz
tuproqlar
2-3
VII
Qumli va qumloq tuproqlar
1-2
VIII
O’rtacha va og’ir qumoq, bir jinsli yoki quyi
qatlamlarga yengillashib boruvchi og’ir qumoq
1-2
IX
Bir jinsli, zich yoki o’rtacha mexanik tarkibli,
qatlamli tuzilishiga ega og’ir qumoq va soz
tuproqlar
1-2
O’zbekiston Respublikasida 10 - gidromodul rayoni mavjud. 1-gidromodul rayonida suv ko’p berilishi, 10
- gidromodul rayoniga esa kam berilishi mumkin. Buning sababi 1 - gidromodul rayonida sizot suvlar
sathi yer sathiga nisbatan 3 metrdan pastda, 10- gidromodul rayonida esa 1-2 metrda joylashgan
(3.1-jadval).
Qishloq xo’jalik ekinlarining suv iste’moli aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.Nazariy - bug’lanish va energiya fizikasi qonuniyatlari;
2.Metodologik - bunda suv iste’moli havoning harorati va nisbiy namligi bilan uzviy bog’lanishi hisobiga;
3.Ekin hosildorligi va transpiratsiya koeffitsiyenti hisobiga;
4. Maxsus priborlar - lizimetrlar bilan kuzatuvlar bo’yicha, bevosita tajriba yo’li va boshqalar.
3.6. Me’yoridan ortiq sug’orish va uning salbiy oqibatlari
Ekin maydondagi tuproqning unumdorligi pasayishi odatda suv ko’p berish natijasida kuzatiladi. Bundan
tashqari sho’r yuvishga yoki sug’orishga sarflangan ortiqcha suv ham hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Sug’orishga berilayotgan me’yoridan ortiqcha suv ekin uchun ko’plab muammolar tug’diradi. Agar
yetishtirayotgan ekindan mo’ljalangan hosil olinmasa, bu asosan ortiqcha sug’orish orqali yuzaga
keladigan muammolardan biri deb tushinish mumkin, ammo buni oldini olish mumkin. Uni bartaraf etish
uchun ekin maydonini ekishga to’g’ri tayyorlash, ekin talabidan kelib chiqqan holda suv berish kerak va
buning natijasida ko’zlangan hosilni olish mumkin.
Ekin maydoniga me’yoridan ortiq suv berilgan paytda tuproqning havo bilan to’lgan
bo’shliqlarini(g’ovaklarni) suv egallab oladi va natijada o’simlik ildiziga kerakli hajmdagi kislorod yetmay
qoladi. Ya’ni o’simlikdagi havo-suv-tuz-ozuqa tartibi buziladi. Bu hodisa tuproqda namlik me’yorining
oshib ketishidan ya’ni zaxlanishdan dalolatdir. Bu muammo tuproqdagi mavjud ozuqa elementlarning
kamayishiga sabab bo’ladi va o’simlikning ozuqalarni o’zlashtirishini pasaytiradi. Ko’pchilik fermerlar bu
muammoni juda kech anglab yetadilar. Olimlar ekinni sug’orish normalarini tuproqning mexanik tarkibi,
sizot suvlari joylashishi, hamda ekin turiga qarab belgilash ekin hosildorlikkini keskin oshirishini
aniqlashgan.
Suvni ko’p berish natijasida kelib chiqadigan salbiy natijalar nimalardan iborat: