Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


§ 4. XORIJIY MAMLAKATLARDA FAVQULODDA



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

§ 4. XORIJIY MAMLAKATLARDA FAVQULODDA 
VAZIYATLARDA FUQARO MUHOFAZASI
Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasida xalqaro 
hamkorlik. Xorijiy mamlakatlarda favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilish tizimi xususiyatlari
Jamiyat,   texnika,   texnologiya   va   dunyo   sivilizasiyasining 
taraqqiyotiga qaramasdan dunyo borgan sari halokatlar xavfiga nisbatan 
zaif bo’lib bormoqda. Halokatlar soni esa yildan yilga oshib bormoqda. 
Oxirgi   10   yillikda   ayrim   mamlakatlar   tabiiy   ofatlar   tufayli   o’zlarining 
milliy daromadlarining 5 % ni yuqotdilar. 1998 yili 50 ming odam tabiiy 
ofatlar   va   avariyalar   qurboni   bo’ldi,   iqtisodiy   zarar,   93   mlrd   AQSh 
dollarini   tashkil   etadi.   Bunday   vaziyatda   xavfni   baholash,   yirik 
199


halokatlarni oldini olish, xabar berish va axborotlarni aholiga yetkazish, 
aholini   avariya   va   tabiiy   ofatlardan   muhofaza   qilish   sohasida   aholi 
tayyorgarligi ta’limi hayotiy zarurat bo’lib qolmoqda.
Halokatlarda xalqaro hamkorlik turli mamlakatlar o’rtasidagi ikki 
tomonlama   sharnomalar     tuzish   yuli     bilan   olib   boriladi.     Masalan 
Germaniya bilan Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksenburg, Daniya, 
Avstriya va Shveysariya mamlakatlari  o’rtasida o’zaro yordam to’g’risida 
ikki tomonlama halqaro shartnomalar tuzilgan. 
1931 yilda  Fransiyada tashkil etilgan Jeneva zonalari assosiasiyasi 
(urush davrida fuqarolarni tegishli   toifalari uchun neytral zona ajratish 
uchun)     1958   yilda   Fuqaro   mudofaasi   xalqaro   tashkilotiga   (ICDO) 
aylantirildi. U FM milliy tashkilotlari o’rtasida   tadqiqotlar o’tkazish va 
ko’maklashish,   FVni   oldini   olish,   tayyor   turish   va   xarakat     qilishlari 
urinishlarini muvofiqlashtirish, tajriba almashishni tashkil etish xuquqiga 
egadir.   Tashkilotga   a’zo   davlatlar   vakillari   tashkilotning     1972   yili   1 
martdan   kuchga   kirgan   Nizomiga   kura     unga   xalqaro   xukumatlar   aro 
tashkilot maqomini berdilar. 
1973   yildan   boshlab   Bryusselda   axolini   FVda   shay   turishiga 
tayyorlash   bo’yicha   Butunjaxon   sog’liqni   saqlash   markazi   faoliyat 
ko’rsatib   kelmoqda.   Uning   asosiy   vazifasi   «Ofatlar   epidemiyasi»ni 
o’rganish   buyicha   ilmiy   tadqiqotlar   o’tkazish,     xalokatlar   tibbiyoti 
ehtiyojlari   uchun   axborotlar   tizimini   ishlab   chiqish,   sog’liqni   saqlash 
xodimlarining   katta   va   o’rta   zvenolarini   tayyorlashdan   iborat.   Hozirgi 
vaqtda   Markaz   ilmiy-amaliy   izlanishlar,   kadrlar   tayyorlash   kurslarini 
200


tashkil   etish   va   ustuvor   yo’nalishlar   bo’yicha   loyihalarni   baholash 
masalalari bilan shug’ullanmoqda.
AQShda   80   yillarning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   atrof   muhit 
agentligi kimyoviy avariyalarda tez ishga kirishuvchi tizimlar tashkil etish 
ustida   ishlamoqda.   Yevropada   esa   1987   yili   BMGning   Atrof   muhit 
muhofazasi komissiyasi APELL (mahalliy darajada FVdan ogoh bo’lish va 
tayyor turish) loyihasini amalga oshira boshladi.
Yevropa mamlakatlarning «tez ishga kirishuvchi» kuchlari tizimiga 
harakatdagi brigadalar, otryadlar kiradi. Ular ko’p tarmoqli kasalxonalar 
negizida   tashkil   etiladi   va   ularni   faoliyati   dastlabki   razvedka   ishlarini 
o’tkazishdan boshlanadi. Tizimni tibbiy brigadalari xarakat joyiga   yetib 
kegach,   shikastlanganlarga   tibbiy   yordam   ko’rsatadilar,   jabrlanganlik 
darajasiga   ko’ra   shikastlanganlarni     guruhlarga   ajratadilar,   ularning 
evakuasiyaga   tayyorlaydilar   va   transportda   tashish   vaqtida   tibbiy 
ta’minotni amalga oshiradilar.
Rivojlangan   xorijiy   mamlakatlarda   FVlar   oqibatlarini   tugatish 
ishlarini tashkil etishda davlat va nodavlat tizimlari qatnashadilar. Ularning 
asosiy   vazifasi   FVlarning   oldini   olish   buyicha   tadbirlar   o’tkazish, 
halokatlarda       axoliga   samarali   yordam   ko’rsatishdir.   Yevropadagi 
nodavlat tashkilot sifatida   MSF  (tibbiyot chegarasiz) tashkiloti Fransiya, 
Belgiya,   Niderlandiya,   Shveysariya,   Ispaniya   va   Lyuksenburgni 
birlashtiradi. MSFga kiruvchi tibbiy xodimlar (ko’ngillilar) yagona talablar 
asosida   ishlaydilar   va   xozirgi   paytda   ular   dunyoning   30dan   ortik 
mamlakatlarida faoliyat ko’rsatmoqda. 
201


1999 yil 29 aprelda Gresiya, Rossiya va Shveysariya vakillaridan 
iborat   guruh   rahbarligida   xalaqro   «Fokus»   insonparvarlik   tashkilotini 
tashkil etildi. 5 iyunda ular safiga Avstriya ham qo’shildi. «Fokus»ning 
asosiy   vazifasi   Yugoslaviyada,   Chernogoriyada   jabrlanganlarga   yordam 
ko’rsatish,   sog’liqni   saqlash,   ekologiya,   iqtisodiyot   sohasidagi   harbiy 
kelishmovchilik   oqibatlarini   baholash,   kelishmovchilik   ro’y   bergan 
joylarga   insonparvarlik   tashkilotlarini   qaytarish   uchun   sharoit   yaratish, 
insonparvarlik   tashabbuslari   bilan   kelishmovchilikni   tinch   hal   etish 
yechimlarini   izlashdan   iborat.   «Fokus»ni   muvofiqlashtiruvchi   markazi 
Bern   (Shveysariyada)da   joylashgan   bo’lib   u   Trast   fondiga   va   Belgrad, 
Podgorisa,, Skopye, Sofiya shaharlarida joylashgan omborlarga ega.
Germaniyada   Yevropada   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   radiasiya 
avariyasini   oldini   olish,   qo’llashini   kamaytirish,   hududiy   tarqalishi   va 
tavsiflari, vaziyat rivojini bashoratlash va bunday avariyalar oqibatlarini 
tugatish  ishlarini rejalashtirish  va tashkil  etishga mo’ljallangan  PODOS 
tizimini   4-chi   navbatini   ishga   tushirish   ustida   ish   olib   borilmoqda. 
Loyihani ishlab chiqishda 16 ta Yevropa mamlakatlari ishtirok etdilar.
    O’zbekiston Respublikasida FVV tashkil etilgandan so’ng aholini 
va hududlarni FVdan muhofaza qilish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan 
xalqaro   hamkorlik   amalga   oshirilmoqda.   Hozirgi   vaqtda   kelib   AQSh, 
Germaniya, Italiya, Shvesariya, Shvesiya, Belgiya va MDX mamlakatlari 
bilan o’zaro hamkorlik qilib kelinmoqda.
Turli   mamlakatlarda   FVdan   muhofaza   qilinishi   o’zlariga   yarasha 
xususiyatlari mavjud. Masalan AQSh, Buyuk Britaniya va Kanadada aholi 
FM tuzilmalarida xizmat qilishga ko’ngilli ravishda jalb qilinadi.
202


Mutaxassislar va aholini tayyorlanishni tashkil etishdagi o’ziga xos 
xususiyatlardan   biri   turli   mamlakatlarda   turli   o’quv   mashqlari 
o’tkazilishdir.
Masalan,   NATO  doirasida   har   yili  boshqaruv   organlari,   kuch   va 
vositalari, jamoa tashikilotlari va aholining barcha toifalarini jalb qilgan 
holda   maxsus o’quv   mashqlar o’tkaziladi.  Shveysariyada  bunday   o’quv 
mashqlari   yilida   kamida   3   marta   o’tkaziladi.   Yaponiyada   1971   yildan 
boshlab har yili 1 sentyabr kuni zilziladan muhofaza qilish bo’yicha o’quv 
mashqlari o’tkaziladi.
FVdan aholini va hududlarni muhofaza qilish  tizimining tajribasi 
xorijiy   mamlakatlarga   tegishli   iqtisodiy   mexanizmni   shakllantirishga 
imkon bergan. Bular qator mamlakatlar qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan 
xavfsizlik me’yorlariga amal qilmaganlik uchun korxonalar va mansabdor 
shaxslarga jazolash belgilanishi hisoblanadi.
 Masalan, AQSh da 1977 yilda qabul qilingan qonunga ko’ra bilib 
turib standart talablarini   buzganlik uchun 25000 dollar jarima solinadi 
yoki   1   yilgacha   ozodlikdan   mahrum   qilinadi.   Buyuk   Britaniyada 
ishchilarning hayoti va sog’lig’iga ataylab xavf solganligi moddiy jarima 
va   5   yilgacha   ozodlikdan   mahrum  qilish   chorasi   qo’llaniladi.   Iqtisodiy 
mexanizmning yana bir richagi sug’urta hisoblanadi. Sug’urta majburan 
yoki ko’ngilli ravishda amalga oshiriladi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish