18-variant
1. Quyida keltirilgan gapdagi fonetik yozuv asosida
yozilgan so‘zlar sonini aniqlang.
Xalqimizning tilagi bitta - tinchlik.
A) 4 ta В) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta
2. Quyidagi qaysi gap(lar)da son otlashmagan?
1) Chollarning ikkalasi ham yetmish yoshdan oshgan
edi. 2) Ikkovi bitta zog‘ora nonni yeb qo‘yishdi. 3)
Ikkala kishi darvozadan kirib keldi. 4) Ikkalamiz
imtihonlarga puxta tayyorlandik.
A) 1, 2, 4
B) 2, 4
С) 1, 3,4
D) 3
3. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz,
Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.
Ushbu she’riy parchadagi so‘zlar tarkibida necha
o‘rinda shovqinli portlovchi jarangsiz undosh
mavjud?
A) 7 B) 6 C) 8 D) 9
4. Berilgan qaysi maqollar o‘zaro ma’nodosh
maqollar sanaladi?
1) Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi. 2) Yolg'iz
baloga, indamasang, ko‘payadi. 3) Shamol bo’lmasa,
daraxtning uchi qimirlamaydi. 4) Oz-oz o‘rganib
dono bo’lur.
A) 1,2,3
B) 1,2,3,4
C) 1,2
D) 1,3,4
5. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A) Oltin bilan olib boimas qolgan ko‘ngilni.
B) Zolimdan vafo tilama.
C) Ey kabutar, osmonga parvoz qil, havoda charx
urib, har xil o‘yinlar ko'rsat.
D) To‘g‘ri so‘z toshni yorar.
6. Yangi hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda qancha
til bor?
A) uch mingga yaqin
B) ikki mingdan ortiq
C) besh mingdan ortiq
D) yetti mingga yaqin
7. Metafora usulida ma’no ko'chishi sodir bo’lgan
qaysi birlikda paronim juftiga ega so‘z qatnashgan?
A) qattiq tartib o'rnatmoq
B) tuz totmoq
C) darz payola
D) temir intizom
8. Qaysi javobda imlo qoidasiga oid noto‘g‘ri fikr
berilgan?
A) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomi
tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harf bilan yoziladi.
B) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan
yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi.
C) Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomidagi har
bir so‘z bosh harf bilan yoziladi.
D) Qisqartma so’zlar har doim qo’shib yoziladi.
9. Quyida berilgan parchadagi olmosh(lar)ning turi va
u(lar) ning sintaktik vazifasini aniqlang. Aybdor o‘zi
har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror
qildi.
A) o'zlik va belgilash; ega va aniqlovchi
B) ko‘rsatish va belgilash; ega va aniqlovchi
C) o‘zlik; aniqlovchi
D) o‘zlik va belgilash; aniqlovchi va aniqlovchi
10. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq,
Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq.
Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni,
Aqling botmon bo'lsin, vazning bir qadoq.
She’riy matndagi o‘zaro shakldosh bo'lgan
so‘zlarning ma’nolari qaysi javobda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
A) o’lchovli tosh, teridagi qattiq qavariq, og'irlik
o'lchov birligi
B) ma’lum miqdordagi choy, teridagi qattiq qavariq,
o‘lchovli tosh
C) chega, teridagi qattiq qavariq, og'irlik o‘lchov
birligi
D) uch o'rinda ishlatilgan «qadoq» so‘zi shakldosh
bo'lmay, balki bir so‘zning turli ma’nolaridir
11. Qaysi gapda qatnashgan barcha ko'makchilar
yasama so‘z bilan ifodalangan gap bo‘laklarini
shakllantirishga xizmat qilgan?
A) “Tinchlik tufayli ellar obod, xonadonlar tinch, –
dedi otaxon donishmandlik bilan, – bu haqda bilib
qo‘ying”.
B) U xuddi usta zargarlar kabi uzukni boshdan - oyoq
aylantirib qaradi, ammo hech narsani sezmagani
uchun uni Naziraga qaytarib berdi.
C) «Goho miriqib dam olish uchun ham vaqt ajratish
kerak- da», - dedi u beg‘uborlik bilan tog‘ tomonga
qarab.
D) U do'stidan xavotirlangani uchun changalzor
tomon yurdi- yu, biroz qo'rqoqligi tufayli u yerga
kirishga ikkilandi.
12. Tarkibidagi portlovchi undosh sirg‘aluvchi
undosh kabi talaffuz qilinadigan so‘zlarni belgilang.
A) obod, fabrika
B) tuzsiz, ijtimoiy
C) maqsad, taqdim
D) iztirob, Matiz
13. Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: «Yo‘q, ovora
bo‘lmay qo‘yaqol, men seni qo‘yib yubormayman.
O‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga xiyonat
qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor
do‘stning o‘lgani yaxshi». Berilgan gapda ishtirok
etgan yasama so‘zlar sonini toping.
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 7 ta
D) 8 ta
14. Qaysi qatorda ham ko‘chma, ham o‘z ma’nosida
qo‘llana oladigan birliklar ko’rsatilgan?
1) to’lib-toshmoq;2) iliq suv; 3) yengil qarash; 4) o‘t
yoqmoq; 5) yo‘l ochmoq; 6) ko'ngil ochmoq.
A) 1, 2, 4, 5
В) 1, 4, 5
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 3, 4, 5, 6
15. Quyida keltirilgan parchadagi fonetik o‘zgarishga
uchragan so‘zlar sonini aniqlang.
Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t
so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xo‘rliklarni oyoq
ostiga olib toptamaganimcha yashashim shart.
Yashayman!
A) 4 В) 3 C) 2 D) 5
16. Qaysi gapda ham affikisatsiya, ham kompozitsiya
usulida yasalgan so‘zga nisbatan hokim bo'lgan
bo‘lak tarkibida o‘rniga ko‘ra lab va til undoshlari
ishtirok etgan?
A) Yigit oynaga qarab oldi- da, sartaroshxonadan
shoshib chiqib ketdi.
B) Sovuqqon odamlar bo‘lar- bo‘lmasga hovliqib
yoki tutaqib ketmaydilar.
C) O‘z xalqini cheksiz sevuvchi, el-yurt manfaatlari
uchun jonbozlik ko‘rsatuvchi har bir insonda
vatanparvarlik tuyg‘usi yuqori bo‘ladi.
D) Kelinglar, tabiatning saxiyligiga nonko'rlik
qilmaylik!
17. Tarkibida faqat yuqori tor unlilar va undoshlar
qatnashgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) musiqa, lirika
B) kibor, musiqa
C) muqim, uyushiq
D) muhit, zehn
18. Nutq jarayonida qulayligiga erishish harakati
tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro
ta’siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashiga nima
deyiladi?
A) fonetik hodisalar
B) metateza
C) assimilatsiya
D) tovush moyillashuvi
19. Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atagan
tortig'idir, kitob insonning eng aziz do‘sti, yaqini
sanaladi. Ushbu gapda qatnashgan aniqlovchilar
haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping.
A) Ushbu gapda aniqlovchilarning kesimga
tobelanishi kuzatiladi.
B) Ushbu gapda qaratqich aniqlovchining egaga
tobelanishi kuzatiladi.
C) Ushbu gapda aniqlovchining maqsad holiga
tobelanib kelishi kuzatiladi.
D) Ushbu gapda aniqlovchining aniqlovchiga
tobelanishi kuzatiladi.
20. Qaysi imlo qoidasiga ko‘ra o‘zlashma so‘zlarning
aynan yozish qoidasiga rioya qilinadi?
A) fonetik yozuv qoidasiga ko‘ra
B) morfologik yozuv qoidasiga ko‘ra
C) shakliy yozuv qoidasiga ko‘ra
D) tarixiy-an’anaviy yozuv qoidasiga ko‘ra
21. Vilvam LShekspirning adabiyot homiysi bo’lmish
yosh gersog Sautgemptonga bag’ishlangan, ketma-ket
sakkiz marta nashr qilingan dostoni qanday
nomlanadi?
A) «Venera va Adonis»
B) «Lukretsiya»
C) «Xatolar komediyasi»
D) «Romeo va Juletta»
22. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixidagi
siyosiy- didaktik lirikaning yorqin namunasi
hisoblanadi?
A) «Ustina» g‘azali
B) «Dahr uyi» tarji’bandi
C) «Shohidi iqbol» asari
D) «Qasidayi nasihat» asari
23. Qaysi javobda romanlar turkumi nomi berilgan?
A) «Forsaytlar haqida qo‘shiq» (Jon Golsuorsi)
B) «Jan Kristof» (Romen Rollan)
C) «Qora dengiz to‘lqinlari» (Valentin Katayev)
D) «Botu» (Vasiliy Yan)
24. Quyidagi misralar muallifi kim, she’rning vaznini
aniqlang.
Alisherga alla aytib uxlatgan Sen - ona,
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan Sen - ona.
A) A. Muxtor; qo'shma vazn
B) E. Vohidov; murakkab vazn
C) Mirtemir; qo'shma vazn
D) A. Oripov; sodda vazn
25. «Yatimat ad-dahr»da keltirilgan she’rlar qaysi
janrga mansub?
1) qasida; 2) vasf; 3) hajv; 4) marsiya; 5) fard; 6)
masnaviy; 7) qit’a; 8) g'azal; 9) mustazod; 10)
urjuza;11) musaddas.
A) 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10
B) 1, 2, 3, 5, 6, 8, 10
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 11
D) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 10
26. Vilyam Shekspirning «Otello» tragediyasida ro‘y
bergan fojia oqibatlari xabarini Venetsiyaga
yetkazishni kim o‘z bo'yniga oladi?
A) Montano B) Lodoviko
C) Brabansio D) Gratsiona
27. Quyidagi misralardagi raviyni aniqlang.
Alar chun aylagach sayr-u safolar,
Esimg‘a tushdi yor-u oshnolar...
A) safolar, oshnolar so'zlaridagi - r
B) safolar, oshnolar so'zlaridagi - l
C) safolar, oshnolar so‘zlaridagi - о
D) sayr-u, yor-u so‘zlaridagi - r
28. Odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy
qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan oimas asar
qaysi?
A) Ch. Aytmatov «Asrga tatigulik kun»
B) Shekspir «Otello»
C) Pushkin «Yevgeniy Onegin»
D) Pushkin «Ruslan va Lyudmila»
29. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo‘nalishda
bitilgan pyesa hisoblanadi?
A) «Qiyshiq oyna» (Chexov)
B) «Tubanlik kishilari» (Jek London)
C) Maysaraning ishi» (Hamza)
D) «Oltin buzoqcha» (Ilf va Petrov)
30. Erkin Vohidov qo‘shma vaznda yozgan she’rining
nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) «Majnuntol»
B) «Tong lavhasi»
C) «O‘zbegim»
D) «Kamtarlik haqida»
Do'stlaringiz bilan baham: |