Irning qulidur nayshakar, ey jon beli bog‟liq,
Gul dog‟i yuzung bandasidur to‟ni yamog‟liq. (MN.63)
Sakkokiy – samarqandliklar bu shoirga g‘oyatda ixlosmand bo‘lishgan. Navoiy
Samarqandda yashagan paytida uning she‘rlarini so‘ratadi. Sakkokiyning Xoja
Muhammad Tarso, Xalil Sulton, Ulug‘bek Mirzo, Arslon Xoja Tarxonlarga
bag‘ishlangan qasidalari bor.
Mirzo Xoji So‟g‟diy – samarqandlik, Navoiy bu shoir ba‘zida ajoyib ma‘noli
she‘rlar yozar, lekin so‘zlarni rangli qilib bitar edi, deydi. Matla‘i:
O‟xshatti qomatingga sanavbarni bog‟bon,
Bechora bilmas ermish alifdin tayog‟ni. (MN.64)
Navoiyning tog‘asi Mir Said Kobuliy ikki tilda she‘r yozgan, turkiyga ko‘proq
moyil bo‘lgan. Navoiy undan bir tuyuq keltiradi:
Ey muhiblar, yetsangiz gar yoza siz,
Do'stlaringiz bilan baham: |