Muxtorjon Murtazoyev
(1909–1994)
Muxtorjon Murtazoyev
1
1909-yil 5-mayda
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga yaqin
bo‘lgan Nursux qishlog‘ida, ziyolilar oilasida
tug‘ilgan. Yosh Muxtorjon ota-onasidan
yosh judo bo‘ladi. Tog‘asi Matmusa aka
tarbiyasida voyaga yetadi. Tog‘asi Nursuxning
mashhur ashulachilaridan biri bo‘lib, o‘z
jiyani Muxtorjonga xalq yo‘llariga mansub
bo‘lgan qo‘shiq va ashulalarni o‘rgatadi. So‘ngra, davrining taniqli
san’atkori Mahram Shodiyev yosh Muxtorjonni o‘z ta’limiga
olib, 1924-yili Yaypan qishlog‘idagi bolalar internatiga o‘qishga
joylaydi. Sozandalik san’atini mashhur san’atkorlar Muydinxon aka
Najmiddinov, Ahmadjon Umrzoqov, Qodirjon Hamdamovlardan
o‘rganadi.
1930-yildan boshlab, viloyat temiryo‘lchilar klubida tashkil
etilgan san’atkorlar guruhida musiqa rahbari lavozimida ish
faoliyatini boshlaydi. 1936-yildan Qo‘qon musiqali drama teatrida
jo‘rnavoz bo‘lib ishlaydi. Ijodiy jamoada ishlash jarayonida u
o‘zining bastakorlik faoliyatini ham boshlaydi. «Kanalimga keling»
(Chustiy), «E, go‘zal, obod elim» (Charxiy) kabi ilk qo‘shiqlarini
yaratadi.
1
S. Begmatov, A. Zokirov. Muxtorjon Murtazoyev. – T., 2008.
57
1942-yili Toshkent viloyati (Muqimiy nomidagi) Yangiyo‘l
musiqali drama teatriga ishga qabul qilinadi. Teatr jamoasiga
zamonaning eng yetuk ustozlari jalb qilingan edi. Ular qatorida xalq
hofizlari Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Saidjon Kalonov,
Yunus Rajabiy, Usta Ro‘zimat Isaboyev, Komiljon Jabborov,
G‘anijon Toshmatov, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, shoirlardan Habibiy
domla, Sobir Abdulla, Chustiy, bosh dirijor Fazliddin Shamsiddinov,
Yetim Bobojonov, musiqa rahbari taniqli bastakor, ustoz To‘xtasin
Jalilov edi.
Muxtorjon Murtazoyev ustozlari bilan hamkorlik jarayonida
o‘zbek musiqiy merosini, ilmini o‘rganadi. Umri davomida musiqa
hamda teatr jamoalari bilan birga faoliyat olib boradi. Atoqli
kompozitorlardan musiqa nazariy jihatlarini o‘rganadi, jumladan,
atoqli rus kompozitorlari M.Gnesin, B.Arapovlardan bastakorlik
ilmini qunt bilan o‘zlashtiradi. Davrining dongdor san’atkorlari
Jalolxon Oxunov, Tavakkal Qodirov, Yorqinoy Hotamova kabilar
bila birga faoliyat olib boradi. Teatrda qo‘yilgan spektakllarga
musiqa tanlash va bastalash bilan birga zamon xonandalari uchun
bir qator ashulalar yaratadi.
Muxtorjon Murtazoyev ijrochilik san’atini mukammal egallagan
va o‘ziga xos ustozlik, bastakorlik tomonlari bilan boyitgan san’at
arbobidir. 20-yillarning oxiridan boshlab Muxtorjon Murtazoyev
mumtoz ijrochilik an’analarini o‘z davrining usta san’atkorlaridan
o‘rganadi. Avvaliga hofizlar Akbar Haydarov, Turg‘un Karimovlar
bilan hamkorlik qiladi. Keyinchalik Madumar hofizdan xonandalik
sirlarini, Umarjon hofizdan skripkada chalishni o‘zlashtiradi.
U avvaliga o‘z shogirdlari bilan birga musiqali spektakllarni
sahnalashtirib, xalq merosidan foydalanib, kuy va ashulalar bilan
bezab keldi. «Ichkarida», «Arshin mol-olon» musiqali dramalari
shular qatoridandir.
Bu sohada Muxtorjon Murtazoyevning ilk ishi atoqli san’atkor
Ahmadjon Umrzoqov yordamida yozgan asari, Abdulla Qodiriyning
58
«Hamma dalaga» va «Uchinchi ko‘klam» inssenirovkalariga musiqa
yaratish bo‘ldi. Shundan so‘ng u «Xolisxon» spektaklining birinchi
variantiga musiqa yozadi. Spektakldagi «Ko‘z yetmas baland
tog‘lar», «Sabo» ariyalari bastakorning muvaffaqiyatlaridan biri edi.
Muxtorjon Murtazoyev ko‘proq mumtoz shoirlar ijodiga
murojaat etib, «Barnolig‘ingizdan», «Vafodorlar», «Malohat»,
«Sunbullaringdan», «O‘rgilay», Navoiy g‘azaliga «O‘n sakkiz
yoshingdadur» muhammasi, Muqimiy g‘azaliga «Yor bo‘lsin»
muhammasi, «Shaxlolaringmu» kabi bir qator asl asarlar
yaratadi.
Bastakor o‘zining amaliyotida katta ashula ijrochiligiga alohida
e’tibor bergan va o‘zlashtirgan hamda ustozlar bilan ijro etgan.
Bu uning bastakorlik faoliyatida asosiy omil vazifasi sifatida
muhrlanadi va ijodkor yaratgan ashulalarning deyarli barchasi katta
ashulaga xos xususiyatlar bilan sug‘orilganligini ko‘rish mumkin.
Buni, ayniqsa, bastakorning mumtoz musiqa yo‘lida yaratgan
asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, bastakorning Haziniy
so‘ziga «Farg‘ona tong otguncha», Kamtar so‘ziga «Tamanno»,
Miskin so‘ziga «Bizni tashlab», Hamza so‘ziga bitgan «Bir ishva
bilan» kabi ashulalarini keltirish mumkin. Bu asarlar o‘zbek musiqa
merosidan alohida o‘rin egallagan. Asarlarning mumtozligi, o‘ziga
xosligi, so‘z va ohangning mutanosibligi, o‘lchov-ritmik jihatdan
bir-biriga uyg‘un ekanligi bilan usullar jozibasi mavjudligi, ijrochi
imkoniyatlarini ochib berishiga imkon yaratadigan xususiyatlar bilan
sug‘orilganligi va sirli ijro asosi mavjudligi, ularning Muxtorjon
Murtazoyev ekanligini ko‘rsatib turadi. Bu bastakorlik uslubiga
xos xususiyatlardir va ularning barchasini katta ashulaning usullar
tobeligidagi jozibali ko‘rinishi desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Shuning
uchun bastakor ijodiyotining originalligini e’tirof etish va zamonaviy
musiqa ijodiyotida o‘ziga xos ta’sir manbayi mavjudligini ham qayd
etish lozim bo‘ladi.
59
Bu jihatlar uning barcha ashulalarida mavjud. Jumladan, «Farg‘ona
tong otguncha» ashulasi bastakorning shoh asarlaridan biridir. Asar
mumtoz shoir Haziniyning «Tong otguncha» radifli g‘azali asosida
yaratilgan.
Asar musiqa shakllarining ashula janriga xosligi bilan
ajralib turadi va tabiatan katta ashula shakli va xususiyatiga mosdir.
Shu bois uning umumiy ko‘rinishdagi shakli ham katta ashulaga
xos nokvadrat tuzilishga ega ekanligi bilan yaqqol namoyon bo‘ladi.
8-misol:
Asar katta ashula uslubida yozilganligi sabab undagi erkinlik
o‘lchov-ritmga asoslanishini e’tirof etish lozimdir. Erkinlikka,
odatda, usulga tayangan holda qo‘shimcha taktlar hisobiga erishiladi.
Ashula asarning asosiy mazmunini beruvchi cholg‘u daromad bilan
boshlanadi.
60
Ko‘rinib turibdiki, cholg‘u muqaddima boshlang‘ich xatni
ham mazmunan, ham shaklan tayyorlab beradi va asarning asosiy
g‘oyasini, lad tizimini, tovush qatori va asosiy turg‘un pardalarini
tasdiqlab, ifodalab beradi.
Avvaliga asar turli usullarda ijro etilgan. Ular orasida
ommabop shakli quyidagichadir: 9-misol. Tong otguncha asarining
ommalashgan usuli:
Asarning ahamiyatli tomoni avj tizimidadir.
Avj asarning eng
yuqori pardalarida ijro etiladi. Uning ustiga katta ashulaga xos
bir nafasda talqin etilishi bilan ham ajralib turadi. Bastakorning
uslubiga xoslik tomoni, yuqori avjdan so‘ng kichik avjning badihali
ko‘rinishi orqali reprizaga o‘tishida namoyon bo‘ladi.
Xuddi shunday holatni «Bizni tashlab» ashulasi namunasida ham
ko‘rish mumkin. 10-misol:
«Tamanno» ashulasida bastakorning betakror uslubi o‘zini na-
moyon etgan. Bu asarga bastakor o‘zgacha yondashsa-da, asosiy
g‘oyani, shaklni va mazmun rivojini oldingi asarlariga xos tarkib-
61
lashtirganining guvohi bo‘lamiz. Asar dastlab Kamtar Otaboyev
muhammasiga bastalangan. Keyinchalik amaliyotda Haydar
Yahyoyev so‘zi bilan ijro etish rasm bo‘ldi.
Asar 4/4 takt o‘lchovi asosida yozilgan. Usuli quyidagicha:
Tonalligi fis-moll frigiy ladiga mosdir. Asar zamonaviy ashula
shakliga xos bo‘lgan 8 taktli cholg‘u muqaddima bilan boshlanadi.
Cholg‘u muqaddima asarning asosiy ohang g‘oyasidan tuzgan.
11-misol:
Bastakorning ijodidagi eng fundamental asar «Tong otguncha»
katta ashula tamoyillari asosida yaratilgan. Shu bilan birga «Tong
otguncha»dagi kuy-ohang majmuyi, o‘lchov-ritmik asosi, lad tarkibiy
jihatlari uning keyingi yaratgan asarlariga bosh mezon bo‘lib xizmat
qilgan.
Muxtorjon Murtazoyevning bastakorlik ijodi faoliyati davomida
amaliyot bilan bevosita bog‘liq holda qaror topgan. Davr talabi
62
doirasida va musiqiy meros an’analari hamda vohaviy xususiyatlar
negizida rang-barang janrlar hisobiga rivojlangan. Bu, avvalo,
XX asrda o‘zbek musiqa an’analariga kirib kelgan musiqali drama
janriga xos qo‘shiq va ashulalar namunasidir. Ikkinchidan, vohaga
xos katta ashulaning janrlik jihatlaridan oqilona foydalanish hisobiga
ishlangan original ashulalardir. Tarkibiy, shakliy, mavzuiy va uning
rivoj tizimining maqom yo‘llariga xos holda ijod etilishi bastakor
ijodiy mahsulining musiqa merosidagi o‘rnini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |