Ravam ba bog„u zi nargisi du di davom kunam
Ki, to nazorai on sarvi xush xirom kunam. (MN.138)
Tarj.: Ul sarvning go‗zal yurishini ko‗rmoq uchun bog‗ga boraman u nargis
gulidan ikki ko‗z qarz olaman..‖ Bediliy shoiralar haqida ma‘lumot beruvchi
tazkiralarda, jumladan Mogai Rahmoniyxonimning ―Parda nishinoni suxango‗y‖
(Parda ostidagi so‗z san‘atkorlari) nomli asarida Bediliy Hirotda anchayin ma‘lum
shoira bo‗lganligi qayd qilinadi. Mavlono Zeboiy – shoiralar haqida ma‘lumot
beruvchi tazkiralarda Zeboiyning ayol shoira ekanligi ta‘kidlanadi va Jomiy uni madh
etgani bayon etiladi. Navoiy uni baytini eshitganligini aytadi: ―Mavlono Zeboiy –
faqir ani ko‗rmaymen, ammo she‘rin eshitibmen. Bu matla‘aningdurkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |