Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги



Download 467,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/33
Sana20.06.2021
Hajmi467,84 Kb.
#71423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 



 

 

I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy 

asoslari. 

1.1.Muammoni о„rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik 

adabiyotlar taxlili. 

 

Nutq  buzilishlarini  tahlil  qilish  tamoyillariga  ta‘rif  bergan  dastlabki 

tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо‗pchilik olimlar 

nutq  buzilishlari,  ularning  kelib  chirqish  sabablarini,  bartaraf  etish  hamda  fiqo-

mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq 

buzilishlarini  о‗rganish  borasida  qо‗lga  kiritgan  muvaffaqiyatlarining  katta  ta‘siri 

bо‗lib,  A.Kusmaul  nutq  buzilishlarining  dastlabki  turlari  haqidagi  yig‗ilgan 

tasavvurlarini  tanqid  ostiga  oldi;  ularni  sistemalashtirdi,  atamalarni  tartibga  keltirdi. 

XX  asr  boshida  chet  ellik  va  rus  tadqiqotchilari  V.Oltushevskiy,  G.Gutsman,(5) 

E.Freshels,  S.M.  Dobrogayevlarning  ishlarida  asos  qilib  olindi.  Buning  umumiy 

tomoni  kо‗p  edi;  etlopotogeneztik  mezon  bilan  tо‗ldirilgan  klinik  yondashuv, 

buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о‗rtasidagi 

bog‗lanish,  bunday  xollarda  nutq  buzilishlari  kо‗pincha  u  yoki  bu  kasallikning 

alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо‗z 

yasovchi  elementlaridan  tashkil  topgan  atamalardan  qо‗llanilgan.  Tasniflar  о‗rtasida 

buzilishlarni  guruhlashning  turli  prinsiplari,  shuningdek,  u  yoki  bu  mezonni 

tasniflashning  muhimlik  darajasiga  bо‗lgan  qarashlaridagi  ayrim  qarama-qarshiliklar 

bilan bog‗liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi. 

Nutqiy sistema bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri 

nutq  faoliyatining  о‗ziga  xos  vazifasini  bajaradi.  A.R.Luriya  miya  faoliyatini  uchta 

funksional blokka ajratadi. 

1-blok - bosh miya pо‗stlog‗i osti haqidagi bilimlarni о‗z ichiga oladi. U bosh 

miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta‘minlaydi.  



 

 

2-blok  -  orqa  miya  qatlami  katta  yarim  sharlari  bо‗laklarni  о‗z  ichiga  oladi, 



tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqdaydi. 

 

U  bilish  jarayonining  amalga  oshiradigan  asosiy  miya  apparati  hisoblanadi. 



Uning  tuzilishi  birlamchi,  ikkilamchi  va  uchlamchi  doiralarga  ajratadi.  Birlamchi 

doira - miya qatlamlarining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori 

darajada  о‗ziga  xosligi  bilan  ajralib  turadi.  Ularda  alohida  sezgi  a‘zolaridan  sezgi 

axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi 

doiralari  ustidan  ikkilamchi  doiralar  qurilgandir.  Ular  birlamchi  doira  orqali  olingan 

qо‗zg‗alishlarni  tahlil  qiladi.  Ikkilamchi  doiralar  kabi  о‗zining  ixtisosiy  modelligi 

(kо‗rish, eshitish)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorlar 

(kо‗rish,  eshitish)ning  bosh  miya  qatlami  birikmasini  о‗zida  namoyon  etadi. 

Uchlamchi  doiralar  analizatorlarning  miya  kqtlami  bо‗linmalarini  о‗zgartirish 

doiralari  hisoblanadi.  Ular  turli  modallikda  olingan  sezgi  axborotlarini  tahlil,  sintez, 

integratsiya qilish vazifasini о‗taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror 

va  tashqi  darajasidan  simvolik  darajaga  e‘tiborni  qaratish  munosabatlari  murakkab 

logik-grammatik  sо‗zlar  qurilish  haqidagi  bilimlar  bilan  ish  kо‗rishga  о‗tish  sodir 

bо‗ladi. 

3-blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bо‗limlari (motor, motor oldi va 

old  frontal  soxa)  doirani  о‗z  ichiga  oladi.  Bu  blok  inson  faoliyatining  rejalashtirish, 

moslashtirish  va  nazorat  qilishni  ta‘minlaydi.  U,  shuningdek,  miya  qobig‗i  ostidagi 

a‘zolar  faoliyati  barcha  sistemalarning  tonusi  va  tetik  holatini  ular  faoliyati  oldiga 

qо‗yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha 

bloklarning birgalikda ishlash natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok 

nutq jarayonida alohida maxsus о‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.  

Rossiyada kо‗pchilik tadqiqotchilar duduqlanishni nutq sohasidagi funksional 

buzilish,  nutq  nevrozi  (I.A.Sikorskiy;  I.K.Xmelevskiy;  E.Anders  va  boshqalar)  deb 

qaradilar yoki uni nutq apparatidagi g‗ayriixtiyoriy harakatda ifodalanadigan sof ruhiy 

xastalik deb (Xr. Laguzen; G.R.Netkachev), psixoz deb (Gr. Kamenka,) belgiladilar. 



 

 

XX  asr  boshlariga  kelib  duduqlanish  mexanizmlari  haqidagi  barcha 



tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkin: 

1) 


Duduqlanish 

nutq 


markazlarini 

muvofiqlashtiruvchi 

apparatning 

qо‗zg‗aluvchanligi zaiflashuvi oqibatida sodir bо‗ladigan koordinatsion nevrozdir. Bu 

G.Gutsman,  I.A.Kussmaulning,  keyinchalik  I.L.Sikorskiyning  ular  duduqlanishni 

nevrotizm  jarayoni:  duduqlanish,  bu  –  pay  tortishiga  о‗xshash  spazmalardir,  deb 

tushuntirishdi. 

2)  Duduqlanish  –  ruhiy  harakterdagi  assotsiativ  buzilishidir.  Bu  yо‗nalish 

T.Gefner  va  E.Freshels  tomonidan  olg‗a  surilgan.  A.Libmann,  G.D.Netkachyov, 

Y.A.Florenskaya (6) uning tarafdori edilar. Duduqlanish mexanizmlarini tushunishga 

nisbatan psihologik yondoshuv о‗zining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi. 

3)  Duduqlanish  ruhiy  jarohatlanishda  atrof-muhit  bilan  bо‗ladigan  turli 

ziddiyatlar  natijasida  rivojlanuvchi  g‗ayrishuuriy  kо‗rinishdir.  A.Adler,  Shneyder  bu 

nazariya  tarafdorlari  edilar.  Ularning  fikriga  kо‗ra  duduqlanish  bir  tomondan,  shaxs 

atrofdagilar  bilan  muloqotda  bо‗lishining  turlicha  imkoniyatlaridan  yiroqlashish 

xohishida,  boshqa  tomondan  –  atrofdagilarda  bunday  namoyishkorona  xastalikka 

nisbatan hissiyot tuyg‗ularini jumbushga keltirish istagida namoyon bо‗ladi. 

Shunday  qilib,  XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlarida  duduqlanish  bu  murakkab 

psixofizik  buzilishdir,  degan  fikrga  kelina  boshlandi.  Ayrimlarning  e‘tirofiga  kо‗ra, 

uning  asosida  fiziologik  harakterdagi  buzilish  yotadi,  ruhiy  jihatlar  esa  ikkilamchi 

xarakterga  ega  (A.Gutsman;  A.Kussmaul;  I.A.Sikorskiy  va  boshqalar).  boshqalar 

ruhiy  jihatlarni  birlamchi,  fiziologik  kо‗rinishlarni  esa  –  ruhiy  notо‗kisliklarning 

oqibati,  deb  hisobladilar  (Xr.  Laguzen  ;  A.Koen;  Gr.  Komenka;  T.D.Netkachyov  va 

boshqalar).  Duduqlanishni  hatto  kо‗tilish  nevrozi,  qо‗rquv  nevrozi,  notо‗kislik 

nevrozi,  bog‗lanishsiz  nevroz  va  boshqalar  sifatida  kо‗rib  chiqishga  о‗rinishlar  ham 

bо‗ldi. 


XX  asrning  о‗rtalariga  kelib  duduqlanish  mexanizmini  I.P.Pavlovning  inson 

oliy  nerv  faoliyati  va,  qisman,  nevroz  mexanizmi  haqidagi  ta‘limotlariga  suyangan 




 

 

holda  kо‗rib  chiqa  boshlashdi.  Bunda  ayrim  tadqiqotchilar  duduqlanishni  nevroz 



alomati  tarzida  (Y.A.Florenskaya,  Y.A.Povorinskiy  va  boshq.),  boshqalar  –  uning 

alohida  formasi  sifatida  (V.A.Gilyarovskiy,  M.B.Xvatsev,  I.P.Povarnin,  N.I.Jinkin, 

V.S.Kochergina  va  boshq.)  talqin  qildilar.  Lekin  ikkala  holatda  ham  duduqlanish 

rivojlanishining  bu  murakkab  va  turlicha  mexanizmlari  nevroz  mexanizmlari 

rivojlanishi  uchun  umuman  yagonadir.  Duduqlanish  boshqa  nevrozlar  kabi 

qо‗zg‗alish, tormozlanish va patologik shartli refleksning shakllanish jarayonlaridagi 

zо‗riqishni keltirib chiqaradigan turli sabablar natijasida paydo bо‗ladi. Duduqlanish, 

bu  –  alomat  ham,  alomatlar  yig‗indisi  ham  emas,  balki  markaziy  nerv  sistemasining 

umuman xastalashuvidir (V.S.Kochergina). 

Tadqiqotchilar bolalardagi nutq buzilishlari tasnifi masalalarini ishlab chiqishda 

ikkita  yо‗nalishga  ajraladilar.  Birinchi  yо‗nalish  tarafdorlari  nutq  buzilishlarining 

umumiy logopediyaga daxldor an‘anaviy nomenklaturasini saqlab qoldilar. Lekin uni 

yangi  mazmun  bilan  boyitdilar.  Boshqa  yо‗nalish  tarafdorlari  an‘anaviy  bо‗lgan 

nomenklaturani  inkor  etdilar  va  nutq  buzilishlarining  yangi  guruhini  tuzdilar. 

Shunday qilib, nutq buzilishining ikki turi tibbiy-pedagogik va psixolo-pedagogik va 

pedagogik  turini  R.YE.Levina  asoslab  berdi.  Nutqning  tо‗liq  rivojlanmay  qolishi  - 

turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va 

ma‘noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan 

bо‗ladi.  Umumiy  alomatlar  sifatida  quyidagilar  qayd  qilinadi;  nutq  rivojlanishining 

kech  boshlanishi,  lug‗at  boyligining  kamligi,  agrammatizm,  talaffuzdagi  nuqsonlar, 

falmalar  tuzilishidagi  nuqsonlar.  Nutqning  bunday  rivojlanmay  qolishi  turlicha 

darajalarda  aks  etishi  mumkin;  nutqning  yо‗qolishi  yoki  uning  noaniq  bog‗lanishsiz 

holatidan  mukammal  holatigacha,  lekin  bunda  fonetik  va  leksik  grammatik 

rivojlanmay  qolish  elementlari  bо‗ladi.  Bolada  nutq  vositalarining  shakllanganlik 

darajasiga  qarab  tо‗liq  rivojlanmay  qolishi  uch  darajaga  bо‗linadi.  P.K.Anoxin, 

A.N.Leontyev,  A.R.Luriya  va  boshqa  olimlarning  olib  borgan  tadqiqotlariga  kо‗ra, 

har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlav" bо‗lmay, balki markaziy 



 

 

asab  sistemasining  turli  joylarida  joylashgan  murakkab  funksiyalar  tuzumi 



hisoblanadi.  Odam  nutqi  tushunarli  va  manoli  bо‗lishi  uchun  nutq  azolarining 

harakatlari  aniq  va  tо‗g‗ri  bо‗lishi  kerak.  Qadimgi  grek  faylasufi  va  shifokori 

Gippokrat bir qator nutq buzulishlarining sababini kо‗rsatib о‗ttan. Yana boshqa grek 

faylasufi  Aristotel nutq hosil  bо‗lish  jarayonini periferik nutq  apparatining  anatomik 

tuzilishi  bilan  bog‗lab,  anatomik  tuzilishdagi  kamchiliklarni  nutq  buzilishiga  sabab 

qilib  kо‗rsatgan.  Yuqoridagilardan  shuni  aytish  mumkin-ki,  antik  davr  olimlarining 

tadqiqotlaridayoq  nutq  buzilishi  sabablarini  tushunishda  ikki  yо‗nalishga  bо‗lishgan. 

Birinchi  yо‗nalish  Gippokrat  nuqtai-nazari  bо‗lib, bosh  miyaning  jarohatlanishi nutq 

buzilishlarining  kelib  chiqishiga  sabab  bо‗luvchi  bosh  omil  ekanligi  takidlangan. 

Ikkinchi  yо‗nalish  Aristotelga  tegishli  bо‗lib,  periferik  nutq  apparatining 

buzilishlarining  sababi  etib  kо‗rsatilgan.  Nutq  buzilishlari  etiologiyasida  bosh  miya 

jarohatlanishining  "о‗z  о‗rni"  borligini  eramizdan  400  ming  yil  avval  Gippokrat 

tomonidan  aytilgan  bо‗lsa,  bunga  haqiqiy  ilmiy  tasdiq    fransuz  shifokori  Pol  Broka 

tomonidan  bosh  miyada  nutq  markazi  mavjudligi  va  bu  markaz  jarohatlanish 

buzilishini  keltirib  chiqaruvchi  omillarni  kо‗rsatib  berilgandan  sо‗ngina  berilgandir. 

Xuddi  shunga  о‗xshash  kashfiyot  yilda  Vernike  tomonidan  ham  amalga  oshirilgan. 

S.M. Dobrogayev   nutq buzulishlari sabablari orsida quyidagilarni ajratib kо‗rsatdi. 

1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari. 

2. Anatomik nutq apparatida patalogik о‗zgarishlar. 

3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmasligi. 

4. Organizmning umumiy nevropatik holati. 

M.YE.Xvatsev  nutq  buzulishi  sabablarini  ichki  va  tashqi  omillarga  ajratadi. 

Shu  bilan  birga  organik  (anatomik-fiziologik),  (morfologik)  funksional  (psixogek) 

ijtimoiy  psixologik  va  psixo-nevrologik  sabablarni  ajratib  kо‗rsatdi.  Funksional 

sabablarni  M.YE.Xvatsev,  I.P.Pavlov  ta‘limoti  orqali  tushuntirdi.  Bu  talimot 

markaziy  nerv  sistemasida  qо‗zg‗alish  va  tormozlanish  jarayonlarining  о‗zaro 




 

 

munosabatini buzilishi haqida bо‗lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional, 



markaziy va periferik sabablarning о‗zaro munosabati mavjudligini takidlaydi. 

Nutq  buzilishlari  sababi  deganda  -  organizmga  tashqi  yoki  ichki  zararli 

omilning  ta‘sir  etishi  yoki  ularning  о‗zaro  aloqasini  tushunish  mumkin, 

qaysiki,  bu  nutq  buzilishi  xususiyatini  aniqlaydi.  Nutq  buzilishining  umumiy 

kо‗rinishi  kо‗pchilik  olimlar  va  tadqiqotchilar  har  xil  fikrlarida  isbotladilar. 

Bolalarda va kattalarda uchraydigan eng kо‗p duduqlanish nutq nuqsoni bо‗lib 

bu  nuqson  bо‗yicha  о‗tgan  asrlarda  ham  kо‗p  olimlar  bu  muammoga 

qiziqqanlar va davolash ishlarini olib borganlar. Duduqlanish - bu nutq apparati 

muskullarining tortishish natijasida nutqning sur‘at - ohangining buzilishidir. 

Qadimgi  davrlarda  duduqlanishni  kо‗proq  bosh  miyada  namlikning 

tо‗planib  qolishi  (Gippokrat)  yoki  artikulyatsion  apparat  qismlarning  о‗zaro 

notо‗g‗ri  munosabati  (Aristotel)  bilan  bog‗lik  holdagi  kasallik  deb  qarashgan. 

Duduqlanish  paytida  nutk  apparatining  markaziy  yoki  periferik  (sirtqi) 

bо‗limlarida  buzilish  bо‗lishi  mumkinligini  Galen,  Sels  va  Ibn  Sino  e‘tirof 

etdilar. 

XVII  -  XVIII  asrlar  arafasida  duduklanishni  tashki  nutk  apparatining 

yetilmaganligi  okibati  sifatida  talqin  etishga  urinishgandi.  Masalan, 

Santorimining  ta‘kidlashicha,  duduklanish  qattiq  tanglayning  yorilgan  paytida 

vujudga  keladi  va  gо‗yo  shu  yorik  orkali  tilga  suyuqlik  tushadi  hamda  nutkni 

kiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jag‗ning notо‗g‗ri chuqurlashuvi va unda 

kichik  tilcha  borligi  bilan;  Erve  -  de  -  Cheguan  -  til  uzunligi  va  ogiz 

bо‗shlig‗ining hajmi orasidagi о‗zaro munosabat yoki uning kalta yuganchaga 

nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‗liq holda, deb tushuntirdi. 

Boshqa  tadkiqotchilar  duduklanishni  nutk  a‘zolari  harakatlarining 

buzilishi:  ovoz  kovagining  gayriixtiyoriy  yopilishi  (Arnot,  Shultess);  haddan 

tashqari  tez  nafas  chiqarish  (Bekkeral);  muskullarning  tilni  og‗iz  bо‗shlig‗ida 

ushlab  qoladigan  darajada  spazmatik  qiskarishi  (Itar,  Li,  Diffenbax);  tafakkur 



 

 

va  nutk  jarayonining  nomuvofiqligi  (Blyume);  kishi  irodasining  nutk  harakati 



mexanizmi  muskullari  kuchiga  ta‘sir  etadigan  darajada  mukammal  emasligi 

(Merkel) va boshkalar bilan bog‗laydilar. 

XX  asr  boshlariga  kelib  duduqlanish  mexanizmlari  hakidagi  barcha 

tushunchalarni uchta nazariy yо‗nalishga ajratish mumkinligi aniklandi; 

1. 

Duduklanish  nutq  markazlarini  muvofiklashtiruvchi  apparatning 



qо‗zg‗aluvchanligi,  zaiflashuvi  okibatida  sodir  bо‗ladigan  korreksion 

nevrozdir. 

G.Gusman, 

I.A.Kussmaulning, 

keyinchalik 

I.L.Sikorskiylar 

duduqlanishni  nevrotik  jarayoni:  duduklanish,  bu  -  pay  tortishishiga  о‗xshash 

spazmalardir; 

2. 

Duduqlanish  -  ruhiy  xarakterdagi  assotsiativ  buzilishdir.  Bu  yо‗nalish 



T.Gifner 

va 


YE.Freshels 

tomonidan 

olga 

surilgan 



A.Libmann, 

G.D.Netkachyov,  Y.A.Florenskaya  uning  tarafdori  edilar.  Duduqlanish 

mexanizmlarini 

tushunishga 

nisbatan 

psixologik 

yondashuv 

о‗zining 

navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi. 

3. 


Duduqlanish  ruhiy  jarohatlanishda  atrof  -  muhit  bilan  bо‗ladigan  turli 

ziddiyatlar  natijasida  rivojlanuvchi,  g‗ayrishuuriy  kо‗rinishdir.  A.Adler, 

Shneyder bu nazariya tarafdorlari edilar. Ularning fikrlariga kо‗ra duduqlanish 

bir  tomondan  shaxs  atrofdagilar  bilan  muloqotda  bо‗lishning  turlicha 

imkoniyatlaridan  yiroqlashish  xohishida  boshqa  tomondan  atrofdagilarda 

bunday  namoyishkorona  xastalikka  nisbatan  his  tuyg‗ularini  junbushga 

keltirish istagida namoyon bо‗ladi. 

Shunday  qilib,  XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  duduqlanish  -  bu 

murakkab  psixofizik  buzilishdir,  degan  fikrga  kelina  boshlandi.  Ayrimlarning 

e‘tirofiga  kо‗ra,  uning  asosida  fiziologik  xarakterdagi  buzilish  yotadi,  ruhiy 

jihatlar  esa  ikkilamchi  harakterga  ega  (A.Gusman;  A.Kussmaul;  Sikorskiy  va 

boshqalar).  Boshqalar  ruhiy  jihatlarni  birlamchi,  fiziologik  kо‗rinishlarni  esa 

ruhiy  notо‗kisliklarning  oqibati,  deb  hisobladilar  (Xr.  Laguzen;  Gr.Komenka; 



 

 

T.D.Netkachyov  va  boshkalar)    (5).  Duduqlanishni  hatto  kutish  nevrozi, 



qо‗rquv  nevrozi,  bog‗lanishsiz  nevroz  va  boshqalar  sifatida  kо‗rib  chiqishga 

urinishlar ham bо‗lgan. 

Duduqlanish  patogenezini  о‗rgangan  kо‗pgina  mualliflar  duduqlanuvchi 

kishilarda  turli  xil  vegetativ  о‗zgarishlar  bо‗lishini  aytishadi.  Masalan, 

M.Zeyman hisobiga kо‗ra, 84 % duduklanuvchi kishilarda vegetativ distoniY. 

Vegetativ asab sistemasining og‗ir buzilish hollarida, xususan duduqlanish 

ikkinchi  planga  kо‗chadi,  qо‗rquv,  hayajonlanish,  vahima,  badgumonlik, 

umumiy  zо‗riqish  yuz  beradi,  kishida  titrashga,  terlashga,  qizarishga  moyillik 

paydo  bо‗ladi.  Bolalik  yoshida  duduqlanuvchilarda  uyquning  buzilishi,  kо‗z 

ilinishi  paytida  chо‗chib  tushish,  zerikarli,  notinch,  yuzaki  uyqular,  tungi 

vahimaga  tushishlar  kuzatiladi.  Kattaroq  yoshdagi  duduqlanuvchilar  bu  kabi 

kechinmalarni  nutq  buzilishi  bilan  bog‗lashga  urinadilar.  Uning  buzilganligi 

tо‗g‗risidagi  fikr  kayfiyatning  doimiy  buzuqligi  bilan  bog‗liq  holda,  turg‗un 

xulq  -  atvorni  keltirib  chiqaradi.  Umumiy  qо‗zg‗aluvchanlik,  ozib  -  tо‗zish, 

beqarorlik va doimiy shubhalik, hollarida, nutq odatda qisqa vaqt yaxshilanishi 

mumkin. Mashg‗ulot paytlarida duduqlanuvchilarda bir maqsadga qaratilganlik 

va  qat‘iylik  tez  -  tez  yо‗qolib  turadi.  Ular  о‗z  imkoniyatlariga,  erishgan 

natijalariga  yetarlicha  baho  bermaydilar,  chunki  nutqning  yaxshilanishi 

ularning umumiy kayfiyatini kam miqdorda yengillashtiradi. 

Duduqlanish  muammosiga  nisbatan  turli  nuqtai  nazarlarni  kо‗rib  chiqib, 

duduqlanishning  paydo  bо‗lish  mexanizmlari  bir  xil  emas,  degan  asosiy 

xulosaga kelish mumkin. 

Ayrim  hollarda  duduqlanish  murakkab  nevrotik  zaiflashuv  sifatida  e‘tirof 

etiladi, u esa bosh miya kobig‗idagi nerv jarayonining izdan chiqishi, qobiq va 

qobiq osti о‗zaro munosabatlarining buzilishi umumiy nutqiy harakatlar (ovoz, 

nafas olish, artikulyatsiya) sur‘atining zaiflashuvi oqibati hisoblanadi.  

I.P.  Pavlovning  oliy  nerv  faoliyati  tiplari  haqidagi  ta‘limotidan  kelib 



 

 

chiqqan  holda  duduqlanish  nutq  nuqsoni  oliy  nerv  faoliyatidagi  funsional 



о‗zgarishlarning belgilaridan biridir. 

Bu  nuqson  qо‗zg‗alish  va  tormozlanish  jarayonlarining  muvozanati 

buzilishlaridan kelib chiqadi.  


Download 467,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish