41
She‟reki buvad zi nukta soda,
Monad hama umr yak savoda.
(Tarj.: Nozik ma‘nodan xoli she‘r butun umr bo‗yi bir qoralik bo‗lib qoladi
(yoki bir qoralama bo‗lib qoladi).
Xoja Imod - Masnaviysida xili rang va ziynat bor. ―Layli va Majnun‖g‗a
tatabbu‘ qilibdur. Ko‗p eldin yaxshiroq tushubtur va g‗azal tavrida dag‗i yaxshi tab‘i
bor:
Burd sui lab zabonu shu‟la zad bar joni man,
Kard zohir lam‟ai az otashi pinhoni man.
(Tarj.: Labiga til olib borib, jonimga alanga urdi; yashirin o‗timdan shu‘la zohir
qildi.)
Ko‘pincha bir-ikki jumladagina shoirga va uning ijodiga tanqidiy qiymat
beriladi, shoir kimga va nimaga tatabbu‘ etganligi, u zamonda mavjud bo‘lgan qaysi
adabiy navga (g‘azal, qasida, muammo va boshqalar) ko‘proq qiziqqanligi va undagi
mahorati qayd etiladi. Shoirdan bir-ikki bayt, yo biron qit‘a, ruboiy, muammoni
o‘rnak tariqida keltirish bilan ta‘rif tugallanadi. Tazkira ma‘lumotlari bu davrda
g‘azal janri keng tarqalganligidan dalolat beradi. Bu janrda ijod qilgan shoirlar
Kotibiy, Gadoiy, Lutfiy, Atoiy, Ozariy, Hofizi Sa‘d, Binoiy, Hiloliy, Avhad
Mustavfiy, Mashriqiy, Olim, Muhammad Ali Jaloyir, Nujumiy va boshqalar.
Tazkirada muаmmo, ta‘rix, masnaviy, qasida, g‘azal, ruboiy kabi janrlar o‘rin olgan.
Bularni biz tazkiradagi misollar orqali ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Boshqa she‘riyat
turlaridan satira va yumor (Navoiy bu janrni zarofat, hajv, mutoyiba, hazil va mazoh
deb ataydi) janrida Olim Said, Abdullo Astrobodiy, Jununiy, Mazhar, Sayyid
G‘iyosiddin, Shayhim Suhayliy kabilar qalam tebratganlar. Qasidanavislikda
shoirlardan Ismatullo, Sohib Balhiy, Bobo Savdoiy, Ishqiy, Orifiylar, proza janrida
esa (asosan tarixiy asarlar) Abdulvose‘, Mirhond, Xondamir va boshqalar ijod
qilganlar. Qit‘a, ruboiy, tuyuq kabi lirik janrlar haqida ham tazkirada ma‘lumot
beriladi. Muammo va maqlubi mustaviy kabi poetik turlarni shartli ravishdagina
42
adabiyotga kiritish mumkin. Zeroki, ularda shakl elementlari mavjud
18
. Lekin bu
turlarning tarqqiy etganligining o‘zi o‘sha davrda badiiy mahoratga, shaklga qanday
e‘tibor berilganligi va u qanchalik yuksak darajaga yetkazilganligidan dalolat beradi.
Ba‘zi shoirlar bu turlarda o‘zlarining badiiy mahoratlarini takomillashtirish va
o‘tkirlash maqsadida ijod etganlar - mashq qilganlar. Demak aytish mumkinki, bu
turlardan yuksak maqsad yo‘lida foydalanganlar.
Muammo – arabcha: yashiringan, berkitilgan demakdir. Muammo Sharq
she‘riyatida kichik lirik janr turlaridan biri. Misra‘, bir-ikki baytda (ba‘zan jumla,
ibora yoxud bir so‗z ham bo‗lishi mumkin) ism yoki biror so‗z yashiringan bo‗ladi.
Muammoda esa unga murakkab imo-ishoralar bo‗ladi. Muammoni maxsus qoidalarga
asosan (unga ramz, imo, kinoya, o‗xshatish, so‗z o‗yini, arab alifbosidagi harflar
nuqtalarini almashtirish, so‗zlarning boshqa tillardagi sinonimlarini topish, teskari
aylantirish yoki ―abjad‖ hisobi (harflarning raqam ma‘nolari) va h. k. yo‗llar bilan
topib olish, yechish kerak bo‗ladi. Muammoni tuzish va uni yechish qoidalariga
bag‗ishlangan maxsus risolalar ham yaratilgan. Ayniqsa, XV asrda muammo keng
tarqalgan edi. Jomiy va Navoiy ham muammo haqida risolalar yozganlar.
Tazkiraning 1- majlisida keltirilgan Xofizi Sa‟dning quyidagi baytlari muammo
janriga misol bo‘la oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |